AXLOQ VA HUQUQ. HUQUQIY MUNOSABATLAR Sharhlang! Ijodiy faoliyat http:eduportal.uz
104 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Huquq tizimini sohalarga ajratish nima uchun zarur?
2. Huquqiy tartibga solish predmeti nima?
3. Huquqiy tartibga solish usulini tushuntirib bering.
4. Huquqiy sohalarning asosiy turlarini sanab bering.
5. Eng asosiy huquqiy soha bo‘lmish Konstitutsiyaviy huquq sohasini
tavsifl ab bering.
6. Fuqarolik huquqi sohasini qisqacha tavsifl ang.
7. Agarda jinoyat huquqi sohasi mavjud bo‘lmasa, jamiyatda qanday vaziyat
yuz bergan bo‘lar edi?
8. Protsessual huquqiy sohalar orqali qanday faoliyat tartibga solinadi?
9. Fuqarolik va jinoiy protsessual huquqiy sohalarining asosiy farqlari
nimada?
10. Jinoyat protsessual huquqiy sohasi qanday vazifalarni bajaradi?
11. Huquq institutlariga misollar keltiring.
12. Xalqaro huquqning tarkibiy qismlariga (sohalariga) misollar keltiring.
So‘zlarni to‘g‘ri joylashtirib, xalqaro huquqiy hujjatlarning nomlarini toping. Ushbu xalqaro huquqiy hujjat nima haqida ekanligini bilasizmi? to‘g‘risidagi yoshi qilishning konvensiyasi qabul Ishga minimal to‘g‘risidagi kasb hamkorlik ta’lim Texnik bo‘yicha konvensiya va deklaratsiya madaniy tamoyillari Xalqaro xalqaro ijtimoiy huquqlar to‘g‘risidagi madaniy Iqtisodiy va huquqlar Fuqarolik siyosiy to‘g‘risidagi va pakt pakt xalqaro to‘g‘risidagi deklaratsiya huquqi Rivojlanish deklaratsiya huquqlari Inson umumjahon to‘g‘risidagi Bola konvensiya huquqlari http:eduportal.uz