Kombinat tarkibida quyidagilar mavjud: - Elektrda po‘lat eritish sexi;
- Navli prokat sexi;
- Zoldir prokat sexi;
- Rangli metallar ishlab chiqarish sexi;
- Issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallarni ishlab chiqarish sexi;
- Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish sexi;
- Respublika hududlari bo‘ylab qora metall parchalari va chiqindilari tayyorlash va qayta ishlash sexlari;
-"O‘zmetkombinat" AJ "Ikkilamchiqorametallar" boshqarmasining filiallari;
-Ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexi.
Kombinat quyidagilarni ishlab chiqaradi: - Navli prokat va polat zoldirlar;
- Rangli metallar va metall buyumlar;
- Ferroqotishmalar;
- Issiqliqlik o‘tkazmas materiallar;
- Xalq isteʼmoli mollari (sirlangan idishlar);
- Gazsimon va suyuq argon, azot, kislorod;
- Yuqori omli koks.
“O‘zmetkombinat” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari: birinchidan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo‘yicha puxta o‘ylangan yagona texnik siyosatni amalga oshirish, zamonaviy energiya tejamlovchi texnologiya va asbob-uskunalarni joriy etish, shuningdek jamiyatning xom ashyo bazasini kengaytirish;
ikkinchidan, ishlab chiqarishning yuqori o‘sish surʼatini taʼminlashga yo‘naltirilgan jamiyatni boshqarish tizimida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotni eksport qilish hajmini ko‘paytirish, shu jumladan yangi bozorlarni o‘zlashtirish hisobiga, mahsulotning tannarxini pasaytirish bo‘yicha ishlarni maqsadga yo‘naltirilgan tizimli negizda olib borish;
uchinchidan, xom-ashyo bazasini kengaytirish, yangi yuqori texnologiyali korxonalarni qurish va ishga tushirish, shu jumladan loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlarining samaradorligini oshirish va shaffofligini taʼminlash bilan to‘g‘ridan to‘qri investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, loyihalarni boshqarishning zamonaviy uslublarni joriy etish;
to‘rtinchidan, metallurgiya mahsulotlarini, butlovchi buyum va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirilishini kengaytirish tuzilmasini maqbullashtirish va tovar va xizmatlar importini qisqartirish maqsadida;
beshinchidan, muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarining malakasini oshirishni, qayta tayyorlashni tashkil etish oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim va ilmiy muassasalar bilan kooperatsiyani kuchaytirish yo‘li bilan;
oltinchidan, qattiq raqobat sharoitlarida jamiyatning samarali ishini taʼminlashga qodir bo‘lgan kasb mahoratining yuqori darajasiga yetishda motivatsiyalangan, qobiliyatli, vijdonli va vatanparvar yosh mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha maqsadli ishlarni olib borish yo‘li bilan jamiyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash.“O‘zmetkombinat” AJ qora metall parchalari va chiqindilari lom sotib olish bo‘yicha yagona vakolatli organdir, shunga muvofiq O‘zbekiston Republikasi hududida yig‘ilgan metallolom faqat kombinatga topshirilishi lozim.
Respublikaning lom tanqisligi va qora metall prokati mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida kombinat menejmenti metallolom topshirilishini ko‘paytirish uchun boshqarishning zamonaviy bozor mexanizmlarini qo‘lladi, metallolomga narxni o‘z vaqtida oshirish ulardan biridir, hozirgi vaqtda uning narxi bir tonnasi uchun 2,5 mln. so‘mni tashkil etadi (QQS siz), bu metallolom narxining 4 baravarga oshganini ko‘rsatmoqda.Metallolom topshirilishining ko‘payishi hukumat strategiyalarini va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish doirasida ko‘p obʼyektlarni ishga tushirish hisobiga kombinat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmini oshirishga imkon beradi.