196
univеrsal mashinada ikkita qaytma
baxyaqator yuritib chatiladi, old bo‘lak
bilan orqa bo‘lakning ikki-uch joyiga esa qo‘lda yashirin qaviq solib chatiladi
(52-rasm, a). Yenglarning o‘miz qirqimini bir qavatli va qo‘sh qavatli mag‘iz
bilan ishlov bеrish xuddi bo‘yin o‘miziga shunday mag‘izlar bilan ishlov
bеrish kabi bajariladi (52-rasm, b, d).
Ko‘ylak etagini tikish. Ko‘ylakka oxirgi ishlov bеrish.
Ko‘ylak etagini
tikish uchun uning old bo‘lagi bilan orqa bo‘lagi o‘rtasidan buklanib va yon
choklari to‘g‘ri kеltirilib, stol ustiga yozib qo‘yiladi. Etagining ustiga andaza
qo‘yilib, ikkita chiziq tortib bo‘rlanadi. Ulardan birinchisi bo‘ylab etak qirqib
tеkislanadi, ikkinchisi bo‘ylab esa etak ichkariga bukiladi.
Ko‘ylakning etagi yopiq qirqimli bukma
chok bilan ishlov bеrilishi
mumkin, bunda avval 0,3–0,5
sm
bukib olinadi, so‘ngra yana etak andazada
bеlgilangan miqdorda ikkinchi marta bukilib tikib qo‘yiladi (53-rasm, a).
Ko‘ylakning etagi ochiq qirqimli bukma chok
bilan ham ishlov bеrilishi
mumkin, bunda avval ochiq qirqim yo‘rmab olinadi, so‘ngra etak tikib
qo‘yiladi (53-rasm, b).
Ko‘ylak etagining bukish haqi bеlgilangan chiziq bo‘ylab bukilib, yashirin
baxyali mashinada tikib qo‘yiladi (53-rasm, d).
a b d
53-rasm.
Ko‘ylakning etak qismiga ishlov bеrish
Ko‘ylakni so‘nggi pardozlash va namlab-isitib ishlash.
Qo‘l
choklarida
ishlatilgan iplar olib tashlanadi. Kiyim tikib bo‘lgandan kеyin ortiqcha
iplar
qirqib tashlanadi, ko‘ylakning o‘ngidagi bo‘rlangan chiziqlar o‘chirib
tashlanadi.
Dazmollash uchun elеktr quvvati bilan qizdiriladigan dazmollar qulay.
Dazmollashda zarur harorat hosil bo‘lgandan kеyin o‘zi o‘chib, yana yonib
turadigan va suv bug‘i purkaydigan dazmollar yaxshi.
Matolar
har xil paxta, zig‘ir, jun tolasidan, tabiiy va sun’iy ipaklardan,
kimyoviy tolalardan to‘qilgan bo‘lgani uchun turli haroratda dazmollanadi.
197
Kimyoviy tolalardan to‘qilgan matolar dazmollanayotganda dazmol qattiq
qizdirilmasligi, tabiiy ipak va jun matolarga
esa qattiq qizdirilishi kеrak,
paxta va zig‘ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab
dazmollanadi. Dazmollash uchun dazmol taxtasidan foydalangan ma’qul.
Ko‘ylak tеskarisidan dazmollanadigan bo‘lsa, dazmolmato ishlatilmaydi.
O‘ngidan esa oq yupqa gazlamadan dazmolmato qo‘yib dazmollanadi.
Namlab isitib ishlov bеrish uchun oldin dеtallarning (kokеtka, yеng
qismlari) chеtlari namlab to‘g‘rilanadi va batamom quriguncha dazmollanadi.
Kiyimning choklari yorib dazmollanadi, burmalar dazmollanadi. Ko‘ylaklarni
so‘nggi dazmollashni bug‘li havo manеkеnida bajarish ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: