Shu yoshdagi o’quvchilar uchun darsga kiritiladigan harakatli o’yinlar jismoniy
tarbiyaning boshqa vositalariga o’rin bera boshlaydi. Ammo shu yoshdagi bolalar uchun tog’ri
O’qituvchi harakatli o’yinlarni o’tkazganda V-IX sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlari
ular organizmining tezroq o’sishi bilan xarakterlanishini unutmasligi lozim. Shuning uchun darsda
o’yinlar tashkil qilish va o’tkazish paytida hamda mashg’ulotlar vaqtida o’yin materiallarining asta-
O’yin jarayonida haddan tashqari og’ir jismoniy harakat qilmaslik lozim. Bu yoshdagi
25
V-IX sinflarda foydalaniladigan harakatli o’yinlarning miqdori ancha kam bo’ladi. Bu
yoshdagi o’quvchilar uchun foydalaniladigan o’yin materiallarining hajmi ta’lim-tarbiyaviy
vazifalardan kelib chiqadi.
Bu sinflarda foydalaniladigan harakatli o’yinlar tashkiliy tuzilishi jihatidan ham,
harakatlarining mazmuni jihatidan ham bit muncha murakkabroq bo’ladi. Cgjhn elementlarini o’z
ichiga olgan o’yinlarga, shuningdek, sport o’yinlariga kengroq o’rin beriladi.
V-IX sinflarda harakatli o’yinlarni darsning ikkinchi va uchinchi qismlarida o’tkazish
tavsiya etiladi. Darsning asosiy qismida o’quvchilarga bironta murakkab sport o’yinini o’rgatishga
zamin tayyorlash uchun darsning tayyorgarlik qismiga ba’zi bir o’yinlar kiritish mumkin.
Harakatli o’yinlardan ko’zda tutiladigan asosiy maqsad o’quvchilarni sport o’yinlariga
tayyorlashdir. Bunday o’yinlarda bironta sport o’yini texnikasi va taktikasining elementlari taraqqiy
ettiriladi va takomillashtiriladi.
Ishlab chiqilgan metodikaga asosan harakatli o’yinlardan foydalaniladigan darslar chorak
oxirida, ta’til oldidan me’yoriy nazoratlarga baho qo’yilganidan keyin o’tkaziladi. Darsning
puxtaroq bo’lishiga erishish, shuningdek, orttirilgan ko’nikmalarni mustahkamlash va o’quvchilarga
beriladigan yuklamani oshirish maqsadida o’yinlardan dars asosiy qismining oxirlarida foydalanish
mumkin.
Hozirgi dasturlarning talablari yuqori sinf o’quvchilari oldiga muayyan maqsad va
vazifalar qo’yadi. VIII-IX sinf o’quvchilari ijtimoiy va ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar bilan
shug’ullanadilar. Bu hol ulardan harakatli o’yinlar uchun ajratilgan vaqtni ehtiyot qilish va tejashni
talab etadi.
Bunday sharoitda jismoniy tarbiya darslariga va jismoniy tarbiya bo’yicha o’tkaziladigan
boshqa mashg’ulotlarga yetakchilik o’rinning berilishi tabiiydir.
Katta yoshdagi o’quvchilar faoliyatida harakatli o’yinlar kam o’rin oladi. Ular asosan har
xil sport turlari texnikasi va taktikasining asosiy elementlari bilan shug’ullanadilar.
Agar harakatli o’yinlar darsga kiritilsa ham undan sportning har xil turlari sohasida
orttirilgan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlashgina nazarda tutiladi.
Demak, o’qituvchi o’yinni o’tazish jarayonida o’yin harakatlarining bajarilishini alohida
e’tibor bilan kuzatishi lozim.
Mazkur yoshdagi o’quvchilar uchun tuzilgan maktab dasturida gimnastika va sportning
boshqa turlariga kattagina o’rin beriladi. Bundan ko’rinib turibdiki, darsga kiritiladigan o’yinlar
harakatlarning biror elementlarini agallashga yordam beradigan mashqlardan iborat bo’lishi kerak.
Agar darsning asosiy qismiga sport o’yinlaridan birortasi kiritilgan bo’lsa, darsning kirish
qismida mana shu sport o’yinining taktikasi va texnikasiga o’zining ayrim harakatlari bilan mos
keladigan harakatli o’yinlardan bittasini o’tkazish juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
26
Darsning yakunlovchi qismiga kiritiladigan harakatli o’yinlarning vazifasi yaxshi dam
olish va kayfiyatni yaxshilash uchun muskullarga zo’r berishni kamaytirish, nafas olish organlari va
qon aylanishini birmuncha tinchlashtirishdan iboratdir. “O’ylab top”, “Man qilingan harakat”
singari o’yinlar, diqqatni sinash uchun o’tkaziladigan mashqlar darsning yakunlovchi qismidagi
vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: