O’zbekiston mustaqillik deklaratsiyasi



Yüklə 41,3 Kb.
səhifə4/11
tarix13.12.2023
ölçüsü41,3 Kb.
#175523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1541692019 68188

 Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiq¬bo‘¬yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyin¬roq Gru¬ziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqan¬ligini e’lon qildilar. Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi. Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz — kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respub¬lika¬lar — kuchli markaz“ der edilar. Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegat¬¬si¬yalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yonda¬shuv markaz¬dagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib, respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi. 1991- yil fevral — mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiq¬bo‘yi respub¬likalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakil¬lari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, marka¬ziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saq¬lash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar. SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yan¬gi-lalash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991- yil 17- mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi. 1991- yil 20- fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.


Yüklə 41,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin