21
juda ko‘p foydalaniladi. Bugungi kunda yog‘ochdan
mebellar tayyorlashda
zamonaviy xomashyo materiallaridan foydalaniladi. Mebellarning turlari
turlicha bo‘lib, uyqu va dam olish uchun mo‘ljallangan
mebellar, kiyim-
kechaklarni saqlash uchun, oyoq kiyimlar va televizor, radio va boshqa texnik
vositalarni saqlash uchun mo‘ljallangan mebellarni misol qilish mumkin.
Mebellar xonadonlarda ixcham va chiroyli qilib joylashtirilishi lozim.
Texnik vositalar uchun mo‘ljallangan mebellarning tashqi ko‘rinishi
yorqin
ranglarda hamda ochiq joylari ko‘proq bo‘lishi kerak. Ochiq qoldirilgan
joylar qo‘yiladigan texnik vositaning o‘lchamiga qarab moslanadi.
Kiyimlar
uchun mo‘ljallangan mebellarda kiyim-kechaklarni tartibli joylashtirish uchun
maxsus javonlar bo‘ladi. Javonlarning yopiq holatda bo‘lishi maqsadga
muvofiq. Mebellar yasashda yog‘ochning turini ham to‘g‘ri tanlash lozim.
Tabiiy qattiqligi yuqori bo‘lgan yog‘ochlardan sifatli mebel tayyorlanadi.
Stulni yasashda qattiq yog‘ochlardan foydalaniladi. Chunki stul og‘ir vazndagi
odamlarni ko‘tarib turishi lozim. Pishiqligi yuqori bo‘lgan yog‘ochlar
bunga
bardosh bera oladi. Stulga nisbatan stolga og‘irlik kamroq tushadi. Shuning
uchun stol yasashda o‘rtacha qattiqlikdagi yog‘ochlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: