O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan mustaqil ishi mavzu: tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorliklar bajardi



Yüklə 41,07 Kb.
səhifə6/9
tarix23.09.2023
ölçüsü41,07 Kb.
#147451
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalisti-fayllar.org

Xalqaro ekologik hamkorlik

Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiati insoniyatning umumiy yashash makoni, yagona uyi hamda yashyash vositasi hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan ekologik tangliklarni bartaraf etish yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlarning umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda Xalqaro ekologik hamkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:


  • Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiatini insonga ma’lum bo`lgan olamda yagona ekanligi;


  • Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo`lib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;


  • Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi;


  • Tabiatdagi salbiy o`zgarishlar va atrof-muhitga antropogen ta’sir ko`lami jihatidan butun sayyoraga tazyiq ko`rsatuvchi jarayonlar ekanligi;


  • Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga ko`p hollarda bir yoki bir nechta davlatlaning imkoniyatlari yetarli emasligi;


  • Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo`li ekanligi.


Xalqaro ekologik hamkorlik (XEH) deyilganda – yer yuzidagi barcha mamlakat xalqlar tomonidan tabiat muhofazasiga doir xalqaro kelishuvshartnoma, konvensiyalar tuzish, xalqaro ekologik me’yorlani ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o`tkazish kabi keng ko`lamli chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi. XEH quyidagi tamoyillarga asoslangan bo`lishi lozim:


  • Sayyoramizdagi har bir inson sog`lom ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega ekanligi;


  • Har bir mamlakat atrof-muhit va tabiiy resurslardan o`z


fuqarolarri manfaatlari yo`lida foydalanish huquqiga ekan ekanligi;


  • Bir davlatning ekologik muvaffaqiyati boshqa davlatlar hisobiga bo`lmasligi yoki ularning manfaatlariga zid bo`lishiga yo`l qo`ymaslik;


  • Har bir davlat hududidagi ishlab chiqarish faoliyati shu davlatdagi va undan tashqaridagi tabiiy muhitga zarar yetkazmasligini ta’minlash;


  • Ekologik oqibatlarni bashorat qilib bo`lmaydigan har qanday xo`jalik va boshqa turdagi faoliyatlarni amalga oshirilishiga yo`l qo`ymaslik;  Tan olingan xalqaro me’yorlar va andozalar asosida atrof-muhit, tabiiy resurslar va ulardagi o`zgarishlar ustidan nazorat o`rnatish;


  • Atrof-muhit muammolari bilan bog`liq barcha kelishmovchiliklarni tinchlik yo`li bilan hal etish.


Hozirgi paytda XEH asosan ikki xil shaklda namoyon bo`lmoqda:


  1. Atrof-muhit muhofasasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki yoki ko`p tomonlama davlatlararo bitim, shartnoma va konvensiyalar tuzish.


  2. Turli xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi uyushma, komissiya va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish.


Xalqaro ekologik hamkorlik umumbashariy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi sifatida so`nggi yuz yildan ko`proq vaqtdan beri shakllanib, takomillashib bormoqda. Uning dastlabki ko`rinishlari XIX asr oxirlaridan boshlab hayvonotlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlatlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlarlararo harakat tarzida namoyon bo`la boshladi.


1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishi munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshlandi. BMT xalqaro ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo`lida ko`p ishlarni amalga oshirdi.
Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlardan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug`ullanadi. Jumladan, YuNESKO-ta’lim, fan va madaniat masalalari bilan shug`ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan.
FAO– oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U yer, suv, o`simlik va hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug`ullanadi.

Yüklə 41,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin