O’zbеkiston r



Yüklə 14,76 Kb.
səhifə3/3
tarix13.12.2023
ölçüsü14,76 Kb.
#175394
1   2   3
Yashil Iqtisodiyot1

Muddatlar


Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi. Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga ko‘rib chiqish uchun komissiyaga taklif kiritiadi. Komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya qabul qilgan qaror protokolini komissiya raisi (uning o‘rinbosari) imzolaydi. Zarur hollarda komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.


Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi. Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda jo‘natiladi (taqdim etiladi). Litsenziya berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.


Agar litsenziya oluvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.


Agar Davlat Test Markazi arizangizni yana rad etsa, qonun matnini qog’ozga chiqarib olib borib, rad javobini bergan xodimga ko’rsating va agar sizga shunda ham xizmat ko’rsatishdan bosh tortsa, uning ustidan shikoyat qilishinigiz haqida ogohlantiring.


XULOSA: Mening bu mavzuni tanlashimdan maqsad o’quv markaz ochmoqchi bo’lganlar litsenziya olish muammosiga duch kelganda qanday yechim topish.
Yüklə 14,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin