O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə46/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Saljuqiylarning boshqaruv tizimi.

Saljuqiylar davlat boshqaruvi o‘ziga xos edi. Davlat boshlig‘i, oliy hukmdor Saljuqiylar xonadoni vakili bo‘lib Sulton ul-a’zam unvoniga ega bo‘lgan. Ilgarigi sulolalarda bo‘lgan kabi, Sulton nomiga xutba o‘qilib, tangalar zarb etilgan. Mol-mulk, er-suv taqsimlash davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, davlat kirim-chiqimlarini nazorat qilib turish, amaldorlar va xizmatkorlar faoliyatini nazorat qilish, yangi qal’alar, shaharlar, hashamatli inshootlar qurishga boshchilik qilish kabilar sultonning zimmasida bo‘lgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega bo‘lgan. Manbalarda bosh vazir-rais ur-ruaso (raislarning boshlig‘i), sa’id ur-ruaso (boshliqlarning kattasi) deb atalib, u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devonga bo‘lingan bo‘lib dargohdagi eng asosiy xizmat va vazifalar quyidagilar edi:
Ulug‘ hojib – oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushturuvchi amaldor;
Amiri horis – oliy hukmdor chiqargan jazolar hukmlarini ijro etish bilan shug‘ullanuvchi amaldor;
Salohdor – saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi amaldor;
Xos vakil – dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor;
Jangdor – sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlovchi amaldor. Undan tashqari oliy hukmdor huzuridagi dargoh faoliyatini ta’minlashda jomador, sharobdor, choshnigir (sultonning ovqatlanishiga mas’ul), sarhang, miroxo‘r, tashtdor kabi amaldorlar ham xizmatda bo‘lgan.
Saljuqiylar davlat boshqaruvidagi devonlar sulolaviy va rasmiy devonlarga bo‘lingan. Sulolaviy devonlar oliy hukmdor xonadoni faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu xonadonga tegishli bo‘lgan mol-mulk, er-suv, xazina kabilarning boshqaruvi va hisob-kitobi bilan shug‘ullangan. Rasmiy devonlar qo‘yidagilar bo‘lgan:
Devoni tug‘ro – bu devon oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy yozishmalari va hujjatlarini tayyorlab, ularni muhr bostirishga taqdim etgan. Joylarga rasmiy hujjatlar yuborish, ulardan hujjatlar qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash ham shu devonning vazifasi edi;

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin