O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


  Falsafa fanining tadqiqot ob’ektlari va predmeti



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#46740
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat p

 

2.  Falsafa fanining tadqiqot ob’ektlari va predmeti. 

Endi  «Falsafa  nimani  o’rganadi?»,  degan  savolni  berishimiz  mumkin.  Insonda 



bilishga  qiziqish  uyg’otadigan,  mifologiya,  din  yoki  fan  javoblaridan  qoniqmagan 

insonning o’ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga 

tayangan  holda  oqilona  asoslangan  javoblar  berishga  harakat  qiladigan,  savollar 

tug’diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. 

Boshqacha  aytganda,  inson  o’z  qiziqishi  ob’ekti  haqida  muayyan  tasavvur  hosil  qilish 

maqsadida  savol  berishga  asos  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  hamma  narsa  falsafaning 

predmeti bo’lishi mumkin. SHu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari 

haqida va hatto uning falsafasi to’g’risida so’z yuritish mutlaqo o’rinli bo’ladi va bunga 

biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.  

Biroq  ayni  holda  bizni  fan  sifatidagi,  ayrim  insonning  emas,  balki  butun  jamiyatning  rivojlanish 

mahsuliga aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan 

ta’rifda  «inson»  tushunchasi  yig’ma  ma’noda  qo’llanilgan.  Bu  yerda  shuni  ta’kidlab  o’tish  lozimki, 

garchi falsafaning predmetiga biz umumiy nuqtai nazardan ancha keng ta’rif bergan bo’lsak-da, ayrim 

tarixiy  davrlarda  odatda  u  yoki  bu  sabablarga  ko’ra  muayyan  masalalar  doirasi  falsafiy  tadqiqotlarda 

birinchi o’ringa chiqadi.  

Masalan,  qadimgi  YUnonistonda  kosmotsentrizm  ilk  falsafiy  ta’limotlarning  o’ziga  xos  xususiyati 

bo’lib,  bunda  asosiy  e’tibor  «kosmos»,  «tabiat»ni  anglab  yetishga  qaratilgan.  Keyinchalik,  qadimgi 

yunon shahar-polislari ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, 

davlat  qurilishi  masalalari  o’rin  oldi.  YYevropada  xristianlikning,  SHarqda  islom  dinining  vujudga 

kelishi va mustahkamlanishi natijasida o’rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan o’rin 

olgan  xudo)  xususiyat  kasb  etdi,  ya’ni  Xudo  va  u  yaratgan  olam  falsafiy  qiziqishlarning  asosiy 

predmetiga  aylandi.  Uyg’onish  davrida  falsafa  san’at  (estetika)ga  va  ko’p  jihatdan  insonga  murojaat 



qilindi..  YAngi  davr  deb  nomlanuvchi  XVII-XVIII  asrlarda  falsafa  tobora  kuchayib  borayotgan  fan 


bilan  uzviy  bog’landi,  natijada  falsafiy  tadqiqotlarning  diqqat  markazidan  bilish  va  ilmiy  metodlar 

masalalari o’rin oldi.  

XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  yuz  bergan  «klassik  falsafa»  va  oqilonalik  inqirozi  irratsionallik, 

intuitivlik, ongsizlik muammolarini namoyon etdi, XX asrning birinchi yarmida ular «noklassik falsafa» 

tahlilining asosiy predmetiga aylandi, bu esa, o’z navbatida, matnlar mantig’i, tili, ularni talqin qilish va 



sharhlashga  alohida  qiziqish  uyg’onishiga  olib  keldi.  XX  asrning  so’nggi  o’n  yilliklarida  hozirgi 

madaniyatdagi  inqiroz  hodisalarini  va  yangi  axborot  texnologiyalarining,  shuningdek  ommaviy 

kommunikatsiya  vositalarining  jadal  sur’atlarda  rivojlanishi  bilan  belgilangan  muammolarni  kun 

tartibiga  qo’ygan  postnoklassik  falsafa  shakllandi.  Bu  falsafa  vakillari  «tarixiy  rivojlanishning 

tugallanganligi»,  barcha  ma’nolar  va  g’oyalar  «aytib  bo’linganligi»  haqida  mushohada  yuritib,  inson 

o’ziga  yog’ilayotgan  axborotga  ishlov  berishga  qodir  emasligiga  e’tiborni  qaratar  ekan,  notizimlilik, 



YYevropa  an’anaviy  falsafiy  bilimining  negizlari,  qadriyatlari  va  chegaralarini  o’zgartirish  g’oyasini 

ilgari surdilar.  

Nihoyat,  XX-XXI  asr  chegarasida  eng  yangi  falsafada  birinchi  o’ringa  chiqqan  va  eng  muhim 

mavzular  qatoridan  o’rin  olgan  yana  bir  mavzu  globallashuv  jarayonlarining  mohiyatini  va  ularning 

rivojlanish  yo’nalishini  aniqlashga  alohida  e’tibor  qaratildi.  Bu  jarayonlar  hozirgi  vaqtda  jamiyat 

hayotining  deyarli  barcha  jabhalarini  qamrab  oldi  va  davrimizning  olamshumul  muammolarini  yuzaga 

keltirdiki, ularning nazariy va amaliy yechimini topish bu muammolarni shu jumladan falsafiy darajada 

anglab yetishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e’tibor berish va kelishilgan harakatlarni 

taqozo  etuvchi  eng  muhim  muammolar  qatoriga  ekologiya,  demografiya,  xavfsizlik,  xalqaro 

jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka chek qo’yish muammolarini kiritish mumkin.  

Ko’rib  turganimizdek,  falsafaning  predmetini  qandaydir  bitta,  qat’iy  cheklangan,  muayyan 

masalalar doirasi bilan bog’lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob’ektiv sabablar to’plamiga qarab, 

doim  u  yoki  bu  muammo  yoki  ularning  muayyan  majmui  tarzida  birinchi  o’ringa  chiqadi.  Ammo  bu 

boshqa  mavzular,  masalalar  va  muammolar  o’z  ahamiyatini  yo’qotadi  va  falsafa  chegarasidan  chetga 

chiqadi, uning tahlil predmeti bo’lmay qoladi, degan ma’noni anglatmaydi. Bosh mavzularni ikkinchi, 

uchinchi  yoki  undan  ham  keyingi  o’ringa  surib  qo’yadi,  ular  muayyan  davrda  va  tegishli  sharoitda 

falsafiy  diqqat  markazidan  o’rin  olish  yoki  falsafiy  muammolarning  ustuvorliklar  yunalishi  bo’ylab 

yuqoriga  ko’tarilish  uchun  o’z  vaqtini  «kutib»,  go’yoki  panada  turadi,  desak,  to’g’riroq  bo’ladi.  Ayni 

shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil o’zgarishini, u yoki bu masala 

bosh  masalaga  aylanishi,  falsafiy  hamjamiyatning  asosiy  e’tibori  ma’lum  vaqt  mobaynida  unga 

qaratilishini ko’ramiz.  




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin