O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010


Tillar taraqqiyotidagi farqlanish va o’xshashliklar



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə54/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

Tillar taraqqiyotidagi farqlanish va o’xshashliklar

Tillar taraqqiyotidagi o’zgarishlar turli yo’nalishda bo’lib xar xil natijalarga olib keladi. Ba’zan shunday ham bo’ladiki, tildagi qandaydir kichik o’zgarishlar kuchayib, ularda so’zlashuvchilarning muloqotida quyinchiliklarni keltirib chiqaradi va ba’zan bir tilning ikki variantida so’zlashuvchilar bir-birlarini tushunmay qolishlari mumkin. Tilning taraqqiyotidagi bunday jarayon farqlanish deb ataladi. Buning aksi bo’lgan jarayon, yani bir tilning ikki varianti o’rtasidagi farqlanish yo’qolishi natijasida ularning qo’shilib ketishi integratsiya deb ataladi. Bu ikki jarayon tillarning rivojlanish davrida turlicha kechadi. Qadim zamonlarda til qabila bilan bog’liq bo’lgan. Qabilalarning bo’linib ketishi natijasida tillar ham bo’linib ketgan va farqlangan. Biroq bu farqlanish jarayoni tez kechmagan. Tillarning o’xshashligi esa o’tmishda ko’chmanchilik bilan hayot kechirgan xalqlarning tillarida ko’proq ro’y bergan. Odatda qishloq xo’jaligi, tog’da va o’rmonda hayot kechirish tillarning farqlanishini tezlatuvchi shartlardan hisoblanadi. Masalan, Afrika qit’asidagi Kamerun mamlakatida 180 dan ortiq til bor. Tojikistonning Pomir tog’laridagi aholining birnecha tillarda so’zlashuvi, xatto ular yashayotgan joy 5-6 km uzoqlikda bo’lsa ham turli bir-biriga o’xshamagan tillarda so’zlashuvi qiziqdir.


Bir tilning ikki tilga ajralish jarayonida avval bu tilning sheva –laxjalarga bo’linib ketishi ro’y beradi. Kelgusida bu shevalar alohida til bo’lib qolishlari mumkin. Masalan, sanskrit tili boshqa hind guruhi tillari uchun shunday yo’lni bosib o’tgan.
Sheva va lahjalar

Tilning ma’lum xududdagi og’zaki qo’llanishidagi xususiyatlarini o’zida aks ettirgan shakli sheva yoki dialekt (grekcha dialektas – til nutq sheva) deb ataladi. Katta sheva va dialektlarni lahja deb yuritiladi. Til va sheva o’rtasidagi tafovut shartli bo’lib, go’yo milliy til va adabiy til o’rtasidagi farqqa o’xshashdir. Bu farqlanish turli xududlardagi bir tilning turli ko’rinishidek tuyuladi. Til va dialektlarning tafovuti unda so’zlashuvchilarning madaniyati, psixologiyasi, urf-odati va milliy xususiyatlarining o’zgachaligi bilan izohlanadi. Bir-biriga xududiy yaqin bo’lgan shevalar o’sha tilga o’xshash alomatlari bilan ajralib turadi. Bir-biridan juda uzoq xududda tarqalgan shevalar esa boshqa tilga o’xshash alomatlarga ega bo’ladi. Masalan, oltoy tilining janubiy shevalari qirg’iz tiliga juda o’xshash bo’lsa, shimoliy shevalari shor tiliga yaqinroqdir. 1 Bir tilning turli shevalari avvalo talaffuz xususiyatlari bilan farqlanadi. Masalan, Toshkent shevasida “keldi” deb talaffuz qilinsa, xorazm shevalarida “galdi”, o’zbek tilining qarluq shevalarida «yomon », o’zbek tilining qarluq shevalarida «jomon» deb talaffuz qilinadi. Shevalar o’z lug’ati yani so’zlari bilan farqlanadi. Masalan, Buxoro shevasida “taxlamoq” fe’li biror ishni bajarmoq ma’nosida qo’llanadi. Bu so’z boshqa o’zbek shevalarida “biror narsani ustma-ust tartibda qo’ymoq” ma’nosini beradi. Tilning shevalari o’z grammatik alomatlari bilan ham farqlanadilar. Ko’pgina o’zbek shevalarida qaratqich kelishigi qo’shimchasi –ning tushum kelishigi qo’shimchasi –ni bilan aytiladi. Tilning sheva va laxjalarni o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi dialektologiya (lotincha-dialekt – nutq, -ya - fan) deb ataladi. Tilning turli xududlardagi tarqalgan sheva va laxjalari shu xalqning tarihi, urf-odati, madaniyat va san’ati bilan bog’liqdir. Odatda dialektologiya regional, yani xududiy, biror region yoki mahalliy joy bilan bog’liqdir. Dialektologiya lingvistik geografiya bilan bog’lanadi. Turli shevalardagi xususiyatlar jamlanib lingvistik atlaslar tuziladi. Sheva va laxjalarning xududiy joylanishiga doir xaritalar tuziladi. Endilikda turli tillardagi ayrim xususiyatlarning tarqalishiga doir xarita va atlaslar tuzilmoqda.


Bunday lingvistik xarita va atlaslarni tuzish maqsadida aniq dastur va anketalar, yani qanday masalalar, so’z va gaplar kiritib, ularni tahlil qilishda uchraydigan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bunday vazifalarni bajarish uchun mahsus dialektologik ekspeditsiya uyushtiriladi. Til va uning shevalaridagi tarqalgan turli xususiyatlarning dialektologik xaritada ko’rsatilish chegarasi izoglosslar (lotincha izo- o’zaro gloss-til) deb yuritiladi. Bunday izoglosslarni aniqlash shevalar tarihini o’rganishda yordam beradi. Lingvistik geografiya metodlarini qo’llash natijasida turli tillar va shevalardagi izoglosslarning tarqalishi aniqlanadi. Jamiyatning turli sinflariga mansub bo’lgan til xususiyatlarini ijtimoiy dialektlarga hos deb hisoblanadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin