TERGOV — biror voqeaning sababi va aybdorini aniqlashga qaratilgan faoliyat.
TERRORISTIK AKT — davlat xavfsizligiga qarshi, konsti tutsion tuzum
asoslariga qarshi qaratilgan jinoyat.
UMUMIY MULK — qonunchilikka ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsga tegishli
mulk.
UMUMIY SAYLOV HUQUQI — qonunda belgilangan yoshga yetgan barcha
fuqarolar hokimiyatning vakolat organlariga bo‘ladigan saylovlarda qatnashish
huquqini beradigan saylov huquqi sistemasi.
VASIYATNOMA — mol-mulkini merosxo‘rlariga o‘tkazish haqidagi vasiyat
matni yozilgan hujjat.
VIJDON ERKINLIGI — bu fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki
hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir.
XUSUSIY AJRIM — sud muhokamasi davrida hukm bilan bir vaqtda
chiqariladigan qaror.
YURIDIK (HUQUQIY) AKT — davlat organlari, mansabdor shaxslar
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida chiqariladigan farmoyish.
YURIDIK (HUQUQIY) JAVOBGARLIK — jazoga tortish, yuridik
majburiyatlarni buzgan shaxs, aybdorga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan
sanksiyalarni qo‘llash.
YURIDIK (HUQUQIY) FAKTLAR — huquq va majburiyatlarni vujudga
keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish bilan bog‘liq holatlar.
YURIDIK (HUQUQIY) SHAXS — fuqarolik huquqlari va majburiyatlarining
konkret subyekti.
YURISKONSULT (lotin)
— huquqshunos, korxona va muassasalarda yuridik
masalalar yuzasidan konsultant sifatida ishlaydigan mutaxassis, yurist.
O‘RINDOSHLIK — korxonalarda asosiy ish bilan birgalikda boshqa pulli
lavozimda ishlash.
SHARTNOMA — ikki yoki bir necha shaxs o‘rtasidagi o‘za ro majbu riyatlarni
belgilash, ularni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘ri sidagi bitim.
SHAXS DAXLSIZLIGI — fuqarolarning konstitutsion shax siy huquq va
erkinliklaridan biri.
SHIRKAT — biror ishni birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashgan
kishilar hamkorligi, o‘rtoqlik uyushmasi.
http:eduportal.uz