O’zbekiston jahon xamjamiyatidagi o’ziga xos o’rni reja


O‘zbekiston Respublikasida davlat shaklining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 98,85 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü98,85 Kb.
#196947
1   2   3   4
4Wi8MrcgrxwcxcpKjqv15R-OxnDrOJH5

O‘zbekiston Respublikasida davlat shaklining o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekistonda boshqaruv shakli.
Davlat qurilishi borasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo’q. Dunyoda bir-biriga aynan o’xshagan ikkita inson bilmaganidek, bir-biriga aynan o’xshagan ikkita davlat ham yo’q. Bunday bo’lishi mumkin ham emas.
Har bir davlat —betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotinig hosilidir, uning o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining natijasidir.
Islom KARIMOV
Tarixdan ma’lumki, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan yangisiga o’tish xech qachon oson kechmagan. Bu jarayon tarixiy zaruratning taqozosi bo’lib, bir jamiyatdan ikkinchisiga o’tish davri muayyan tarixiy shart-sharoitlar talabiga ko’ra turli mamlakatlarda turlicha amalga oshirilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ma’muriy-buyruqbozlik tamoyili ustuvor bo’lgan totalitar tuzumdan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat barpo etish borasida O’zbekiston tanlagan yo’l o’ziga xos bo’lib, xalqaro miqyosda "muvaffaqiyatlar keltirgan yagona to’g’ri yo’l", "rivojlanishning eng maqbul yo’li", "kelajakni oldindan ko’ra bilish yo’li" deya e’tirof etildi. O’zbekistonning bu borada ko’zga tashlanib turgan yutuqlari ko’pchilikda katta qiziqish va xayrixoshlik uyg’otmoqda. Va tabiiy ravishda bu mo’jizaning mohiyatini oydinlashtirish eshtiyoji tobora kuchayib bormoqda. "Endilikda insoniyatning umumiy sivilizatsiyaviy taraqqiyotidan chetda (tushib) qolgan jamiyatlarni qayta tiklash uzoq va mushkul jarayon ekanligi haqida ko’p so’z yuritiladi, — deb yozadi taniqli olim Leonid Levitin. — Turli mamlakatlar bu jarayon tasarrufida har xil tezlik bilan harakatlanadi. O’zbekistonning omadi shundaki, u boshqa eng yomonidan (fuqarolar urushi alg’ov-dalg’ovidan) o’zini chetlab oldi, so’ngra esa zarur tarixiy tezlikka erishdi va amalda, sobiq sovet davlatlari hamjamiyatidagi yaqqol karvonboshilardan biriga aylandi".
Tabiiyki, biz tanlagan istiqbolli yil nihoyatda keng qamrovli bo’lib, uni turli tomondan tahlil va talqin etish mumkin. Demokratiya bosh yo’limiz bo’lsa, davlat bosh isloshotchi, deb e’tirof etildi. Demak, mustaqil milliy davlatchilikni qaror toptirish biz tanlagan yo’lning ustuvor yo’nalishlaridai biri ekan. Biz tanlagan ijtimoiy taraqqiyot jarayonining asosiy belgi, xususiyatlaridan biri davlat boshqaruvi shakliga bog’liqdir.
Bugun biz qanday davlat qurayapmiz? Uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy va huquqiy negizlari nimalardan iborat? Biz bunyod etayotgan davlatning mazmun-mohiyati, qiyofasi, shakl-shamoyili qanday bo’ladi, degan savollar tug’ilishi tabiiy hol.
Ma’lumki, davlatni boshqarish shakllari va darajalari turli davrlar va xalqlarda turlicha bo’lgan. Muayyan tarixiy davrda bir xalq uchun ma’qul kelgan boshqaruv shakli boshqa bir davr va xalq uchun qo’l kelmasligi ham mumkin. Konstitutsiyamizning birinchi moddasida "O’zbekiston — suveren demokratik respublika" deb e’tirof etilgan. Bundan anglashiladiki, o’zbekiston dunyo siyosiy sahnasida mustaqil davlat tarzida o’zining ichki va tashqi siyosatini yuritadi. Jumladan, o’z davlat boshqaruvi shaklini ham mustaqil tarzda belgilaydi.
Shu o’rinda "boshqaruv shakli" degan iboraning mazmunini muxtasar izohlab itsak, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ma’lumki, davlatning boshqaruv shakli deyilganda davlat hokimiyati oliy organlarining tashkil etilishi, ularni shakllantirish tartibi, faoliyat yuritish asoslari hamda hokimiyatni amalga oshirish usullari, markaziy va mahalliy davlat hokimiyati idoralarining o’zaro aloqalari tizimi tushuniladi.
Respublika shaklidagi davlat boshqaruvining asosiy xususiyati shundan iboratki, bu jarayonda davlat hokimiyatining vakillik organlari hamda davlat boshlig’i saylab qo’yiladi. Ular muayyan muddat o’tgach, almashtirilishi mumkin. Ayni shu jihati bilan davlat boshqaruvining respublika shakli monarxiyadan farq qiladi.
Demak, boshqaruv shakli deganda bevosita davlat hokimiyatini shakllantirish va amalga oshirish usullari nazarda tutilar ekan.
Yuridik adabiyotlarda respublika shaklidagi davlat boshqaruvining ikki turi, ya’ni prezidentlik va parlament respublikasi mavjudligi tilga olinadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Prezidentning davlat markaziy organlari tizimida tutgan o’rni ko’p jihatdan davlat boshqaruvining shakliga bog’liq. Davlat boshqaruvining respublika ko’rinishida davlat hokimiyati bevosita xalq saylagan organlar tomonidan boshqariladi. Prezidentlik respublikasida prezident ham davlat, ham ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i hisoblanadi. U davlat organlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Prezidentlik respublikasining o’ziga xos tomoni shundaki, mamlakat Prezidenti to’g;ridan-to’g’ri yoki bilvosita saylov yo’li bilan saylanadi va hukumat parlament ishtirokisiz shakllantiriladi. Boshqacha aytganda, tom ma’nodagi prezident respublikalarida prezident xalq tomonidan saylanadi. Prezident davlat boshlig’i sifatida hukumat tarkibini shakllantiradi hamda uning faoliyatiga rashbarlik qiladi. Hukumat Prezident oldida hisob beradi va Prezident siyosatini hayotga tatbiq etadi. Boshqaruvning prezidentlik respublikasi shakli AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasidagi ko’pchilik davlatlarda, shuningdek, rivojlanayotgan respublika ko’rinishidagi mamlakatlarning qariyb barchasida o’rnatilgan. Kuchli ijro hokimiyatining Prezident qo’lida bo’lishi mamlakatdagi barcha kuchlarni yagona maqsad yo’lida birlashtirish imkonini yaratadi.
Agar mamlakatda davlat boshqaruvining parlamentar respublika turi o’rnatilsa, bu holda Prezident faqat davlat boshlig’i vazifasini bajaradi va u ijro hokimiyatiga rashbarlik qila olmaydi. Shu boisdan parlamentar respublikada Prezident davlat organlari tizimida markaziy o’rinni egallamaydi. Parlamentar respublikada hukumat parlament tomonidan shakllantiriladi, davlat boshlig’i ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirmaydi. Parlament respublikasida davlat hokimiyatining oliy organi parlament bo’lib, hukumat uning oldida hisob beradi. Parlament respublikasida prezidentlik respublikasidan farqli o’laroq, hukumat parlamentdagi ko’pchilik uni qo’llab-quvvatlab turgan davrlarda faoliyat yuritaveradi. Parlament respublikalarida hukumat tarkibi parlament tomonidan tuziladi va u parlament oldida hisob beradi. Ushbu mamlakatlarda hukumat parlament tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan siyosiy partiyalar yoki partiya bloklari vakillaridan iborat bo’ladi. Hukumat tarkibi ko’pchilik siyosiy partiyalar rashbarlaridan tashkil topganligi sababli u davlatda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Agar hukumatni parlament shakllantirsa va hukumat tarkibi parlament oldida hisob berib, parlament huzurida vakolatlarni o’zidan soqit etsa, odatda, bunday boshqaruv shakli parlamentlik respublikasi deb yuritiladi. Jahon tajribasidan ma’lumki, parlamentning mavqyei ustun bo’lgan davlatlarda prezidentni ham parlament saylaydi.
Davlat boshqaruvi respublika ko’rinishining quyidagi jihatlari mavjud:
— avvalo, davlat hokimiyatini haddan ziyod muddat yakka tartibda egallab turishdan xoli bilish;
- mustabid tuzumga olib boruvchi ideal maqsadlardan tiyilish, aksincha, jahon tajribasiga tayangan holda o’zini o’zi rivojlantirib borish;
- davlat boshqaruvini bevosita amalga oshiradigan idoralarni tuzishda jamiyat va shaxs manfaatlaridan kelib chiqish;
— davlat hokimiyati idoralarini saylov asosida va qat’iy belgilangan muddatga tuzish.
Mohiyatan qaraganda, demokratiyani qaror toptirish uchun boshqaruvning respublika shakli ayni muddao. Aslida demokratiya ham davlat shakli hisoblanadi. Shu bois demokratiya respublika shaklidagi davlatning mazmun-mohiyatini yanada boyitadi.
Boshqacha aytganda, respublika ko’rinishidagi demokratiya erkin faoliyat uchun xizmat qiladi, jamiyatning taraqqiy etishiga ko’maklashadi, ijtimoiy tenglikni yuzaga keltiradi, saylovlardagi, fuqarolarning davlat mansablariga erishishlaridagi, ta’lim olish, mulkdor bo’lish sohasidagi tenglik, siyosiy irodaning shakllanishida qatnashish hamda hokimiyatga da’vogar bo’lgan siyosiy kuchlarni huquqiy jihatdan tashkil etishdagi imkoniyatlar tengligi namoyon bo’lishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi.
O’zbekistonning respublika shaklida boshqariladigan davlat ekanligini tavsiflovchi asosiy belgi va xususiyatlar Konstitutsiyamizda o’zining teran ifodasini topgan.
Jumladan, asosiy qonunimizning 11-moddasiga asosan, mamlakatimizda davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi.
Konstitutsiyamizning 76-moddasiga muvofiq, qonun chiqaruvchi hokimiyat oliy davlat vakillik organi — Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. Mamlakatimiz Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mashkamasining Raisi hisoblanadi.
Davlatimiz rashbari mamlakatimiz fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi.
O’zbekiston Respublikasi hukumati — Vazirlar Mashkamasi tarkibini Prezidentimiz tuzadi va bu boradagi farmonni Oliy Majlis tasdiklaydi. Hukumat Prezident oldida hisob beradi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Prezidentlik boshqaruvining o’zbek modeli xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmokda, Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda Prezidentlik institutining paydo bo’lishi zarurati haqida fikr yuritsak.
Prezidentlik instituti mamlakatimiz konstitutsiyaviy amaliyotida nisbatan yangi hodisa hisoblanadi. Uni joriy etishning bir qator sabablari bor:
— avvalo, davlat mustaqilligiga intilish, respublikada boshqaruv jarayonlarini demokratlashtirish aynan prezidenlik institutini taqozo etar edi. Chunki parlament uzoq bashs va munozaralarga berilib ketib, tezkor qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish imkoniyatiga ega emasdi. Demak, hayotning taqozosiga ko’ra, mamlakatni bir kishi tomonidan boshqarish zarurati tug’ildi;
- Prezidentlik institutini joriy etish sabablaridan yana biri, mamlakatimizda hokimiyatlarning bo’linishi tamoyilini rivojlantirishdan kelib chiqadi. Prezidentlik boshqaruvi davlat hokimiyati organlarining tuzilishini tashkil etishda demokratik prinsiplarni amalga oshirishga yordam berishga qaratilgan edi. Mamlakatimizda qonunchilik, ijro va sud hokimiyati faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish eshtiyoji paydo bo’ldi;
- Prezident o’z zimmasiga hukumatni shakllantirish va uning ishiga rashbarlik qilishdek ulkan mas’uliyatni olish uchun obyektiv zarurat paydo bo’ldi;
- va nihoyat, vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash va murakkab muammolarni zudlik bilan hal etish ehtiyoji tug’ildi. Amaldagi davlat strukturasi bu kabi keng ko’lamli masalalarni hal etishga qodir emasdi.
Mamlakatimizda Prezidentlik institutini joriy etish mustaqil davlatchilikni mustahkamlash, boshqaruvning xalqaro shakliga o’tish, tinchlik, millatlararo totuvlik, siyosiy barqarorlikni ta’minlash yo’lida muhim tarixiy qadam bo’ldiki, bunday demokratik boshqaruv tizimini joriy etishda Yurtboshimizning tarixiy xizmatlari beqiyosdir.
Demak, mamlakatimizda prezidentlik institutining joriy etilishi boshqaruvning xalqaro shakl va andozalariga o’tish, boshqacha aytganda, tarixiy zarurat. Endi jahon amaliyotida keng qo’llanib kelinayotgan prezidentlik institutiga qiskacha izoh berib o’tsak.
Jahon prezidentlik amaliyotining ko’rsatishicha, davlatning bir shaxs orqali muvofiqlashtirish ananasi sezilarli darajada kuchayib bormoqdaki, bu jarayon ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi holatiga juda mos keladi.
Birinchidan, Prezident muayyan davlatning boshlig’i va xalq birligining ramzi hisoblanadi. Uning birligini oliy davlat hokimiyati organlari mamlakatning ichida ham, tashqi xalqaro miqyosda ham namoyon etadi.
Ikkinchidan, Prezident o’z mamlakati xalqi nomidan ish tutadi, uning milliy manfaatlarini himoya qiladi, partiyaviy, ijtimoiy, milliy va boshqa manfaatlar, ayniqsa, kelishmovchiliklardan yuqori turadi, jamiyatni o’zaro muvofiqlashtiradi, ijtimoiy-siyosiy hayotni barqarorlashtiradi.
Uchinchidan, Prezident mamlakatning umumiy holati uchun mas’ul bo’lib, siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi, huquqiy tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatini bajarish uchun tegishli qarorlar qabul qiladi, tezkor chora-tadbirlar kiradi.
To’rtinchidan, Prezident ijro hokimiyatini boshqaradi va uning faoliyatini yo’naltiradi.
Beshinchidan, Prezident mamlakatning Oliy bosh qo’mondoni hisoblanadi va davlat mudofaasi hamda fuqarolarning harbiy xizmatni o’tashi uchun rahbarlik qiladi.
Oltinchidan, Prezident ijro hokimiyati tizimida oliy lavozimga tayinlash vakolatini amalga oshiradi, fuqarolik masalalarini hal qiladi, fuqarolarni davlat nishonlari bilan mukofotlaydi va avf etadi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning hamda mamlakatda konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafolati hisoblanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan holatlar prezidentlik respublikasining umumiy xususiyatlari hisoblanadi. Ular har bir mamlakatda o’ziga xos ravishda qo’llanishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda Prezidentlik institutini joriy etishda yuqorida tilga olingan jihatlar, shuningdek, milliy davlatchiligimizning tarixiy tajribalari hamda muayyan davrning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan.
Jashon amaliyotida prezidentlikning quyidagi modellari mavjud:
Birinchi model. Prezident — faqat vakolati nuqtai nazaridan davlat boshlig’i hisoblanib, u hukumat ishlariga to’la aralasha olmaydi, rasmiy tadbirlarni ochadi, xorijiy delegatsiyalarni qabul qiladi. Ammo mamlakat ahamiyatiga molik masalalarni premer-ministr hal qiladi.
Ikkinchi model. Prezident — davlat va ijroiya hokimiyati rahbari hisoblanadi. Bu model Prezidentni hokimiyatning boshqa tarmoqlari hisoblangan davlat organlariga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifaga yo’naltiradi.
Uchinchi model. Prezident — ijro hokimiyati boshlig’i va oliy mansabdor shaxs. Bu model Prezidentni davlat boshqaruvi apparatiga rahbarlik qilishga yo’naltiradi. O’z navbatida, bu modelning ham turli ko’rinishlari mavjud:
- Prezident — davlat boshlig’i hisoblanmaydi, lekin hukumat majlislarida rahbarlik qiladi;
- Prezident — rasman davlat boshlig’i hisoblanadi;
- Prezident hukumat tarkibini mustaqil ravishda shakllantiradi, premyer-ministrdan tashqari boshqa hamma nomzodlarni tayinlashda parlament bilan kelishadi;
— Prezident parlamentga hukumat tarkibini yoki uning ayrim asosiy figuralarini tasdiqlash uchun taqdim etadi.
To’rtinchi model. Prezident —davlatning haqiqiy boshlig’i, hukumatning haqiqiy rahbari hisoblanadi.
O’zbekistonda prezidentlik tizimini joriy etishda jahon tajribalari chuqur o’rganib chiqildi. Prezidentlikning to’rtinchi modeli ma’qul deb topildi va ushbu model mamlakatimizda prezidentlik institutini joriy etish uchun asos qilib olindi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bizning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz respublikaning o’ziga xos turmush tarzini, shart-sharoitlari va xususiyatlarini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama hisobga olishga asoslangan.
Ayni paytda bizning yo’l jahon amaliyoti to’plagan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar qatoriga o’tgan mamlakatlar orttirgan ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi.
O’zbekiston tanlagan yo’l respublika va uning xalqining manfaatlariga mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mamlakatimizda prezidentlik institutining joriy etilishi tarixiy zarurat taqozosidir. Uni shakllantirishda jahon tajribalari, milliy davlatchiligimiz an’analari va hozirgi vaziyat hisobga olingan. Prezidentlik instituti zamonaviy demokratik respublikaga xosdir. Shu ma’noda Prezident davlatni jipslashtirish, ya’ni davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta’minlashi lozim. Asosiy qonunimizga muvofiq Prezident — hokimiyatlar bo’linishi tamoyiliga rioya qilinishida davlat mexanizmining eng muhim institutidir. Davlat boshlig’i o’z shaxsida u yoki bu hokimiyat tarmog’ini emas, balki davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi. Mamlakatimiz Prezidenti, ayni paytda, ijroiya hokimiyatining ham boshlig’i hisoblanadi.
Respublikamiz Prezidenti davlat va ijro hokimiyati boshlig’i sifatida, ayni vaqtda Vazirlar Mashkamasining Raisi ham hisoblanadi. Yurtboshimizning konstitutsiyaviy vakolatlari davlat va jamiyat hayoti faoliyatining eng muhim sohalarini qamrab oladi.
Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlis bilan kelishgan holda ish olib borishi, bu institutning demokratik jamiyat qurish borasida nechog’li ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Masalan, davlat hokimiyatining markaziy organlarini tuzishga ham Prezident, ham Oliy Majlis jalb qilingan. Bunga ikki yo’l bilan erishiladi: yoki Prezident muayyan mansabdor shaxslarni tayinlaydi, Oliy Majlis esa ma’qullaydi, yoki Oliy Majlis tayinlaydi, nomzodni esa Prezident taklif qiladi.
Respublikamiz Prezidenti mamlakatning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Bu hujjatlar qonun osti hujjatlari hisoblanadi.
Prezident davlat boshlig’i sifatida parlamentga ta’sir etishga imkon beruvchi tegishli vakolatlarga ega. Avvalo u qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning faoliyatini uyg’unlashtiradi. Ayni paytda saylovchilarga yoki parlamentga hisob berib turadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Oliy Majlisga qonun loyihalarini kiritish, ya’ni qonunchilik tashabbusi huquqiga ega;
— Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolaydi. Qonunlarning Prezident tomonidan imzolanishi ramziy ma’noga ega bo’lib, bu bilan u butun xalqning irodasini mujassam etadi. Prezident o’z vakolatlarini xalqdan oladi, shu bois, o’z imzosi bilan xalq irodasi va ezgu-istagini amalga oshiruvchi qonunni tasdiklaydi. Qonun qabul qilingach, uning ijrosini ta’minlash Prezident zimmasiga tushadi. Prezident tomonidan imzolanmagan qonun kuchga kirmaydi. Bu qonunga majburiy kuch beradi va qonun ijodkorligi jarayonini yakunlaydi. Prezident tomonidan chiqarilgan aktlar (farmonlar, qarorlar, farmoyishlar) o’zining yuridik kuchiga ko’ra qonun osti akti hisoblanadi va bu hujjatlar qonunlarning ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi;
— Prezident O’zbekiston Respublikasi qonunlarini o’z e’tirozlari bilan rad etish huquqiga ega;
- muzokaralar olib boradi va O’zbekiston Respublikasi shartnomalari hamda kelishuvlarini imzolaydi;
— O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to’xtatadi va bekor qiladi.
Biror masalani qonun yo’li bilan tartibga solish imkoniyati bo’lmagan hollarda, Prezident ushbu masala yuzasidan tegishli farmon chiqarishi mumkin.

Yüklə 98,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin