O`zbekiston davlatchiligi tarixi


-mavzu.Buxoro xonligi: markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/76
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162350
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022

13-mavzu.Buxoro xonligi: markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari.
Reja
1. Shayboniylar davlatining tashkil topishi va siyosiy hayoti.
2. Ashtarxoniylar davlatining vujudga kelishi
3. Buxoro xonlida davlat boshqaruv tuzimi
Tayanch so‘z va iboralar.
Dashti Qipchoq, Shayboniylar,Ashtarxoniylar, shariat
qonun qoidalari, shayxulislom, harbiy boshqaruv
XVI asr boshlarida Temuriylar davlatining tarqoqligi kuchaygan bir davrda
shimolda – Dashti Qipchoqda o’zbeklar davlati tashkil topdi. Qipchoqlar nomi bilan
atalgan Dasht (cho’l) g’arbda Dnepr daryosi va Qora dengiz shimoliy Sharq da Irtish
daryosi va Balxash ko’ligacha Janubda esa Xorazm va Sirdaryo oqimlari oralig’ida
joylashgandir.
Chingizxonning katta o’g’li Jo’ji ulusiga tekkan mintaqada, uning o’limidan
so’ng, Sharq iy qismidagi Oq O’rda davlati ikkiga bo’linib, Itil (Volga) bilan Yoyiq
(O’rol) daryolari o’rtasida No’-oy (mang’it) davlati to`zildi. Yoyiqdan to Irtish va Chu
daryolari, Xorazm va Sirdaryo quyi oqimlari o’rtasida Dashti Qipchoq degan nom
Bilan ko’chmankchi o’zbeklar davlati tashkil topdi. Bu yerdagi Qipchoqlar, qo’ng’irot,
nayman, uyjun, va boshqa qabilalar o’zbeklar tarkibiga kirgan.
1405 yil oxirida ko’chmanchi o’zbeklarning Xorazmni bosib olgandan keyin
butun XV asr mobaynida Dashti Qipchoq o’zbeklari bilan Termuiylar o’rtasida
to’xtovsiz kurash oqibatida XVI asr boshlarida kurash Temuriylar davlatining
yengilishi bilan tugadi.
Dashti qipchoqdagi ko’chmanchilar davlatining asoschisi Abulxayrxon 1420-
1468 yilgacha (48 yil) hukmronlik qildi.
Temuriylar davlatini parchalanib, turkmanlar o’zlarini alohida davlatini,
Farg’ona vodiysi ham mustaqil davlatni tashkil qildi, forsiy aholi Xisor va Badaxshon
mustaqil davlatga aylandi. Movarounnahrda Abulxayrxonning nabirasi Shayboniyxon
asos solgan o’zbeklar davlati egalladi.
Muhammad Shoxbaxt Shayboniy 1451 yili tug’ilgan. U bobosi
Abulxayrxonning harakatlarini davom ettirib, 1487-88 yillarda shimoldagi
mo’g’ullarga qarashli O’tror, Sayram, Yassi (Turkiston), Sig’noq shaharlarini bosib
olib, 1490 yilda Movarounnahrga jiddiy harbiy harakatlarni boshladi.
Shayboynixon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yil Xisor
viloyatini, 1504-1505 yillarida Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Hirot,
hamda Balxni, shuningdek, Marv, Mashhad va Nishopur shaharlarini zabt etdi.
Toshkent, Farg’ona va Sirdaryo yerlari ham Shayboniyxonga qaram bo’lib qoldi.


89
Shunday qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi
hukmronligi qaror topdi.
Shayboniyxon janubda Eron shohi Ismoilshoh bilan to’qnashib, u 1510 yili
Marv yaqinidagi jangda yengildi va o’zi halok bo’ldi.
Taxtga uning avlodlaridan biri Kuchkunjixon (1510-1530) chiqdi. So’ng
Ubaydullaxon (1533-1539) davrida hamda Abdullaxon II (1557-1598) davrida
Shayboniyxon egallagan hududlarni qayta tikladi. Biroq. 1548 yil Abdullaxon II vafot
etganidan so’ng uni o’g’li Abdulmo’min hokimiyatni o`zoq vaqt salab qola olmadi.
Otasi o’limidan so’ng olti oy o’tgach, u ham o’ldirildi va hokimiyat boshqa sulola
qo’liga o’tdi.
Shunday qilib, Movarounnahrda 100 yil davom etgan Shayboniylar davrida ham
tinchlik bo’lmadi. Qirg’inbarot urushlar o’zaro ichki kurashlar davom etdi. hatto
shaharlar hukmdrolari o’rtasida ham o’zaro urushlar avj olishi natijasida Shayboniylar
sulolasida bo’hronlar yo`z berib o’zlarini qayta tiklay olmadilar.
II masala: shaybonilar davrida davlatni ma’muriy to`zilishi ham o’ziga xos
bo’lib, 1) hokimiyat tepasida Xon turgan. Xon taxtga taklif qilinganda u oq kigizga
o’tirgizilib, to’rt tomondan eng mo’’tabar zodagonlar ko’tarib boradi. An’anaga ko’ra,
katta hayotiy tajribasiga ega va obro’li amirlar otaliq, unvonini olib, ular voyaga
yetmagan shahzodalarni tarbiyalashardi. 2) Davlat bin necha viloyatlarga bo’lingan
bo’lib, ularga sultonlar boshchilik qilgan. 3) saroydagi devonlarga davlat mahkamasi
va moliya ishlarining boshlig’i devonbegi rahbarlik qilgan.
Shuningdek, Shayboniylar davrida quyidagi eng oliy martabali davlat
lavozimlari mavjud edi. 4) Ko’kaldosh (bir onadan sut emgan ma’nosida)
muassasalarni boshqarar hamda butun mamlakatdan xonning do’stlari va dushmanlari
haqida ma’lumotlar to’plovchi shaxs. 5) Mushrif xon ma’lum shaxslarga in’om
etadigan ashyolarni ro’yxatga olib boruvchi hamda soliqlar yi-ilishini boshqaruvchi
shaxs. 6 Qushbegi xonlar va sultonlar (ovga) safarga chiqqan paytda ov anjomlarini
nazorat qiluvchi shaxs. 7) munshiy (mirzo) xonning farmonini yozuvchi shaxs. 8)
mirshab, dodhox aholidan shikoyat tinglovchi shaxs. 9) miroxo’r (otxona boshlig’i). 10)
parvonachi (yorliq topshiruvchi shaxs.) kabi lavozimlar bor edi. 11) davlatda
amaldorlardan tashqari, ruhoniy feodallar ham hukmron sinf toifasiga kirardi.
XVI asrning o’rtalariga kelib, ularning obro’lari nihoyat darajada oshib ketdi,
hatto kimning xon bo’lishi ham bog’liq edi.
Shayx va yirik ulamolar, din peshvolari barcha soliqlardan ozod qilingan. 12)
harbiy ma’muriy boshqaruv tizimidagi amaldorlar umaro, olim va shoirlar fo`zalo deb
atalganlar. 13) Shayboniylar davlati ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo’lingan bo’lib,
boshqaruv tizimi markaziy va mahalliy amaldorlar qo’lida bo’lgan. Mahalliy
boshqaruv hokim va beklar qo’lida bo’lib, bu jarayonda qozi, muftiy, raislar muhim rol
o’ynaganlar. 14) shayx ul-islom, qozi kalon, a’lam, imom, sard, muftiy, raislar diniy


90
ishlarni nazorat qilganlar. 15) Shayboniyxonning markaziy hokimiyatni
mustahkamlash uchun amalga oshirgan ba’zi tadbir choralari beklarni kuchayishi va
o’zaro kurashlarga sabab bo’ldi. Masalan, davlat boshqaurv sohasida suyur-ol
tizimining joriy etilib, bosib olingan hududlarda boshqaruv ishi, farzandlari,
qarindosh-urug’lari, qabila boshliqlariga topshirilishi uning vafotidan keyin markaziy
hokimiyatdan mustaqil bo’lishga intilish ishlarini kuchaytirdi.
III masala: XV asrning oxiri XVI asr Dashti Qipchoq, Movaraunnah rva
Xurosonda bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, iqtisodiy madaniy ahvol to’g’risida
qimmatli ma’lumotlar beruvchi asarlar anchagina. Bular ichida Zahiriddin Muhammad
Boburning (1483-1530) «Boburnoma»si shoir va tarixchi olimlardan Kamoliddin
Binoiy (1453-1512) va Muhammad Solih (1453-1535) larning forsiy va o’zbek tilida
bitilgan «Shayboniynoma» asarlari, Xondamirning «Habib us suyar», Fazlulloh ibn
Ro’zbehxonning (1457-1530) «Tarixi Rashidiy», Qulibek Balxiyning (1547-1604)
«Sharafnomai shoxiy»(Abdullanoma nomi bilan mashhur), asarlari alohida ahamiyatga
ega.
Shayboniylar davrida iqtisodiyotni tartibga solish, savdo sotiqni jonlantirish
maqsadida 1507 yilda pul isloholti o’tkazilib, markaziy shaharlarga vazni bir xil
bo’lgan (5,2 g) kumu shva miss chaqa pullar zarb qilindi. Bu tadbir markaziy
hokimiyatni mustahkamlashni nazarda tutgan bo’lib, uning vafotidan so’ng kuchayib
ketgan. O’zaro urushlar natijasida yaxshi natija bermadi.
Ammo Abdullaxon II davridagi pul islohoti savdo-sotiqni jonlantirdi, xazinaga
pul mablag’lari tusha boshladi.
Xonlik iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari qishloq xo’jaligi, savdo-sotiq va
hunarmandchilik bo’lib, yer asosiy boylik hisoblangan. Shayboniylar temuriylar
davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qabul qildilar, hamda unga moslashdilar.
Yer egaligining mulki sultoniy (davlat yerlari), mulki xolis(xususiy yerlar),
vaqf(diniy mahkamalarga qarashli yerlar) va qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar
turlari bo’lib, harbiy-ma’muriy amaldorlarga va yirik din arboblariga beriladigan
yerlarda yersiz dehqonlar ishlaganlar. Bu davrda chorvachilik va hunarmandchilik
ancha rivojlangan bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda
sotilgan.
Shayboniylar davrida 40 dan ortiq soliq va jarimalar bo’lib, xiroj va zakotdan
tashqari, tagjoy, jo`z’ya, tog’or, ulufa, begar, madadi lashkar, boj, tuhfa soliqlari
bo’lgan.
Soliq to’lovchi fuqaro (raiyat) deb atalgan. Shayboniylar davlatida xo’jalikning
asosi dehqonchilik bo’lib, dehqonlar asosiy ishlab chiqaruvchi kuch edi. Bu davrdagi
tinimsiz urushlar mamlakat iqtisodiyotini inqiroga, dehqonlarni esa qashshoqlanishiga
olib keldi.shuni hisobga olib, Shayboniylar sulolalari soliqlarni ma’lum darajada
kamaytirdi. Sug’orish ishlarini shakllantirishga kirishdilar. Suv manbalari bo’lgan –


91
Zarafshon, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh, Murg’ob daryolaridan to’g’onlar,
suv omborlari, kanallar qurishga kirishdilar. Masalan, Shayboniyxon 1502 yilida
Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ayrilish joyida ko’prik – suv ayr-
ichini bino qildirgan. U Kesh atroflarini su-orish uchun 10 dan ortiq kanallar qurdirgan.
1583 yilda Abdullaxon II rahbarligida Nurota tog’larida qurilgan Oktob suv ombori,
Murg’ob vohasida qurilgan Hovo`zxon suv ombori, o’nlab kanallar qurilishi,
mamlakatdagi cho’l va dasht yerlaridan mo’l-xosil olishga imkoniyat yaratildi, bu esa
mamlakatni iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy ta’sir qilmay qolmadi. Bu g’allachilik ,
paxtachilik, polizchilikni, bo-dorchilikni rivojlanishiga yo’l ochib berdi.
Shayboniylar davrida hunarmadchilik, kulolchilik temirchilik, qurolsozlik,
zargarlik, qog’ozsozlik kabi mahsulotlari ichki va tashqi bozorni ta’minladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar: ipak, jun, pila, gilam, quruq meva, qora ko’l,
zargarlik buyumlari bilan savdogarlar Eron, Hindiston, Arab o’lkalari, Xitoy, No’g’ay,
Qozon va Rossiya bilan iqtisodiy aloqalar avj oldi.
Shu davrda me’morchilik, qurilish ishlarida ham anchagina ishlar qilindi.
Shayboniy tomonidan Samarqandda Xoniya,Abu Said, Qulbobo, Ko’koldosh
madrasalar, Abdullaxon I-II lar tomonidan qurdirgan; Mir Arab,Abdullaxon,
Modarixon, Govkushon, Jo’ybor (Buxoroda) madrasalari va o’nlab boidalardan iborat.
Bu davrda fan va madaniyatning rivojlanishida bu sulolaning tutgan o’rni va roli
benihoya kattadir. Ular Shayboniyxon. Ko’chkinchixon, Ubaydillaxon. Rustam Sulton,
Abdulazizxon kabi shayboniy sulolari o’qimishli madrasalarda o’qiganlar, turkiy va
forsiy tillarda she’r bitganlar.
U davrda tarix ilmi rivojlangan. XVI asr tarixini yoritib bergan. «Tavorixi
go`zida»,
(Nusratnoma»),
Mo’lla
Shodining
«Fathnoma»,
Binoiyning
«Shayboniynoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Hofiz Buxoriyning
«Abdullaxona» kabi asarlar fikrimizni dililidur.
XVI asrda mamlakatni turli mintaqalaridan yo`zlab olimlar, shoirlar, tarixchilar,
rassomlar, faoliyat ko’rsatganlar. Masalan, qomusiy olim—Mushfiqiy (1538-1588)
falsafa, astronomiya, fizika, musiqa sohalarida ham yetuk sanalgan. Olim Sulton Ali,
tabib Muhammad Yo’sudo, Shoh Ali, Ubaydulloh Kahhol kabi tabiblar mavjud edilar.
Shayboniylar davrida tahlim sohasida ham islohatlar o’tkazilib,unga ko’ra bola 6
yoshdan maktabga benrilgan va ikki yil o’tgach, madrasaga o’tkazilgan. Madrasa uch
bosqichdan iborat bo’lib, har bosqichda 8 yildan o’qitilgan. Bu davrda ilohiyot, hisob-
kitob, matematika, she’r san’ati kabi fanlar o’qitilgan.
Tarixdan ma’lumki, Shayboniyning o’g’li Abdulmo’minni halokatidan so’ng
taxtga chiqqan Pirmuhammad (1599-1601) hukmronligi o`zoqqa bormaydi.
1601 yildan boshlab, Buxoro xonligida xokimiyat Ashtarxoniylar (Joniylar)
qo’liga o’tadi. 150 yilgcha hukmronlik qilgan (1601-1753y.) hukmronlik qilgan
Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligida tinchlik osoyishtalik bo’lmadi.


92
Ashtarxoniylar haqida ikki og’iz so’zlash mumkin? Ma’lumki, Oltin O’rda (Jo’ji ulusi)
zaiflashib borar ekan, uni bir qancha mayda xonliklarga bo’linib ketdi. XV asrning
o’rtalariga kelib, Volga bo’yi yerlarida Ashtarxon xonligi, No’g’ay xonligi, Qrim
xonliklarga ajralib ketdi.
«Astraxan Ashtarxonni ruscha nomidir. Ashtarxon esa, aslida, «Hojitarxon»
so’zidan olingandir. Tarxon –turkiy tili xalqlar hayotida imtiyozli unvonlardan
hisoblangan. Rus knyazlikliklari tomonidan 1552 yilda Qozon xonligi bosib olgandan
so’ng, 1556 yilda Astraxani bosib oladi.
Ashtarxoniylar XIV asrning 80 yillaridan boshlab Xojiratxon Ashtarxon
atroflarida hukmronlik qilganlar. Xonlikni bu vatqda boshqarib turgan mang’it sulolasi
nomoyondalari kuchlarini ruslar tomomnidan yengadi. Ashtarxoniylar hududlarini
Rossiya imperiyasi yerlari deb e’lon qilgan.
Rossiya hukumati dastidan qochib, Yormuhammad butun oila a’zolari (o’g’illari)
Jonimuhammad, Sulton, Abbos sulton, Tursunmuhammad sulton, Pirmuhammad
sulton ahli ayonlari bilan Movarounnahrga keladilar.
Buxoroda Yormuhammadxonga katta xurmat bilan qaraydi. Chunki,
Yormuhammaddan Abdullaxon II ning otasi Iskandarxon bilan yaqin munosabatda
bo’lganlar.
Iskandarxon –Yormuhammadning katta o’g’li Jonimuhammad sultonga qizi
Zuhrabonuni beradi, qarindoshlik aloqalarini mustahkamlaydi. Bu nikohdan uchta
o’g’il bo’lgan: Dinmuhammad, Boqimuhammad, Valimuhammadlardir. Shunday qilib,
Yormuhammad va uning avlodlari Shayboniylar honadonining eng yaqin va
tayanchlariga aylanadi va Oliy hukmdorga xizmat qiladilar. Borib-borib mamlakatda
xurmatli ko’zga ko’ringan shaxslarga aylanib boradi va Boqimuhammad oliy taxtni
Shayboniylardan qaytarib olishga erishdilar. Ashtarxoniylar sulolasi shu tariqa
boshlanadi. Ammo, viloyatlardagi beklarni o’zboshimchaligi, markaziy hokimiyatdagi
o’zaro janjallar mamlakatda chuqur bo’xronli holatlarni keltirib chiqaradi va sulolari
barham topishiga olib keldi.
2-masala: Siyosiy hayotda Shayboniylar davridagi davlat to`zumi asosan
o’zgarmagan bo’lsa ham, boshqaruvda otaliqlar va dindorlarning mavqei oshib,
mamlakat siyosiy hayotini hal qilish ularni qo’liga o’tgan edi. Bu ijtimoiy to`zumga
ta’sir qilib, xon va uning amaldorlari harbiy ma’muriy amaldorlar, urug’ boshliqlari,
yirik sulolalar fikri bilan hisoblashga majbur bo’lgan.
XVII-XVIII asrning birinchi yarmi davlat boshqaruvida bir narsa yaqqol ko’zga
tashlandi. Xokimiyat markazda ham, viloyatlarda ham, bir idora darxogda
mujassamlashib borgan. Aniq ravishdagi dargox va ijroiya (devonlar) taxsimotini biz
bu zamonda ko’rmaymiz.
Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida ham naqib, otaliq, parvonachi, dodxox,
devonbegi, qo’shbegi, chahraboshi, miroxo’r, yasovl, inoq, harbiy qozi, bosh qozi,


93
shayxul islom, alham, Rais, bosh muftiy, harbiy muftiy, eshikog’aboshi, mirzaboshi,
munshi, Saroy kutubxonasi boshlig’i, dasturxonchi kabi lavozimlar mavjud bo’lgan.
Shu bilan birga ularning vazifalarida sifat o’zgarish yo`z berganligini ta’kidlab o’tish
kerak. Chunonchi, otaliqning vazifasi, XVI asrda asosan joylardagi boshqaruv tizimi
bilan bog’liq bo’lsa, Ashtarxoniylar zamonida otaliqning markazdagi mavqei kuchayib
bordi. Masalan, Abdulazizxon (1645-1681y)Buxoro taxti chiqqach, poytaxtdagi otaliq
vazifachini Yalangto’shbiyga ya’ni o’sha paytdagi eng zabardast amirga taklif qilgan.
Otaliqning mavqei Subqonqilixon (1681-1702y) davrida ham baland bo’lib, hatto u
yoki bu mamlakatlarga harbiy yurish qilish, harbiy tahdidni oldini olishlar otaliqqa
yuklatilgan. Demak, otaliq o’sha davrda mamalakatdagi amirlar sinfining yetakchisi,
ularning ishonchini qozonganidir. Ubaydulloxon Abulfayzxon davrida qushbegini
mavqei o’zganligini ko’ramiz. Ular amirlarning eng ulug’i hisoblangan.
Ashtarxoniylar davridagi dargoh xizmatlaridan yana biri –saroy qutvoli
mamlakatda davlat xazinasi hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, obodonchilik
ishlariga javobgar bo’lgan. Har qanday qurilishni, sarf xarajatini xoni xazinasidan
sarflangan.
Ma’muriyat tizimidagi amaldorlar faqat o’z vazifasini bajarib qolmay, siyosiy,
harbiy harakatlarda ham faol ishtirok etgan.
3-masala: Ashtarxoniylar davrida ichki va tashqi savdoda ham ba’zi bir
jonlanishlarni ko’rishimiz mumkin.
Bu davrdagi tinimsiz olib borilgan qir-inborot urushlar, obod shahar va
qishloqlarni barbod qildi, xalq ommasini qashshoqlashishi avj oldi.Shunga qaramay
xalq o’z hunari va imkoniyatlarni saqlab qoldi. hunarmandchilik orqali ishlab
chiqariladigan mAhsulotlarni bir qismi ichki ehtiyojlarni qondirsa, qolgan qimsi yirik
savdogarlar orqali qo’shni mamlakatlarga olib ketilardi.
Buxoro va Samarqand bozorlarida paxta, ipak, jun matolar tayyor kiyimlar,
zargarlik buyumlari, bo’yoqlar, g’alla, mevalar, chorva mollari bozorlari keng yo’lga
qo’yilgan.
Harbiy qurollari ishlab chiqilar va chet ellargi mahsulot olib ketishga alohida
e’tibor qataldi.
Masalan, rus davlati Markaziy Osiyo davlati uchun savdoni yo’lga qo’yganidan
manfaatdor edi.
Markaziy Osiyo savdogarlari uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib,
asosan Sibir orqali amalga oshirilardi. Orenburg orqali Rossiyaga tovarlar olib borish
yo’lga qo’yildi. Mahalliy savdogarlardan soliq olishni Rossiya bekor qilgan edi.
Mahalliy savdogarlardan Rossiyaga, paxta matolari, teri, jun, gilam Rossiyadan
esa xilma-xil tovarlar keltirilar edi.


94
Markaziy Osiyolik savdogarlar Hindiston, Eron, Afg’oniston, Xitoy kabi
mamlakatlar bilan savdo ishlarini keng yo’lga qo’ydilar. Biroq, o’zaro urushlar bu
sohadagi ko’p imkoniyatlarini ishga solishga halaqit berardi.
Buxoro amirligi o’zbek xonliklari orasida o’zining hududiy o’rni, aholisi va
tabiiy boyoliklari jihatidan muhim maqeiga ega edi.
XIX asrga kelganda, Buxoro amirligining yer maydoni qaryib, 200 ming kv.
kmni tashkil etdi. Shu davrda uning aholisi soni 2 mln edi.
Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) davrida Buxoroning mavqei ham,
siyosati ham iqtisodiy jihatdan ham kuchaydi va Movaraunnaharning siyosiy –
ma’muriy markazga aylantirildi. Abdullaxon II davrida (1557-1561) yillarda amakisi
Pirmuhammad, 1561-1583 yillarda otasi Iskandarxon oliy hukmdor deb e’lon qilingan
bo’lsada, amalda hukmdor Abdullaxon II edi.
1557 yildan boshlab poytaxt rasman Buxoro bo’lib qoldi va bu sana tarixga
Buxoro xonligi tashkil topgan yil bo’lib kirdi.
Buxoro xonligida kata obro’ga ega bo’lgan mang’it urug’ining vakili
Muhammad Rahim 1747 yilda mayishatbozlikka berilib ketgan Abudfayzxonni,
so’ngra rasman xon deb (soxta xon) e’lon qilingan uning o’g’illari: Abdulmo’min va
Ubaydullo sultonlarni o’ldirib, xokimyatni o’z qo’liga oladi.
Muhammad Raxim 1753 yilda o’zini buxoro amiri deb e’lon qildi. Shundan
e’tiboran Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb atala boshladi. Masaladan bir oz
chekingan xolda ikki og’izXon va Amir so’zlarini kelib chiqishga izoh berib o’tishni
lozim topdik.
Xon – so’zi turkiy xalqlar vam ulug’hukmdorlarini unvoni. Dastlab qabg’ila
boshlig’i, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar, Xorazmshohlar davrida
viloyat yoki shahar xokimi, mug’ul feodal imperiyasi inqirozidan so’ng tashkil topgan
davlatlarda Oliy hukmdor xo, podsholik qilmagan. Chingiziylar esa sulton deb
yuritilgan Buxoro, Xiva, Qo’qon hukmdorlarini xon deb ataganlar.
Amir deb—bu arabcha so’z bo’lib, islom dini qabul qilingunga qadar arablarda
amir so’zi qabila boshlig’i, harbiy boshliq degan ma’nolarni bildirgan. Arablarda yirik
qo’shin qo’mondoni va yirik lashkarboshilarni amir deb atashgan.
Oltin O’rda, O’rta Osiyo va Eronda mo’g’ul –turk qabilalari birlashmasi—ulus
boshlig’ining unvoni ham amir deb atalgan. Amir Temur, Buxoro amiri va boshqalar.
XIX asr boshlariga kelganda Buxoro amirligida davlat boshqaruvida xizmatkor
amaldorlar tarkibi kengaydi.
Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Ular davlat
hazinasidan maosh olar edila rva amirga batamom qaram bo’lib, ularni ishga amirning
o’zi tayinlar va ishdan olar edi. Shunday qilib, amaldorlarning taqdiri to’laligicha
yuqori amaldorlar qo’lida edi.


95
1). Amirlikda eng katta davlat lavozimi—qushbegi—dargoh vaziri, ya’ni bosh
vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etardi. Barcha
ijroioya hokimiyat qo’shbegining qo’lida edi.
2). Devonbegi-- xonlikning moliya-vziri ishlarini boshqargan. Soliq va
jarimalarni undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan.
3) Ko’kaldosh—(xon bilan bir onadan emgan kishi) butun amirlik hududida
amirga va amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar
haqida ma’lumotlarni to’plab hukmdorlarga yetkazib turgan.
4). Mushrif –lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni
hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan ham maxsus daftarga yozib borgan.
5) Mirshab—bu tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan.
6). Dodxoh--fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi
mansabdor bo’lgan, bularni kerak bo’llsa xon yoki qushbegiga yetkazib turgan.
7). Inoq –bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini
bek vaa boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga yetkazishdan iborat bo’lgan.
8) Miroxo’r—amirning ovchi qo’shlarini tasarruf qiluvchilar ustidan turgan, xon
ovlarini uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan.
9) Dasturxonchi—amir ho`zurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul
amalodor.
10). Kitobdor—amir kutubxonasi boshlig’i;
11) To’qsobo—amirning tungi sohibi bo’lgan. xarbiy mansabdor.
12). Parvonachi—biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi
yorliqni, o’sha shaxsga yetkazuvchi amaldor.
13). Sadirlar—vaqf mulklarni boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muassasining
boshliqlari bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysinganlar. Sadrlarning vazifasi va
huquqlari vaqf yorlig’i shartlarida qayt etib qo’yilgan. Sadrlar vaqf xo’jaligi
daromadining ma’lum qismini oladilar.
14). Shayxul islom—musulmon jamoasi boshlig’i. qozilik ishlarida hamda
kundalik hayotda qonunlarga rioya etishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim
avloddan-avlodga meros bo’lib ham o’tgan.
15) Katta qozi—(qozi kalon)—davlatning oliy qozisi (sudg’yasi). Amir
aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga Rah-barlik qiluvchi oliy davlat lavozimi.
Qozi –kalon «shariat pannoh» deb atalardi. Qozi kalon ho`zurida a’lam va 12
muftiydan iborat devon to`zilgan. Uning vazifasi jinoiy ishlarni sinchiklab ko’rib
chiqishdan iborat.
16). Muftiy –Qozi kalon murakkab deb hisoblangan turli diniy-huquqiy
masalalar bo’yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning yoki
bir necha muftiyning muxri bilan tasdiqlangach, qozigacha berilar edi. Qozi bu fatvoga
asoslangan holda hukm chiqarardi.


96
Amaldorlarga amir noziriga tushgan xizmatlari uchun, otaliq, eshik o-asi kabi
e’tiborli unvonlar berilgan.
Buxoro amirligi 15 beklikdan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan
tayinlab qo’yilgan hokimlar-beklar idora qilardi. Xokim va uning xizmatkorlariga
maosh davlat xazinasidan berilmas edi. Ular mahalliy olinadigan soliqlar hisobidan
berilar edi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin