O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə49/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

ASOSIY SINTAKTIK XUSUSIYATLAR.
GAP

Siktaksis so'zlar va ularning guruhlari o'rtasidagi sintag­ma­tik munosibatlarni o'rganadi. Bu munosibatlar sintaktik jihat­dan, avvalo, so'z tartibi, morfologik jihatdan (masalan, kelishik qo'shimchalari) va fonologik jihatdan intonatsiya yordamida ifodalanishi mumkin. Barcha tillarda so'zlar o'zaro birikadi va bu alohida tartib-qoida asosida ro'y beradi. Sintaksis eng kichik so'z birikmalaridan tortib, kattaroq bo'lgan turli o'lchovdagi gaplar (sodda va qo'shma gaplar) va eng kattasi bo'lgan matnni ham o'rganadi. Nazariy jihatdan sintaksisga turli qarashlar matn, so'z birikmasi va gaplarning tarkibi va ayniqsa, mazmun tomoniga katta e'tibor berish hozirgi tilshunoslikda ancha rivojlangan. Sintaktik tahlil uchun zarur bo'lgan umumiy tushuncha va metodlarni ko'rsatib o'tamiz.


Avvalo konstruksiya tushunchasiga izoh beramiz. Konstruksiya o'zaro bog'langan so'z yoki so'zlar guruhlari o'rtasidagi birikuvdir. Masalan, Biz yangi ko'rgazmaga bordik – gapining o'zi bir konstruksiya. Biz bordik – alohida konst­ruksiya, ko'rgazmaga bordik – yana bir konstruksiya hisobla­nadi. Lekin bu konstruksiyalarda so'zlarning bog'lanishi turlicha bo'lishi mumkin. Bu bog'lanish valentlik tushunchasi bilan bog'lanadi. Valentlik tildagi bir elementning boshqa element bilan bir til bosqichida birika olishini izohlaydi. So'zlarning o'zaro birikishi ularning semantik jihatiga ham bog'liqdir. Masalan, talabalar xorijiy tillarni chuqur o'rg'an­moqdalar gapida talabalar o'rganmoqdalar birikmasi otning ko'plik shakli va fe'lning hozirgi zamon ko'plik shakli bilan ifodalangan, xorijiy tillarni birikmasi tushum kelishigidagi ot va sifatning bog'lanishi boshqa turdagi aniqlanuvchi + aniq­lan­mish valentligiga ega, chuqur o'rganmokdalar birikmasi holat ravishi va fe'lning bog'lanishi bilan ifodalangan. Nihoyat, bu gapdagi so'zlarning bog'lanishi uch turli valentlik bilan ifodalangan. Bu bog'lanishlarni boshqa bir tushuncha bevosita bo'laklarga bo'lish metodi bilan tahlil qilamiz. Undagi talabalar chuqur o'rganmoqdalar va xorijiy tillarni ikkita be­vo­sita bo'laklarni tashkil etadi. O'z navbatida boshqa bevosita bo'laklar Talabalar o'rganmoqdalar, chuqur va xorijiy tillarni bo'lishi mumkin. Ulardan birinchisini N+V (ot + fe'l), ikkinchisini Adj + N (sifat + ot) ravish (Adv) shaklida ko'rsatish mumkin. Odatda gapning tarkibida taksonomik va funksional birliklar farqlanadi. Taksonomik birliklar gapning tarkibida ishtirok etgan barcha so'zlardan iborat. Funksional birliklar shunday taksonomik birliklar yoki ularning birikma­siga to'g'ri keladiki, ular gapda aniq sintaktik funksiya bajara oladi. Masalan, maktabga bordi gapida (u, maktabga, bordi) taksonomik birliklar bo'lsa, (u, maktab + ga, bor + di) funk­sional birliklardir.
Sintaktik funksiya gap yoki so'z birikmasining tarkibiga kirgan birlikning bajarayotgan vazifasini izohlaydi. Masalan, Turnalar baland uchmoqda gapida Turnalar – ega, uchmoqda – kesim, baland – hol vazifasini bajaradi va gapning a'zolari hisoblanadi. Gapning a'zolari funksional birliklar bo'lib, ularni grammatik tahlil qilish turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Gapdagi yoki konstruksiyadagi so'zlarning o'zaro aloqasini muvofiqlashtirib (koordinatsiya) turish sodda yoki ancha murakkab bo'lishi mumkin. Eng sodda konstruksiya N + V, yani Ahmad keldi (ot + fe'l) shaklida bo'lsa, boshqa turli konstruksiyalar ancha murakkab shakldadir. Bir konstruk­siyani boshqasiga aylantirish transformatsiya deyiladi. Masa­lan, Komil aytdi, bola uxladi konstruksiyasi N + V bo'lsa, uning boshqa ko'rinishi, ya'ni transformatsiyasi V – N (Komil­ning aytgani, bolaning uyqusi) shaklida bo'ladi.
Barcha tillarda sodda konstruksiyalar bo'lib, ular gapning shakliga to'g'ri kelishi mumkin. Ana shunday oddiy konstruk­siyalarni transformatsiya qilish natijasida juda murakkab struktural shakldagi gaplarni hosil qilish mumkin. O'zbek, rus va ingliz tillarida eng sodda gaplarning shakli quyidagicha bo'lishi mumkin:



N + V
bosh moslashuv
kelishik

Shuhrat keldi.
Шухрат пришел.
Shuhrat came.




V buyuruq mayli

Kiring (marhamat).
Заходите, (пожалуйста)
Come in. (please).

N + V
bosh moslashuv kelishik

+ N (yoki A) bosh kelishik




U xursand.
Он рад.
He is glad.

U o'qituvchi bo'ldi.
Она стала учителем.
She became a teacher.




N bosh kelishik

Yong'in.Пожар. Fire.

Jahon tillarida N + V konstruksiyasi alohida ahamiyatga ega. Unda ot – ega, bajaruvchi shaxsni, fe'l – kesim, ish-harakatni ifodalaydi va u predikativ konstruksiya deb ataladi. Boshqa konstruksiyalarda ham ega va kesim shu tartibda aniqlanadi, lekin uning tarkibidagi boshka bevosita tashkil etuvchilar o'z vazifasiga ko'ra tasnif etiladi. Jahondagi ba'zi tillarda predikativ konstruksiyani hosil qilish fe'lning turiga bog'liq. Xususan, ko'pgina kavkaz tillarida alohida ergativ konstruksiya mavjud bo'lib, unda bajaruvchi shaxsni ifoda­lovchi so'z ergativ kelishikda bo'ladi va ikkinchi o'rinni ish-harakat o'rnini ifodalovchi ot egallaydi. Ya'ni: K (erg) + N (bosh kel.) + V (moslashuv), fe'l o'timli bo'lsa: nu – ni zuz buc – ul – ra – Men kitob o'qiyman. Bunday ergativ konstruksiya boshqa tillarda ham mavjud. Umuman, predikativlik aloqasi gap uchun zarur belgidir. So'zlarning o'zaro nopredikativ aloqasi so'z birikmalariga tegishli xususiyatdir.


So'z birikmasi nopredikativ aloqaga asoslangan, teng huquq bo'lmagan mustaqil so'zlarning birikuvidir.
So'z birikmasining eng asosiy belgisi tushunchalarni yaxlit ifodalash, lekin o'zi turli bo'laklardan iborat bo'lishidir. Masalan, maktabimiz bog'i, ishning mazmuni, qiziqarli kitob, tosh ko'prik kabi. So'z birikmalari grammatik jihatdan mazkur tilning qoida-tartibiga asosan shakllangan holda bo'ladi. Undagi so'zlar o'rtasidagi aloqa turlicha ifodalanadi va shunga ko'ra so'z birikmalari tasnif etiladi.
Sodda so'z birikmalari so'zlar o'rtasidagi asosiy aloqa turlari – moslashuv, boshqaruv va ergashuv aloqasi asosida bevosita birikadi. Bunday so'z birikmalari asosan ikki a'zodan iborat: qora qalam, osma ko'prik, katta baliq kabi. Murakkab so'z birkkmalari ikkidan ortiq so'zlarning birikuvidan hosil bo'ladi: bir piyola choy, traktor ishlab chiqarish zavodi kabi.
So'z birikmalarining a'zolari o'rtasidagi munosibatga ko'ra, ular attributiv, narsaga tegishli (obyektiv) va aloqaga tegishli (relyativ) bo'ladilar. Attributiv so'z birikmasida asosiy so'zning sifatini ifodalovchi tobe so'z qo'llanadi: qizil olma, qalin qor, qiziq hikoya kabi. Tobe so'z biror narsani atasa va u asosiy so'zga tegishli bo'lsa, narsaga tegishli (obyektiv) aloqadagi so'z birikmasi deyiladi: roman yozmoq, maktabning kutubxonasi, bozorga bormoq kabi. Aloqani ifodalovchi (relyativ) so'z bi­rik­malarida tobe so'z asosiy so'z ifodalagan narsaning belgisini ifodalaydi: sekin gapirmoq, tez uchmoq, a'lo o'qimoq kabi.
So'z birikmalarida ishtirok etgan asosiy so'zning xusu­siyatiga ko'ra avvalo otlik va fe'llik so'z birikmalari farqlanadi. Otlik so'z birikmalarida asosiy so'z ot bilan ifodalanadi: qizil olma, chiroyli ko’ylak kabi. Fe'llik so'z birikmalarida asosiy so'z fe'l bilan beriladi: chiroyli yozmoq, yaxshi so'zlamoq, baland uchmoq va h.k. Otlik so'z birikmalarini abyektiv (aso­siy so'z – sifat), substantiv (asosiy so'z – ot) ravishlik (asosiy so'z – ravish) va olmoshlik (asosiy so'z – olmosh) turlarga bo'linadi: eng chiroyli, juda go'zal (abyektiv), kechki ovqat, qiziq kitob (substantiv), biroz xira, ancha sun'iy, (ravishlik), ularning barchasi, bizning xammamiz (olmoshlik) va h.k.
Turli tillarda so'z birikmalarining umumiy xususiyatlari bilan birga boshqa xususiy jihatlari ham mavjud. Masalan, o'zbek, rus va ingliz tillarida fe'llik so'z birikmalari ko'proq uchraydi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin