O’zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari Reja


davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga



Yüklə 72,53 Kb.
səhifə2/2
tarix05.12.2023
ölçüsü72,53 Kb.
#173475
1   2
eng yangi tarix

davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

  • qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

    Xarakatlar strategiyasida Prezident Sh.M. Mirziyoyev ilgari surgan «Xalk davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalkimizga xizmat kilishi kerak» prinsipini ijtimoiy-siyosiy xayotda amalga oshirishga doyr dasturiy maksadlar xam mujassamlashgan. Shuning uchun xam Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning xolatini urganish va xalk bilan mulokot kilishga doyr faoliyatini tubdan takomillashtirishga doyr Oliy Majlis palatalari Kengashlarining kushma karori loyixasini ishlab chikish, unda xududlardan saylangan deputat va senatorlar xar oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bulib, davlat xokimiyati organlari faoliyatini urganib taxdil kilishi, tegishli raxbarlarning xisobotini xalk deputatlari Kengashlari sessiyasi muxokamasiga kiritishi xamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek, Konunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida urganish natijalari buyicha tegishli xalk deputatlari Kengashlari sessiyalarini utkazishi, Oliy Majlis Senati tomonidan xar bir viloyatda navbatmanavbat namunaviy xalk deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutilmokda. Agar parlamentning xalk irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi xamda konunlar kabul kilishi eng asosiy demokratik kadriyatlardan biri ekaniga e’tibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining uz saylovchilari bilan uzaro mulokotlari, joylardagi muammolardan xabardor bulishi, ularning yechimlarini topishda ishtirok etishi, maxalliy vakillik organlarining jonlanishiga kumaklashishi mamlakatimizda fukarolik jamiyati rivojlanishiga yanada kulay shart-sharoitlar yaratadi. Chunki oliy vakillik organi deputati avvalambor uz saylov okrugidagi fukarolarning vakili, Senat a’zosi esa uzi saylangan mintaka maxalliy davlat xokimiyati organlarining vakilidir. Shuning uchun xam parlament a’zolarining xalk ichida kuprok faoliyat yuritishi davlatimiz barkarorligini yanada mustaxkamlash omillaridan biri bulib xizmat kiladi.Shu sababli, fukarolik jamiyatining eng asosiy tamoyillaridan kelib chikkan xolda, davlatni bopщarishda xukumat bilan xalk orasidagi mulokotni tashkil etish, fukarolarni tashvishga solayotgan, muammolar tugdirayotgan savollarni vaktida urganish va ularni xal kilish maksadida 2017 yilgi Davlat dasturining birinchi galdagi vazifalarida samarali mulokot mexanizmlarini tashkil kilish rejalashtirildi va bir vaktning uzida bu rejalar amalga oshirilmokda.
    Xulosa qilib aytganda yurtimiz bugungi kunda gullab yashnamoqda, ilim, ma’naviyat, marifat va shu turdagi sohalarga qaratilgan e’tibor tufali biz yuksak cho’qilarni zabit etib bormoqdamiz va shu bilan birga rivojlanmoqda.Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa eng avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va extiyojlarini yaxshi bilish kerak.
    2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘sini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini xolis va haqqoniy baholashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirildi.
    Shu bilan birga, ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas edi.
    Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mas’ul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini o‘z ichiga olgan tegishli ma’lumotlar bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qo‘llash bo‘yicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermas edi.
    Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, so‘nggi yillar mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi.
    O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi.
    Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2020 yil 2 iyun kuni Prezident Sh.Mirziyoevning farmoni bilan «Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi» tashkil etildi.
    Uning vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish, davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish, O‘zbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan axborotlar ma’lumot bazasini yaratish, O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish; kabi vazifalar kiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrda qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushirildi. Kengash ishchi organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda «Yuksalish» umummilliy harakati zimmasiga O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotni, jumladan subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etish kabi ishlarni amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda «davlat xizmatlarining sirli mijozi» tomonidan monitoringni o‘tkazishning aniq maqsadlari, parametrlari, ob’ektlari va mezonlarini nazarda tutuvchi tartib asosida o‘z faoliyatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro reytinglar indikatorlari doirasida o‘tkazilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi axborotlarning ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlab berish kabi vazifalarni bajarib boradi.
    Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Mazkur muammolarni hal etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi tashkil etildi. Ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi oshib bordi.
    Mustaqillik yillarida milliy istiqlol gʻoyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. Gʻoyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzgʻunchi gʻoyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017-yildan boshlab Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol koʻrsatmoqda.
    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida taʼkidlandi. 2019-yil 8-aprel kuni Prezidentimizning Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy gʻoyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoyishi qabul qilindi.
    Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon boʻladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy gʻoya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uygʻunlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” eʼtiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yoʻlida safarbar qilganiga misollar koʻp. Ularning aksarida milliy gʻoya milliy qadriyatlarga bogʻlab singdirilganini koʻramiz.
    Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” qadriyatlari negizida yapon milliy gʻoyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, ragʻbat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, gʻoyasi isloh qilindi. Uyushgan millatning juda qattiq mehnati oʻlaroq, dunyo “Yapon moʻjizasi”ning guvohi boʻldi. Xitoyda ham milliy zaminga – Konfutsiy taʼlimotiga murojaat qilindi. Konfutsiy merosidan diniy taʼlimot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq boʻlish” gʻoyasi asosida tashkil etildi. Yoshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uygʻun tutish oʻrgatib borildi.
    AQSHda davlat mafkurasi yoʻq, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning maʼnaviyatini oʻrgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yigʻindisi, millatning maʼnaviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura boʻlmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik boʻlmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat boʻlishi mumkin emas, deb hisoblashadi. Shu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr “Agar Amerika tuzumi – skelet boʻlsa, amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan edi.
    Janubiy Koreyada ham milliy gʻoya xalqning milliy oʻzligiga va yoshlar tarbiyasiga qurildi. Maktabda milliy gʻoya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib borildi. Yoshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha taʼlimga alohida eʼtibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti foizi bolaning taʼlim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun sarflanmoqda.
    Mamlakatimizda milliy gʻoyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qoʻyilmoqda.
    Ilgari milliy gʻoyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy gʻoya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin koʻzlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni koʻrar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan notoʻgʻri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. Chunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qoʻporib tashlash qiyin kechyapti. Milliy gʻoya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda.
    Ilgari milliy gʻoya ijtimoiy-gumanitar, maʼnaviy-maʼrifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-siyosiy poydevori – Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, mablagʻi, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy gʻoya gumanitar masala boʻlib qolmaydi. Chunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy gʻoya roʻyobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol oʻynaydi. Demokratiya – toʻgʻrilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan – haqni, zolimdan – mazlumni, zoʻravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. Shu haqda jar soladi. Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. Chunki milliy gʻoya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi boʻlsin, deydi. Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy gʻoya ham quruq shiorlar boʻlib qoladi. Xalq norozi boʻladi. Xalq norozimi, demak, milliy gʻoya oʻz bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan boʻladi.
    , Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy gʻoya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy gʻoyani har bir oʻzbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirishda. Yaxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yoʻl ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv, yaxshi, nekbin mazmun, mavzular bilan mutanosib toʻldirishga alohida eʼtibor qaratmogʻimiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi-yomon fikrlardan taʼsirlanamiz. Bir-birimiz bilan ijtimoiy tarmoqda tortishamiz, aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan gʻoyalar kurashi ekanligini anglamaymiz.
    Milliy gʻoyamizning bosh gʻoyasi “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Yuksalish – harakatni talab qiladi. Demak, milliy gʻoyamiz harakatlar mafkurasi boʻladi. Milliy gʻoya odamlarga islohotlar kim uchun, nima uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. Yotganni – oʻtqazadi, oʻtirganni – turgʻizadi, turganni – yurgizadi, yurganni – yugurishga undaydi. Tushuntiradi. Chunki shularni tushunmagan odamlar birlashmaydi, koʻr-koʻrona, yuzaki ishlaydi. Biri ishlasa, ikkisi tomoshabin boʻladi. Tushunganlar birlashib, ixtiyoriy, zavq bilan ishlaydi. Natijada hayotidan rozi boʻladi.
    Gʻoyaviy birlik odamlarning qaysi xatti-harakatlarida koʻrinadi? Oʻzaro mehribon, hamfikr va bir-birini qoʻllab-quvvatlayotganida, ishda, oʻqishda, innovatorlikda, tadbirkorlik, ilm, ijodda faolliklarida va buni milliy gʻoyaga bogʻlab tushunishlarida, oila, ishxona, real va virtual hayotda oʻzaro ahilliklarida namoyon boʻladi. Shu bilan birga, milliy gʻoya roʻyobiga xalaqit beruvchi buzgʻunchi gʻoyaga qarshi tez va uyushishlarida. Masalan, 2019-yil aprel-may oylarida davlat tili boʻyicha boshlangan xeshteg bizning birlasha olishimizni koʻrsatdi. Baxtli, hayotdan rozi boʻlishiga ishonchida, soʻz va amal birligida ham milliy gʻoya yaqqol koʻzga tashlanadi.
    Milliy gʻoyamizning mohiyatini bitta soʻzda aytish mumkin boʻlsa, bu soʻz – rozilik. Bu fikr davlatimiz rahbarining xalqimiz bilan samimiy suhbatlarida takror va takror taʼkidlab, tushuntirilmoqda. Zero, milliy gʻoya roʻyobi xalqning muayyan vaqt va makonda oʻzini baxtli deb his qilishida, bu esa uning shukronalarida – hayotdan roziligida namoyon boʻladi. Aslida bu jarayon boshlanib ketdi. 2018-yilda Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida odamlarning hayotdan roziligini aks ettiruvchi hayotiy misollar bunga dalil. 74 yoshli mehnat faxriysi Umar ota Umirov shunday deydi: “Gagarinimiz 45 yil buzildi. 45 kunda tuzildi. Yangi shahar qurildi. Ilgari Mirzachoʻl edi, Mirzaobod boʻldi. Shaharni opkelib, qoʻndirib qoʻyishdi. Agar qayta tugʻilish nasib etsa, xudodan yana Mirzachoʻlda tugʻilishni soʻrayman“. Mehnat faxriysi Buvsara ona: “MRTga tushay deb Jizzaxga borib edim. “Nega ovora boʻlib yuribsiz? MRTning zoʻri Mirzachoʻlda-ku, deyishdi jizzaxlik doktorlar. Ishonmadim. Qaytib kelsam, toʻgʻri ekan“.
    Milliy gʻoya har bir oʻzbekistonlikning, oddiy odamlarning mana shunday shukronasiga vosita boʻladi. Mamlakatimizda rozilik, baxtiyorlik foizi borgan sari oshib boraveradi. Ertaga odamlar bugungidan yaxshiroq baxtni orzu qiladi. Bu esa milliy gʻoyamizni boyitadi, yangilaydi. Demak, xalqimizning oʻz hayotidan rozilik darajasi – milliy gʻoyamiz roʻyobining darajasini koʻrsatadi.
    Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” va “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi. Buning innovatsionligi nimada? Ilgari “Oʻzbekistonning 1-18 yoshdagi bolalari qanday maʼnaviy talablarga javob berishi kerak?”, “Bu yilgi natijalar bormi? Boʻlsa, qani?”, degan aniq savol qoʻyilmagan. Natija nasiya boʻlgan.
    Davlatimiz rahbari “Maʼnaviyat – eng taʼsirchan qurolimizdir”, degan qatʼiy fikrni bildirdi. Bu – bejiz emas. Chunki “Biz nima uchun oʻzgarishimiz, birlashishimiz, kurashishimiz kerak?”. Bu savolga yakdil gʻoyaviy javobi yoʻq jamiyat – quroli yoʻq qoʻshinga oʻxshab qoladi. Maʼnaviyat va maʼrifat, mafkuraviy tarbiya Oʻzbekistonning turli millat, din, kasb, yoshlarga mansub xalqini gʻoyaviy qurollantiradi. Islohotlar nima uchun, kim uchun kerakligini xalqqa uning orzulari bilan bogʻlab uqtiradi, koʻrsatadi. Tushungan xalq – gʻoya bilan qurollangan xalqqa aylanadi. Har birimizdan Vatanning bir oʻgʻil-qizi sifatida oʻz lavozimimizga munosib boʻlib ishlash va yashash burchini eslatadi. Oʻz milliy gʻoyasini anglagan xalqni toʻxtatib boʻlmaydi.
    Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro'y bergan yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tiizumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini eslaylik.
    O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklarjga, yer-suv, o'r-mon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar markazga, Lining manfaatlariga bo'ysun-dirilgan edi. O'zbekiston rahbariyati, xalqi o'z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilina-yotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o'zining milliy valyiitasiga, valyuta jamg'armasiga ega emasdi.
    Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miq-yosida eng oxirgi o'rinlardan biri meros bo'lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o'laroq, O'zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo'l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzurndan o'tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho'rlanishi, havo bo'shlig'i va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv jfloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kclib qolgan edi.
    "Bugun o'sha davr to'grisitadi haqiqatni xolisona aytadigan bo'lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo'lsak, shumi ochiq aytish kerakki, u paytda O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga-markazda butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi" .
    Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulm, mutelikdan ozod etdi, o'z yeri, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralariga tola egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O'zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o'z iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zibelgilash erkinligi qo'lga kiritildi.
    Bоzor iqtisodiyotiga o'tish yo'li. Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, O'zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo'liga tushib oldi. O'zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an'analarga asoslangan o'z yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildi. Bu yo'lning asosiy qoidalari Prezident Islom Karimovning «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli asarida, ma'ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo'lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi.
    O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakl-lantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
    • kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
    • ko'p ukladli iqtisodiyotni yaratish;.
    • xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash;
    • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;
    • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlar qilish va raqobat-bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
    • jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish;
    • kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.
    Islohotlaring huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omiHaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Shuning uchun islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e'tiborberildi.
    Iqtisodiy sohaga tegishli bo'lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo'nalishlarga bo'lish mumkin.
    1. Mulkchilik munosabatlari va ko'p ukladli iqtisodiyotni shakl-lantiruvchi qonunlar. Bu yo'nalish doirasida mulkchilik to'g'risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida, ijara to'g'risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
    2. Xo'jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya'ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo'jaligi, dehqon xo'jaligi, shirkat xo'jaligi to'g'risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug'urta, birjalar va birja faoliyati to'g'risida, qimmatli qog'ozlar va fond birjasi to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o'rtasidagi, korxonalar o'rtasidagi munosabatlarni yo'lga qo'yuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo'lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo'jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo'jalik sudi tuzildi.
    3. O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida, chet el investitsiyalari to'g'risida, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
    Xususiylashtirish. 1991—yil 18-noyabrda qabul qilingan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risidagi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo'yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonalarini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo'jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu jarayon «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi.
    Kichik xususiylashtirish 1994— yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo'lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i fuqarolarning xususiy mulki bo'lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002—yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.
    Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga dav-latning o'zi tashabbuskor bo'ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994— yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shular-ning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi.
    1994—yil 21-yanvarda e'lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994—yil 16-martda e'lon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo'na-lishlari to'g'risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo'ldi. O'lta va yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyat-lariga, ijara korxonalariga aylantira boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000-2005— yillarda jami 4660 ta davlat korxona va obyektiv xususiy mulkdorlarga sotildi.
    2004— yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aksiyalarga ega bo'ldi va ulardan daromad olmoqda.
    Kichik biznes. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quwatlash uchun tadbirkorlikni rivojlan-tirish fondi, kichikbiznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quwatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. Faqat 1999— yili kichik biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln AQSH dollaridan ortiq kredit mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog'i 1991— yilda 1,5 foizni, 1999— yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2005— yilda 38,2 foizga yetdi. 2005— yilda faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 310 mingtaga yetdi. Faqat 2004— yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o'rinlari yaratildi. 2004— yil 1-oktabrida mazkur sektorda ish bilan band bo'lganlar soni 6,4 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo'l-ganlarning 65 foizini tashkil etdi.
    Agrar islohotlar. Agrar islohotlarga ustuvorlik beriidi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo'jaligida YalM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo'jaligidagi davlat tasarrufidagi mulkxususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda.
    Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo'shimcha ravishda 550 ming gektar sug'oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
    Qishloqda xo'jalik yiiritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor beriidi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo'jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo'jalik yiiritishda o'zlarini toia-to'kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999- yilda 898 ta, 2000— yilda 856 ta qishloq xo'jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002— yilning 1 yanvari holatiga ko'ra, ruspublika bo'yicha 1900 taga yetdi, ularda I mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi. Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo'jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o'riri beriidi.
    Qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklari salmoqli o'rin egallamoqda. 2004— yilda fermer xo'jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo'jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go'sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o'rinni egaflab qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.
    Qishioqda shaxsiy yordamchi xo'jaliklar dehqon xo'jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo'jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig'iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2003—yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo'jaligi faoliyat yuritdi. Respublikada yetishtirilgan go'shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo'jaliklari tomonidan tayyorlandi.
    2003— yilda respublikamiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22.2 foizi shirkal xo'jaliklariga, 14,9 loizi fermer xo'jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo'jaliklarida yetishtirildi. 2005 - yilda esa fermer xo'jaliklarida 1 minilliondan ziyod kishi hand bo'ldi, paxtanng 66%i, g'allaning 55%i fermer xo'jaliklarida yetishlirildi. 2006 yil birinchi yarmida 210 ta ixtisoslashitiriilgah meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkat xo'jaliklari nogizida 39 ming fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Paxtachilik va g'allahilikda esa 447 shirkal fermer xo'jaliklariga aylantirildi.
    Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o'zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o'z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda.
    Narxni erkinlashtirish. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bujarayon ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg'armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar vastipcndiyalar muntazam ravishda oshirib borildi.
    Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujud-ga keltirish bilan bevosita bog'liq. 1992— yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o'tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo'yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.
    Yüklə 72,53 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin