O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/165
tarix02.12.2023
ölçüsü3,87 Kb.
#171163
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   165
ozbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

Etatik davlatda:
1) Qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruq va farmoyishlar egallaydi; 
2) Davlat o‘z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkin-
lik larini qat’iy cheklab qo‘yadi;
3) Davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarning 
shax siy hayotini ham o‘z boshqaruvi ta’siriga olishga intiladi;
4) Davlat organlari va mansabdor shaxslariga haddan tashqari ko‘p 
vako latlar beriladi.
Etatik davlatga misol qilib Kuba, sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mum-
kin. Shuningdek, barcha totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar ham 
bun ga misol bo‘la oladi.
Huquqiy davlatda 
davlat boshqaruvi huquqning ustuvorligiga asos-
la nadi. Bunda davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar sub-
yekt larining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlashni hisobga 
olgan holda amalga oshiriladi. 
5. Sizning huquqlaringiz buzilmasligi uchun siz qanday kafolatlarga 
ega bo‘li shingiz kerak deb o‘ylaysiz?
6. Saylovlar to‘g‘risida kattalardan eshitgansiz. Aytingchi, nima 
uchun saylovlarga bu qadar katta e’tibor beriladi va kattalar 
say lovlarga birov majbur qilmasa ham o‘zlari ixtiyoriy ravishda 
bora dilar?
Huquqiy davlat – huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi 
ta’min lanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat 
hoki mi yati vakolatlar bo‘linishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan 
demok ratik davlatdir.
Huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilar: 
http:eduportal.uz


55
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
55
55
1. Huquqning ustuvorligi. 
Mamlakatdagi barcha shaxslar – fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqaro 
bo‘l magan shaxslar, mansabdorlar hammasi qonun talablariga bo‘ysunadilar. 
Bun da, Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. 

Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin