2.2.10. Mustaqillik yillarida O’zbekiston madaniyat va san’ati (4 soat) Mustaqillik yillarida O’zbekistonda madaniy hayot taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan omillar
Milliy ma’naviy qadriyatlarning qayta tiklanishi.
Me’morchilik san’atidagi o’zgarishlar va mustaqillik yillarida barpo etilgan me’moriy majmualar.
Seminar mashg’ulotlari multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o’qituvchn tomonidan o’tkazilishi lozim. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishla munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Talabalarning ma’ruza, seminar mashg’ulotlariga tayyorlanib kelishi va o’tilgan materiallarni mustaqil o’zlashtirishlari uchun kafedra o’qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari ishlab chiqilgan, har bir talabaga ushbu materiallardan foydalanish tavsiya etaladi.
Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o’zlashtirganligi joriy, oraliq va yakuniy nazoratda o’z aksini topadi. Shu sababli reyting tizimida mustaqil ishlarga alohida ball ajratilmaydi, ular JN, ON va YaN lar tarkibiga kiritilgan.
Mustaqil ta’lim uchun fan bo’yicha jami 3-semestrda 40 va 4- semestrda 30 soat ajratilgan.
Ushbu soatlar taxminan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oraliq nazoratga tayyorlanish – 10 / 10 soat.
Berilgan mavzular bo’yicha tayyorlangan mustaqil ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash – 30/20 soat.
Amaliy mashg’ulotlarda nazariy bilimlar mavzuga oid savol va topshiriqlarni bajarish orqali mustahkamlanadi. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanini chuqur o’zlashtirish uchun talaba fanning har bir bo’limini mustaqil o’rganishi va berilgan topshiriqlarni bajarish orqali mustahkamlashi zarur.
Qoldirilgan darslarni topshirish uchun talaba dars materialini tayyorlab kelishi va o’qituvchining og’zaki suhbatidan o’tishi zarur. Qoldirilgan ON va YaN lar belgilangan tartib bo’yicha topshiriladi.