Bolalarning boshlang‘ich ta’lim muassasalarida о‘qishi
Bolalar orasidagi о‘lim darajasi
BARQAROR RIVOJLANISHNI TAMINLASHGA OID KONFERENSIYA VA DASTURLAR Rim klubi tashkilotining barqaror rivojlanishda tutgan о‘rni.
Fan, madaniyat, maorif va davlat arboblaridan iborat bо‘lgan kishilar yuzaga kelgan salbiy ekologik oqibatdan chiqib ketish rejasini ishlab chiqish maqsadida «Rim klubi»ni tuzishdi.
“Rim klubi” a’zolarining 1970 yilda «О‘sish chegarasi» kitobi, faoliyat hisoboti tariqasida, juda kо‘p nashrda va tillarda chop etildi.
«Rim klubi» hisoboti 1972 yil 5 iyunda Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida Butunjahon «Atrof-muhitni muhofaza qilish» Konferensiyasini chaqirishga asos soldi.
Mazkur konferensiyani, hech mubolag‘asiz, xalqaro hamjamiyatning ekologik dunyoqarashidagi tub burilish nuqtasi, deyish mumkin.
√ Stokgolm Konferensiyasi tavsiyanomasiga binoan Birlashgan Millatlar tashkilotining(BMT) Bosh assambleyasi Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi(YUNEP) tashkilotini shakllantirdi.
√ Konferensiyaning ochilish kuni (5 iyun) har yili dunyoda Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan bо‘ldi.
√ Stokgolm konferensiyasi qarori bilan Butujahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘armaga BMTga a’zo barcha davlatlar badal tо‘lovlarini tо‘lab turish majburiyati yuklandi.
YUNEP dasturining mazmuni va mohiyati
Butun sayyoramizni qamrab olgan global ekologik muammolami hal etishda barcha mamlakatlar kuchini birlashtirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1972-yilda UNEP (United Nations Environment Programme - BMTning Atrof-muhit Dasturi)ga asos soldi.
Shundan buyon UNEP atmosfera havosini tozalash, chegaralararo ifloslanishlarning oldini olish, iqlim о‘zgarishi, ozon qatlamini himoya qilish kabi jahonshumul ekologik muammolar bо‘yicha global kurashni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.