O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə63/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Mamlakat va raiyyat vaziri – bosh vazir hisoblanib u mamlakatning muhim ishlari, kundalik muammolar, xalq ahvoli, viloyatlarda olinadigan hosil, soliqlar va ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazinaning ahvoli kabilarga mas’ul bo‘lgan hamda mazkur masalalar bo‘yicha hukmdorga tegishli ma’lumot va hisoblar berib turgan.

  • Harbiy ishlar vaziri – harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa qilingan er-suvlar boshqaruvi, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko‘riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo‘lib xizmatga yaroqsiz bo‘lganlarga nafaqa tayinlash, iste’foga iqqan harbiylar to‘g‘risida qayg‘urish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘lgan

    3. Mulkchilik va soliq ishlari vaziri – turli sabablarga ko‘ra egasiz va qarovsiz qolgan mol-mulklarni nazoratga olish va qo‘riqlash, savdogarlardan zakot va boj undirib olish, mamlakat chorvalari, o‘tloq-yaylovlarni boshqarish, er solig‘i, chorva solig‘i, zakotlarni o‘z vaqtida yig‘ilishi va o‘z vaqtida davlat xazinasiga tushishini nazorat qilish, mulkchilikdagi merosxo‘rlik tartiblarini amalga oshirish kabi vazifalarni bajargan.
    4. Moliya vaziri – butun saltanat idoralarinig kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib borish vazifasini bajargan.
    5. Davlat korxonalari vaziri – uning ihtiyorida bir qancha ustaxonalar bo‘lib, ular doimiy ravishda harbiylar uchun sovut, dubulg‘a, kamon, o‘q-yoylar tayyorlaganlar. SHuningdek, bu vazir bevosita Amir Temurning buyrug‘i bilan yirik inshootlar (saroylar, machitlar, madrasalar, timlar va boshq.) qurilishiga rahbarlik qilgan.
    6. Devonbegi (devon boshlig‘i) – davlat mablag‘lari devonbegi ixtiyorida bo‘lgan hamda u davlat xazinasidagi mablag‘larning vazirlar tomonidan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq saqlanishini nazorat qilgan.
    7. Adliya vaziri (devoni mazolim) – bu vazir to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolar va dunyoviy ishlar bilan shug‘illangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishda faoliyat ko‘rsatgan. SHariat tartiblari bilan islom qozisi shug‘ullangan.

    Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin