137
saqlash
siyosati
izchillik
bilan
amalga
oshirildi.
Turkiston
o‘lkasi
mustamlakachilikning yangi “sovet” shakliga aylandi.
Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati
hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan
milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo‘ldi. Milliy kommunistlar
o‘lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan ochiq qarshi chiqa boshladilar. Milliy
rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 1919 yil martda
tuzilgan o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
CHunonchi, Qayg‘usiz Otaboev, YUsuf Aliev, Abdulla Rahimboev, Sanjar
Asfandiyorov, Nazir To‘raqulov, Inomjon Xidiraliev kabi ko‘plab milliy rahbar
xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar.
1920 yil yanvar oxirlarida Musbyuroning III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu
konferensiyada Turkistondagi uchta partiyaviy tashkilot – TKP O‘lka komiteti,
Musbyuro va ajnabiy kommunistlar partiyasi yagona kommunistik partiyaga
birlashtirildi. Konferensiya qarorida “Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik
Dostları ilə paylaş: