O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti jismoniy


I BOB. USLUBIY TAMOYILLAR VA ULARNI JISMONIY TARBIYA JARAYONIGA KIRITISH YO’LLARI



Yüklə 62,41 Kb.
səhifə3/24
tarix09.06.2023
ölçüsü62,41 Kb.
#127354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
uq 2017 01 02 (1)

I BOB. USLUBIY TAMOYILLAR VA ULARNI JISMONIY TARBIYA JARAYONIGA KIRITISH YO’LLARI.


1.1. Ilmiy-amaliy va dasturiy mezonlar negizi. Jismoniy tarbiyani

o’rganadigan maxsus fanlar


Jismoniy tarbiya g’oyat rang-barang hodisa bo’lib, sog’lomlashtiruvchi fanlar uchun ham, ijtimoiy fanlar uchun ham qiziqarlidir. Jismoniy tarbiya uchun markaziy, o’ziga xos g’oya, yuqorida aytib o’tilganidek, insonning jismoniy rivojini maqsadga muvofiq ravishda boshqarishdir. Bu g’oyani ro’yobga chiqarish inson tabiatining eng teran nuqtalariga kirib borishni, odamning bir butun shaxs sifatida kamol topishi qonuniyatlarini o’rganib chiqishni talab etadi.


Jismoniy tarbiya taraqqiyot davomida jismoniy tarbiyaning o’zini va aralash hodisalarni o’rganadigan maxsus ilmiy fan sohalari tizimi vujudga keldi. Insonning biologik rivoji jarayonlarini o’rganadigan sog’lomlashtiruvchi fanlar yoshga xos bo’lgan, shuningdek, jismoniy mashqlar va boshqa tashqi muhit sharoitlari ta'sirida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar: inson tanasi harakatlanayotgan paytda amal qiladigan fizik va biologik qonuniyatlar bilan ishlaydi. Bu fanlarga: jismoniy mashqlar fiziologiyasi, dinamik anatomiya, biomexanika, jismoniy mashqlar bioximiyasi, jismoniy mashqlar gigienasi, shifokor nazorati, davolovchi jismoniy madaniyat kiradi.
Jismoniy tarbiya rivojlanishining ijtimoiy qonuniyatlari, tarixi va tashkil etilishi, jismoniy mashqlar ta'sirida inson ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlar, pedagogik ta'sir o’tkazish vositalari, shakl va metodlarini qo’llash mohiyati va qonunlari, sportda yuksak natijalarga erishish qonuniyatlarini o’rganadigan ijtimoiy fanlar. Bu guruhga jismoniy madaniyat sotsiologiyasi, jismoniy tarbiya tarixi va tashkil etilishi, umumiy pedagogika, jismoniy mashqlar psixologiyasi, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, sport turlarining ayrim nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya inshootlari qurilishi kiradi.


Yüklə 62,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin