Huquq layoqati, asosan, kishining tug‘ilishi bilan vujudga keladi va
vafot etishi bilan tamom bo‘ladi. Muomala layoqati o‘z harakatlari asosida huquqlarni amalga oshirish va yuridik majburiyatlarni bajara olish imkoniyatidir. Demak, huquqiy munosabatlarning elementlari to‘rtta ekan:
obyekt ,
sub yekt ,
subyektiv huquq va
yuridik majburiyat .
Huquqiy munosabatlar subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning yuridik
shak li bo‘lib, uning yordamida davlat va qonun talablariga binoan ijtimoiy
muno sabat ishtirokchilari xulq-atvorini me’yorlab beradi.
Huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar, ya’ni subyektlar
huquq layoqa ti ga hamda
muomala layoqati ga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, masalan, tibbiy yor-
dam olish, turar joyga, o‘z ismi, familiyasiga ega bo‘lish huquqlariga ega.
Aq li zaif va ruhiy kasallar ham huquqiy layoqatga ega. Ular ham yashash,
davo lanish, nafaqa olish, mulkdor bo‘lish huquqiga egadirlar. Ayrim vaqtda
hali tug‘ilmagan bola ham huquqiy layoqatga ega. U merosxo‘r bo‘la oladi.
Muomala layoqati yosh va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq. O‘zbekiston
qo nun lariga binoan, to‘liq muomala layoqati fuqaro 18 yoshga to‘lgandan
so‘ng boshlanadi. Lekin, ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan,
shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdan
tor ti lishi mumkin. Boshqa bir misol: Oila kodeksi ayrim hollarda 18 yoshga
to‘l masdan turib nikohdan o‘tishga ruxsat beradi. Bunday fuqaro nikohdan
o‘t gan vaqtdan boshlab to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
AXLOQ VA HUQUQ. HUQUQIY MUNOSABATLAR http:eduportal.uz