Mavzuning dolzarbligi: Atom yadrosining mavjudligini kursatgan E.Rezerfordning, neytronni kashf etgan J- Chadvikning ishlaridan boshlab barcha tajriba natijalari atom yadrosi nuklonlar deb ataluvchi protonlar va neytronlardan iboratligini kursatdi. Yadro nuklonlar sistemasidan iborat. Yadrodagi nuklonlar, amalda, uziga xos xususiyatga ega. Darhaqiqat, ularning yadrodagi boglanish energiyasi elektronlarning atomdagi boglanish energiyasidan ancha katta (proton uchun — 8 MeV, elektron uchun 10— 100 KeV). Lekin bu energiya nuklonlarning tinch xolatdagi energiyasi — MN ,~103MeV ning bir foizdan kamini tashkil etadi. Yadroda nuklonlarni bog’lab turuvchi tortishish kuchlari kuchli o’zaro ta'sir deb atalgan ta'sirlarga tegishli buladi. Bundan tashkari nuklonlar orasida elektromagnit kuchlar ta'sir etadi. Yadro fizikasida juda kichik masofalarda kechadigan jarayonlar mavjud. Yadro ulchami taxminan 10-13— 10-12 sm ni, protonlar va neytroplarniki esa, 10“ '^ sm ni tashkil etadi. Protonlar, neytronlar va boshka kupgina elementar zarralar orasidagi ta'sir radiusi xam ana shu kattalik orkali belgilanadi. Kuchli uzaro ta'sir esa, kiska ta'sir radiusiga ega. U atom o’lchamlari (10-8 sm) dagi masofalarda xaddan tashqari kichik bulib, taxminan 10-13 sm lik yadro masofalarida esa, juda kuchayadi. Yadro xolatlari statistik elektromagnit momentlar: magnit dipol, elektr kvadrupol va xokazo bilan xarakterlanadi.Yadroni tubdan o’rganish , undagi jarayonlarni tushunish bizga zamonamiz muammosi bo’lgan energiya haqida to’liqroq ma’lumot olishimz uchun asosiy omil bo’lib xisoblanadi.