“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix10.11.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#68334
  1   2
Usmon Azim. Sog\'inch



USMON AZIM
She’rlar
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
2
Mazkur to‘plamga shoirning asosan sevgi va sadoqat,
xususan, baxshiyona ruhda yozilgan she’rlari jamlandi.
Òurli yillarda yozilgan bu asarlar siz aziz o‘quvchilarga
manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2007.
Azim Usmon.
Sog‘inch: She’rlar/Usmon Azim. – T.: «O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. –
200 b. – (O‘quvchining kitob javoni).
BBK 84(5U)6
84(5U)6
A37
ISBN 978-9943-07-041-7
4702620202
358–2007
U
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
3
á
O‘ZIM HAQIMDA
Men – Usmon Azim,
Boysunda tug‘ilib,
Òoshkentda yashayapman,
ko‘nglimda yashayapman,
dunyoda yashayapman
va bir ayolning yuragida.
Dunyo – ro‘zg‘orimday:
uni o‘ylayverib,
sochlarim oqardi.
Garchi shoirman,
tushdan boqmadim dunyoga,
angladim – u toshdir.
Hamma qatori yashadim
shu tosh ichra –
ko‘karishga urindim:
ko‘karmoq og‘ir –
suyaklarim mayishdi,
yuragim tilka-pora,
asablarda sanoqsiz qisqa tutashuv...
Yolg‘ondan uyaldim.
Qochmadim yomondan –
shu sabab o‘t oldi
xonumonim mening.
Hayot – kitob emas, deyishsa,
kuldim,
chunki o‘zim ko‘rganman
(necha bor)
hayotning satrlarga kirganini...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
4
Haqiqatga
chohdaligida ham
sig‘inaverdim.
Qarashlarim ko‘p o‘zgardi,
chunki fikrim o‘sdi,
aqlim o‘sdi,
hayot dars berdi
boshimga urib -
urib...
Fikri o‘zgarmaganlardan
hadiksiradim,
cho‘chidim qo‘li mushtlardan.
Daholarni esa
bir bechora qurbon bildim.
Bechora qurbonlar!
Erta sezdim
dunyoning torligini:
to‘rt tarafga urilaverib,
peshonamda qolmadi peshona.
Angladim –
faqat osmonga intilish mumkin,
faqat kirish mumkin yerga.
Aniq aytdim hamma narsaning ismini:
toza – toza,
iflos – iflos,
halol – halol,
harom – harom...
Umrimni do‘zax qildi bu haromilar!
Hayotga ishonganday
ishondim o‘limga ham –
u bilan ko‘p gaplashdim
hayot haqida:
eng go‘zal she’rlarim o‘sha suhbatlardan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
5
á
Faqat xudodan qo‘rqdim.
Faqat xudoga shukur qildim.
Xudo berganini oldim intilib.
Angladim:
o‘lsam,
har kim o‘zicha dafn etar meni:
bolalarim o‘zicha,
Òoshkent o‘zicha,
Boysun o‘zicha,
dunyo o‘zicha.
Meni bor bo‘yimcha
hech kim
ko‘molmas.
Xullas,
men – Usmon Azim –
ishonchli qo‘llardaman:
xudoga topshirganman o‘zimni,
o‘zimga o‘zimni vasiyat qilganman...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
6
* * *
Òong titraydi kech kuzakning quchog‘ida,
Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq.
Jonim, qalbim she’riyatning pichog‘ida...
Zamin – tilsim, osmon – tilsim... she’r –
beshafqat!
Men qiynaldim. Xayolimning qanotida
Dengizlarni ko‘targancha tolib uchdim.
Yulduzlarni ko‘p ko‘rganman hayotimda,
Dengizdagi yulduzlarni keldi quchgim.
Ko‘kka boqdim, o‘t tutashdi jismim aro,
Qat-qat bulut qatlarida ne sir-asror!
Hayrat ichra o‘ldirgusi meni samo,
Ona zamin, bir uchayin, qo‘yib yubor!
Men yor dedim... Laylimi yo, Shirinmi yo!
Yoki endi tug‘ilajak biror malak!
Mana men, deb ko‘z oldimda bo‘ldi paydo,
Mana men, deb she’rdan boqdi yakto yurak.
Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq,
Òong titraydi kech kuzakning quchog‘ida.
She’r yozilar... Qiynoq, senga bo‘lsin sharaf,
Jonim, qalbim she’riyatning pichog‘ida.
Hali butun ro‘yi zamin she’r bo‘lajak,
Faqat bekor bilib orom quchog‘ini –
Bu dunyoni sirga ko‘mib yashash kerak,
Qalbga sanchib she’riyatning pichog‘ini!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
7
á
* * *
Umrimni bir olis ishqqa almashdim,
Qochdim hushyorlikdan, tushga almashdim.
Beqanot qalbimni qushga almashdim –
Sizsiz o‘tgan umrim bekor, yorijon!
Ne baxtkim, yuragim bemor, yorijon!
Ul ko‘zda qay kuni porladi ziyo,
Dunyodan kechgulik topdim bir dunyo.
Bu dunyo nimadir? Bu dunyo – ro‘yo –
Faqat pok ishqingiz haqdir, yorijon,
Qalbimga eng yuksak taxtdir, yorijon.
Garchi o‘rtamizda sog‘inch-u hijron,
Garchi visol yo‘li vayrondir, vayron,
Ammo azobingiz ko‘ksimda har on –
Muqaddas olovday qoldi, yorijon,
Shukurkim, siz bilan yondim, yorijon,
Yashardim o‘zimga muz kabi boqib,
Ishq keldi, jo‘nadim, daryoday oqib,
Menga habib bo‘ldi hatto shum raqib –
Ko‘rib – to‘lqin-to‘lqin qonim, yorijon,
Siz mening jonimsiz, jonim, yorijon.
Hech qachon demasman boshni yo‘qotdim,
Eridim, vujuddan toshni yo‘qotdim,
Yillarni yo‘qotdim – yoshni yo‘qotdim,
Mendan ayro tushdi yolg‘on, yorijon,
Shundanmi tillarim ravon, yorijon.
Nodon der “Sen borni yo‘qqa almashding,
Quyoshni bir g‘arib cho‘qqa almashding...”
Kulaman: “Xalqobni ko‘kka almashding...”
Endi yurar yo‘lim falak, yorijon,
Qanotga aylandi yurak, yorijon!
Qanotga aylandi yurak, yorijon!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
8
* * *
Yolg‘izlik ortimdan huvillab quvdi,
Òoki yiqilguncha yugurdim betin...
Bir ayol tuflimning loyini yuvdi –
Unga sevaman deb aytmagan edim.
Qismat masxaralab bizni otgandi
Òanholik kechasin tor quchog‘iga.
Bilmadim, qay mahal ayol uyg‘ondi
Òufli yuvmoqlikning ishtiyoqida.
Asli masxaralash qismat matlabi,
Ammo hayrat ichra gangidi xiyol:
Quvonib (masalan, gul tergan kabi),
Òufli yuvar ekan tunda bir ayol.
Menga ko‘zi tushib ayol qizardi,
Uyaldi – qo‘llari tushdi shalvirab.
Endi u qarshimda yig‘lab turardi,
Yomg‘ir qo‘ynidagi bargday qaltirab.
Qo‘ymog‘im shart edi bir jasur qadam, –
Qulab tanholikning g‘arib arshidan.
Cho‘chidim men – mehr ko‘rmagan odam –
Sevgi tufli yuvib chiqsa qarshimdan.
Ketdim... Yomg‘irdayin o‘tdim-u ketdim,
Ming asr tanholik kechdi boshimdan.
Ming asr oralab qaytadan yetdim,
O‘sha yolg‘iz qolgan ayol qoshiga.
U menga baxt berdi osmonday ulkan,
Men-chi?.. Men qovrildim baxtning dog‘ida...
Bedorman-u nechun uyg‘onolmayman
Òufli yuvmoqlikning ishtiyoqida.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
9
á
DASHÒ HAQIDA BALLADA
Erkin A’zamovga bag‘ishladim
Òog‘lar kichraydi. Pasaydi osmon.
Yashab bo‘lmaydi-ku, axir engashib...
Jo‘nadim balandroq osmonlar tomon,
Ortimdan Boysunning dashti ergashdi...
Meni ishonmadi ufqlarga u,
Dosh berib tezlikning shamollariga
Ortimdan yugurdi, yugurdi yohu,
Qoqilib temir yo‘l shpallariga.
Vagonga chiqazib qay bir bekatda,
Koyidim: – Bu ishdan zarra yo‘q ma’ni!..
U ruhsiz cho‘zildi tepa qavatga,
Biletsiz va pulsiz yo‘lovchi kabi.
So‘ng shahar ko‘chasi, xiyobonlari
Aro kezdim – joylab dilimga uni –
Odam-u mashina olomonlari
Òoptab ketishmasin kup-kunduz kuni.
Davr-u davron surdim har hafta ko‘chib,
Ijara uylarning shavqi yodimda!
Qattiqqo‘l xo‘jayin ko‘zidan cho‘chib,
U beun yashadi mening yonimda.
Muhabbat lovullab kirdi yurakka,
Ilk bora alamli so‘zlar tingladim:
Yuzlarimni bosib xas-u xashakka,
Dashtimni quchoqlab tunlar yig‘ladim.
Bahorda ko‘karib, kuzda sarg‘ayib,
Sukunat-u qorga o‘ranib qishda,
G‘o‘ra she’rlarimga boqdi mung‘ayib...
Xullas, sodiq bo‘ldi har ezgu ishda!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
10
... Ammo, nima qilib qo‘ydi bu yillar!
Garchi men, munaqqid aytganday, “o‘sdim”.
O‘rtamizga kirdi qay ayyor jinlar,
Ko‘p xona uyimga sig‘maydi do‘stim,
Yalinaman unga:
– Bor, Boysunga bor!
Shaharga yarashmas sahroyi so‘xtang.
Borsang–shamol tayyor, yomg‘ir ham tayyor,
Òog‘lar orasida yashaysan ko‘rkam.
Pand-u nasihatlar berib tolaman,
Aldayman:
– Yur, ketdik ifor tergani.
Har bahor dovdirab Boysun boraman.
Boysunga dashtini tashlab kelgani...
Qaytaman. Ammo dasht sezib ulgurar...
Dosh berib tezlikning shamollariga,
Ortimdan halloslab, shoshib yugurar,
Qoqilib temir yo‘l shpallariga.
Uyimga gezarib kirib kelaman,
Meni asra endi, inglizcha qulf!
Shundoq ostonada dasht qolar garang,
Eshikka termulib “uf” tortadi... uf!
Mana, tong chog‘ida ishga ketayapman.
Yurak, azobdasan – qanday dard ezar?
Junjikib, egasiz it kabi g‘amgin,
Vokzal maydonida yolg‘iz dasht kezar...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
11
á
* * *
Bekor. Yolg‘on! Botmagan
Muhabbatning quyoshi.
Òun keldi, deb dodlagan
Bevafolar ko‘z yoshi.
Men boraman. Bu jonim
Senikidir... O‘ksima.
Òunda qo‘rqma. Oq tongning
Bir parchasi ko‘ksimda...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
12
LO‘LI QIZ QO‘SHIG‘I
Men yo‘llarda tug‘ilganman,
Ayrilmasman yo‘llardan.
Umrim o‘tar yo‘llar bilan,
Kezib-kezib o‘larman.
Bugun bo‘lsa yuragimga
Hamdam begona tuyg‘u.
Bu tuyg‘ular o‘tkinchidir,
Faqat shu yo‘llar mangu.
O‘tar edim bir qishloqdan,
Aqlim oldi bir o‘g‘lon.
Qololsaydim shu qishloqda,
Yashar edim bearmon.
Ul yigitga yor bo‘lishni,
Orzu qilaman, orzu.
Ammo orzu o‘tkinchidir
Faqat shu yo‘llar mangu.
Lovullaydi jajji gulxan,
Unga boqib o‘ylayman.
Qo‘lga olib childirmani,
G‘amlarimni kuylayman.
Muhabbatim dovul misol,
Qalbimga solar g‘ulu.
Ammo sevgi o‘tkinchidir,
Faqat shu yo‘llar mangu.
Ketmas bo‘lsa muhabbatim,
Qalbimda qolsa turib,
Uni sira ayamasman,
O‘ldiradurman bo‘g‘ib –
Har narsani yengadurman,
Muhabbat oddiy g‘am-ku!
U o‘tkinchi... o‘tib ketar...
Faqat shu yo‘llar mangu.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
13
á
* * *
Osmonga ham otgum tosh,
Gunohkor bo‘lsa quyosh.
Gunohkor bo‘lsa quyosh,
Qaytib tushmagaydir tosh.
Osmon ham bo‘lib g‘anim,
Qaytib tushsa – ne g‘amim!
Bir tosh tushsa tushibdi
Òog‘day boshimga manim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
14
PARALLEL CHIZIQLAR
Biz parallel chiziqlarmiz,
Uchrashmaymiz hech qachon.
Olg‘a qarab talpinamiz,
Izma-izmas, yonma-yon.
Òog‘ duch kelsa, teshish kerak,
Xanjar bo‘lar tanamiz.
Òo‘g‘ri yo‘lda lovullagan
Chaqmoqlarda yonamiz.
Biz parallel chiziqlarmiz!
Òo‘g‘rilik – taqdirimiz.
Umrimizga tik, to‘g‘ri yo‘l
Quramiz har birimiz.
Cheksizlikka yuguramiz,
Izma-izmas, yonma-yon.
Do‘stlarmiz-ku, ko‘rishmaymiz,
Uchrashmaymiz hech qachon.
Òo‘g‘ri yo‘llar charchatdi-ku,
Ey, parallel yo‘ldoshim,
Chaqmoqlarda, tumanlarda
Qoldi sabr-u bardoshim.
Boqqin egri chiziqlarga
Ular ayrilaverar.
Lahza o‘tmay yo‘llaridan
Jim-jit qayrilaverar.
Yel qo‘zg‘olsa, qaltirashar,
Sokin panoh izlashar,
Chaqmoq chaqsa, chekinishar,
Olovlarda muzlashar.
Men ne uchun?.. Bo‘ldi... Xayr,
Ey, parallel yo‘ldoshim!..
...Bir kun beg‘am egrilikdan
Aylanib to‘xtar boshim.
Shunda sening yo‘llaringga
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
15
á
Òermulaman nigoron.
Egrilikdan har lahzada
Òopdim visol-u hijron –
Ammo qolib ketaverdim,
Bir manzilda aylanib,
Yana yo‘lga chiqsammikin,
Chiqsammikin shaylanib.
Visol menga kerak emas,
Mayli, o‘ldirsin hijron...
Parallelim, meni kechir.
“Xo‘p” de yuray yonma-yon.
Men-ku bir kun hayqiraman
Lobachevskiy misol:
“Parallellar kesishadi!”–
Do‘stim, hamdam qila qol.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
16
MO‘MIN MIRZONING SO‘NGGI QO‘SHIG‘I
Meni asir oldilar.
Bedovimning badani
Asabiy titrar, uchar...
Olloh, karaming qani?
Bedovim pishqiradi,
Kishnaydi ezib-ezib,
Jiloviga yopishgan
Ajalning qo‘lin sezib...
Meni asir oldilar.
Osmon – qaro, yer – qaro...
Nega istiqbolimga
Chiqding, sen, ey fuqaro?
Balki bir tirik satrim
Cho‘kkan ko‘ngling ko‘tarib,
Uchgan g‘amxona yerdan
Orzu osmoni sari.
Balki yetim-yesirga
(Òiyolmay ko‘zdan yoshim)
Ehson aylaganimda.
Xayolkash vatandoshim,
Boshimga toj kiygizib,
Meni ko‘rgansan sulton –
Jami jonzod baxtiyor,
El – tinch, yurt – omon-omon...
Balki ustod Alisher
Qalbidan ko‘chgan mehr
Yuraginga pok ruhim
Bandlab, aylagan sehr...
Meni asir oldilar.
Otim suvlig‘in chaynar,
Nayzalari so‘lqillab,
Qo‘llarida o‘q-yoylar,
Qo‘riqchilar tegramda
Qur tashlab borar hushyor.
Dardimni aytolmayman...
Xalq, tingla bir band ash’or:
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
17
á
“Men ham ilkimda qilich,
Ovlaganman yo‘lbars, sher!
Dushman muzaffar o‘ldi,
Ag‘yor falak qildi yer...”*
Meni asir oldilar...
Bo‘g‘zimda erk qo‘shig‘i!
Angrayib ochiladi
Hibsxona eshigi.
So‘ng bor olamga boqqin
Ey, omonat hayotim!
(Ko‘zida yosh aylanib,
Qo‘limni yalar otim).
Endi hech ko‘rishmaymiz,
Oqibatli fuqaro,
Oyoq-qo‘lim qop-qaro.
Òo‘rt tomonda sollanar
Xoin mushtlar ko‘lkasi...
Nega tinch yasholmaysan,
Bobolarim o‘lkasi?
Nahot har zukko aql,
Sheryurak, temirbilak,
Fitnalarning zarbidan
Yo‘qlikka ketsa qulab?
“Men ham ilkimda qilich,
Ovlaganman yo‘lbars, sher.
Dushman muzaffar o‘ldi,
Ag‘yor falak qildi yer...”
Bu tun bobom g‘o‘ldirab,
Shirkayf boqib jahonga,
Muhr bosar qonsirab
Qaltiragan farmonga.
Nizomulmulk tirjayar,
Òa’zim aylar bosh egib.
Jallodga “oq yo‘l” tilar
Momom Xadichabegim...
Hibsxona eshigi
* Bu o‘rinda Mo‘min Mirzoning she’ri erkinroq bir tarzda keltirildi.
Muzaffar so‘zida ikki ma’no bor: muzaffar – g‘olib, Muzaffar – Mo‘min
Mirzoni hibsga olgan amakisi – Muzaffar Ho‘saynning ismi hamdir.
2 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
18
Shiddat bilan ochilar,
Bir xavotir ichida
Òosh qotadi soqchilar.
Kir panjasin bo‘g‘zimga
Qadar jallod Biy Jangiy...
Qonxo‘r! Muncha titrama,
Oyoq-qo‘lim ko‘ganli!
Olloh, sobit sabr ber!
O‘lim oldi talvasam
Viqorli, sokin bo‘lsin –
Ajalga boqay o‘ktam.
Ko‘ksimda qotar nafas...
Karaxt tanimdan oqib,
Jonim oyday chiqar-u
Òumanga ketar botib.
Qotil! Òamom... Men o‘ldim...
Qotil! Bo‘ynimni bo‘shat!
Ruhim el aro uchar
Bir dasta nurga o‘xshab.
Nurga tashna, ey xalqim,
Men uchunmi kiyding ko‘k?
Yosh edim – dardlaringga
Malham bo‘lolganim yo‘q.
Jasadim sovib borar...
Qotil, olgin qo‘lingni,
Allaqachon tanimga
Joylagansan o‘limni.
Nimadan qo‘rqayapsan?
Titrayapsan? Hushyorsan?
Meni yana asrlar
Bo‘g‘moqlikka tayyorsan...
Asriy zo‘riqish nechun?
Axir, ushbu lahzalar
Abadiyat toj-taxtdan
Jirkanmog‘iga yetar!..
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
19
á
ABDULLA QODIRIY
Bo‘g‘zimga bahaybat qayg‘u tiqildi,
Ko‘zimga yiqildi qop-qora bulut.
Òizzamdan sirg‘alib kitob yiqildi,
Birdan sinfga cho‘kdi bir hayron sukut.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin