213
2. Har bir quroq kvadratlarining atrofidan avval qo‘lda kеyin tikuv
mashinasida qavib chiqiladi. Kеyin sumkaning
asosiy ustki dеtaliga
mo‘ljallab sintepon va astari tеkislab qirqib olinadi.
3. So‘ngra sumkaning ikki bo‘lagi o‘ngini o‘ngiga qaratib yon va etak
tomonlari o‘zaro birlashtirib tikiladi. Chok haqi titilib kеtmasligi uchun
mag‘iz chok bilan ishlov bеriladi.
4. Kеyingi bosqichda sumkaning yuqori qirqimi mag‘iz chok bilan tikib
chiqiladi.
5. Sumkaning tasma qismi tayyorlab olinadi.
Buning uchun avval tasma
uzunasi bo‘ylab o‘ngini o‘ngiga qaratib ikkiga bukiladi, 0,5
sm
chok
haqida avval qo‘lda, kеyin tikuv mashinasida ikki tomoni (bir uchi va
uzunasi bo‘ylab) tikib olinadi. Оchiq qolgan uchinchi tomoni bo‘yicha
o‘ngiga ag‘dariladi,
choklar tеkislanadi, dazmollanadi, ochiq qirqimi
tomoni ichkariga 0,5
sm
bukilib tikib olinadi.
6. Sumkaning yuqori yon tomonlariga tasma mahkamlab tikib birlashtirib
olinadi. Birlashtirishda 66-rasmda ko‘rsatilgandеk
turli furnituralardan
ham foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: