12
i
borat: ignabargli yog‘ochlarning tarkibida smolali moddalar bo‘lgani
uchun uzoq vaqt xizmat qiladi, chirimaydi. Ignabargli o‘rmonlar bargli
o‘rmonlarga qaraganda ko‘p maydonni egallagan. I
gnabargli yog‘ochlar
bargli yog‘ochlarga qaraganda yengil
bo‘lgani uchun bir joydan
ikkinchi joyga tashish oson. Ignabargli daraxt yog‘ochlari bargli daraxt
yog‘ochlaridan yumshoq bo‘lgani uchun ularga ishlov berish ham oson
(3-rasm, a). Ignabargli daraxtlarning tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lib, ulardan
sifatli xoda tayyorlanadi. Qurilish va duradgorlik ishlarida ignabargli
daraxt yog‘ochlari bilan bir qatorda bargli daraxt yog‘ochlari ham
ishlatiladi. Masalan, eman, shumtol, arg‘uvon, terak, chinor, zirk va
boshqalar. Eman daraxtining zichligi yuqori, puxta va qattiq, chiroyli
teksturali, nam ta’siriga chidamliligi bilan boshqa yog‘ochlardan ajralib
turadi (3-rasm, b).
Har qanday yog‘ochning ishlatilishi uning fizik va mexanik
xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Texnikaning
taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish sohasi da
doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yog‘och asosiy qurilish materiali
hisoblanadi. Qurilish inshootlarida yig‘ma temir beton konstruksiyalarning
ishlatilishi yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojni ancha kamaytiradi. Shunga
qaramasdan, selluloza sanoatida ham yog‘och hozirgi vaqtda asosiy
material hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: