Ta'lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta'lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko`rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
29-modda. Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta'lim muassasalari o`rtasidagi o`zaro munosabatlar
Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi. Nodavlat ta'lim muassasalari ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditasiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to`xtatib qo`yishga haqli. Nodavlat ta'lim muassasalariga qabul davlat o`quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.