O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
mirzo ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti
Fizika fakulteti 4-bosqich 1902-guruh talabasi Jo'raqulova Nilufarning Klinik dozimetriya fanidan “proton terapiyasi” mavzusida bajargan
kurs ishi Qabul qildi: Toshkent-2021 MUNDARIJA I. KIRISH………………………………………….........................…...3 II. ASOSIY QISM………………………………….................…...……..6 2.1Proton terapiya nima?....................................................6 2.2Proton terapiyasi tarixi?.................................................6 2.3Proton terapiyasining ishlatilishi?.......................…….....…10 2.4 Proton terapiyasi ishlash prinsipi........…......................…..12 2.5Proton terapiyani olish qanday?.......................................16 III. XULOSA………………………………............................….…....20 IV. Foydalanilgan adabiyotlar……………….....……………......….…23
I.KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Statistik ma’lumotlarga qaraganda saraton xastaligi bilan kasallinshi butun dunyo bo‘yicha yildan-yilga ko‘payib boryapti. Mutaxassislar bu hodisani ekologik vaziyatning yomonlashuvi va atrof-muhitning inson organizmiga salbiy ta’siri bilan bog‘lashyapti. Olimlarning fikricha saraton o‘smasining rivojlanishiga avvalo genetik moyillik va kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko‘payib ketayotganligi ekan. Shu bois olimlarimiz ushbu xastalikni davolash borasida tinimsiz izlanishlar olib boryapti. Ammo yaratilayotgan kashfiyotlar saraton xastaligi bilan kasallangan bemorlarning hayotini bir muncha vaqt uzaytirishga xizmat qilyapti, xolos. Bu esa ko‘pchilikning saraton xastaligiga davo yo‘q ekan, degan xulosaga kelishiga sabab bo‘lyapti.Proton terapiyasi esa onkologik kasalliklarni davolshda eng ilg'or terapiya deyishimiz mumkin.2014-yil mart oyi holatiga ko'ra, butun dunyo bo'ylab 110 000 dan ortiq bemor protonlar bilan davolangan.Shunday ekan bu turdagi terapiyani yaxshilab o'rganish va uni qo'llash bugungi kunda dolzarb mavzulardan biridir.