O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


Falsafaning umumiy muammolari doirasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#46740
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat p

 

3. Falsafaning umumiy muammolari doirasi. 

Falsafa  yaxlit  ilmiy  bilim  tizimini  tashkil  etib,  muayyan  fundamental  qoidalarning  yig’indisiga 

asoslanadi.  Bu  qoidalar  bir-biri  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lgan  quyidagi  uch  turkum,  yirik  muammolarni 

qamrab oladi. 

1. Borliq va uning rivojlanish muammolari. Borliq — mavjudotni ifodalovchi tushunchadir. U murakkab va 

ko’p qirralidir. Moddiy borliq, ideal borliq, inson borlig’i va hokazolar shular jumlasidandir. 

Borliq, uning kelib chiqishi va rivojlanish qonuniyatlarini  falsafiy mushohada qilish  insonni  doimo 

qiziqtirib kelgan va hozir ham qiziqtirib kelmoqda. Borliqni ilmiy izohlash, anglashga qaratilgan xilma-

xil falsafiy yo’nalishlar va fikrlar mavjuddir. Ularni atroflicha va batafsil o’rganib chiqish insonning falsafiy 

dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. 

2.  Falsafa  fani  borliq  muammosi  bilan  bir  qatorda  voqelikning  eng  umumiy  aloqadorligi  va 

rivojlanish  qonuniyatlari,  ularni  inson  ongida  aks  ettirish  to’g’risidagi  ta’limotidir.  Narsa  va 

hodisalarning  bir-biri  bilan  aloqadorligi  va  ularning  doimiy  rivojlanib turishi  falsafa  fanida  uning  asosiy 

qonun va kategoriyalari sistemasida o’z aksini topadi. Demak, falsafa fani borliqdagi narsa va hodisalarning 

eng  umumiy  aloqadorligi  va  rivojlanishini  aks  ettirish  uchun  qonun  va  kategoriya  tizimini  yaratadi  va 

uning  yordami  bilan  inson  atrofini  qurshab  turgan  voqelikni  aks  ettiradi.  Inson  tafakkurining  shakli 

bo’lgan falsafiy qonun va kategoriyalar yordamida borliqni o’rganish katta falsafiy muammodir. 

Falsafa — nazariy fikrlarning shakli va qonuniyatlarini ham o’rganuvchi ta’limot bo’lib hisoblanadi. 

Tafakkur shakllari va qonunlari formal mantiq va falsafa fanlarida o’rganiladi. 



Formal mantiq narsa va hodisalarni harakatsiz, barqaror, ziddiyatsizliqda tahlil etishni talab etadi. Unga 

muvofiq,  bir  faqtda,  bir  jihatdan  olingan  ikkita  qarama-qarshi  fikrlar  haqiqat  bo’lishi  mumkin  emas. 

Bundan  farqli  o’laroq,  falsafiy  tafakkurlash  narsa  va  hodisalarni  harakatda,  hamma  tomonlarini, 

ziyadditlar birligida tahlil etishni talab etadi. Ziddiyatlarni hisobga olgan tafakkurlash mazmun va shakl, 

mohiyat va hodisa, Ziddiyat va tasodif va h.q. kategoriyalar (tushunchalar) hamda falsafiy qonunlar yordamida 

tahlil etilayotgan narsaning barcha tomonlarini chuqur va atroflicha bilib olish imkoniyatini yaratadi. 

Empirik bilish formal mantiq qonun-qoidalari asosida fikrlash bilan kifoyalansa, nazariy bilish falsafiy 

(dialektik) fikrlashni talab etadi. 

3.  Voqelikni  bilish  nazariyasi.  Borliqni  inson  ongida  aks  ettirish  —  murakkab  dialektik  jarayondir. 

Uni atroflicha va chuqur bilish uchun falsafa fani — in’ikos nazariyasini ishlab chiqdi. Falsafaning ini’kos 

nazariyasi  bilish  jarayonida  sub’ekt  bilan  ob’ektning  aloqadorligi,  bilishning  asosiy  bosqichlari  va 

shakllari,  haqiqatga  erishish  dialektikasi  va  shunga  o’xshash  ko’pgina  murakkab  masalalarni  atroflicha 

anglab olishga yordam beradi. Ilmiy bilish va inson amaliyoti uchun bu katta ahamiyat kasb etadi. 

YUqorida  ko’rsatilgan  muammolar  falsafasining  barcha  tarixiy  tiplari  va  yo’nalishlari  markazida 

turgan  muammolardir.  Antik  davr,  o’rta  asr,  yangi  davr  va  hozirgi  zamon  faylasuflarining  barchasi  o’z 

asarlarida borliq, uning kelib chiqishi va rivojlanishi qonuniyatlari to’g’risida, insonning borliqqa munosabati, 

voqeliknint rivojlanish manbalari, uni bilish qoidalari va shu kabi murakkab falsafiy masalalar to’g’risida 

turlicha fikrlar aytganlar va aytib kelmoqdalar. Bu esa, falsafaning  fundamental muammolari davomiyligi 

va ularning umuminsoniy qadriyatlar ahamiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. 

4.  Insonning  dunyoqarashini,  uning  ongini  falsafa  qoidalariga  muvofiqlashtirib  shakllantirishda 

jamiyat  taraqqiyoti  va  rivojlanishi  qonuniyatlarini  anglab  olish  katta  ahamiyatga  ega.  Jamiyatda  ro’y 

berayotgan  iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy  va  ma’naviy  hodisalar,  ularning  kelib  chiqishi,  rivojlanish 

yo’nalishlarini  falsafiy  anglash  mazkur  jarayonlarni  atroflicha  va  chuqur  mushohada  etish  bilan  bir 

qatorda, insonning ularga qanday munosabatda bo’lishini aniqlab olish imkoniyatini tug’diradi. SHuning 

uchun bu masalalar ham falsafiy tahlil qilishni taqazo etadigan muammolar qatoriga kiradi. 

Hozirgi davrda inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi, insonning istiqboli, fan va texnika 

yutuqlaridan  barcha  insoniyat  manfaati  yo’lida  oqilona  foydalanish  har  qanday  urushning  oldini  olish, 

tabiatni  muhofaza  etish,  ocharchilikning  oldini  olish,  insoniyatni,  uning  madaniyatini  saqlab  qolish, 

jamiyat  taraqqiyotini  oldindan  ko’ra  bilish  va  shu  kabi  masalalar  ham  falsafaning  dolzarb  muammolari 

hisoblanadi. 

Falsafa  doirasidagi  masalalar  hayotdan  ajralgan  mavhum  masalalar  emas,  balki,  ular  inson  va  uning 

hayotidan  kelib  chiqadigan  dolzarb,  umuminsoniy  xususiyatga  ega  muammolardir.  Gegel  ta’biri  bilan 

aytganda, falsafa — inson tafakkurida aks etgan davrdir. Falsafa fani vujudga kelgandan boshlab to hozirgi 

kungacha  ham  hayot  yuzaga  keltirgan  turli-tuman  masalalar,  insonni  avvaldan  qiziqtirib  kelayotgan 

muammolar doimo uning diqqat markazidadir. 

YUqorida  aytilgan  fikrlardan  ko’rinib  turibdiki,  falsafa  fanining  predmeti,  muammolari  doimo 

o’zgarib, yangilanib turadi. 


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin