O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə30/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

Sikloida. Agar aylana biror qo’zg’almas to’g’ri chiziq bo’yicha surilmasdan yumalasa aylananing to’g’ri chiziqdagi urinish nuqtasi tekis va ravon egri chiziq sikloida hosil qiladi. Bu yerda: aylana yasovchi, to’g’ri chiziq esa yo’naltiruvchi deyiladi.
Misol. Aylananing diametri D va yo’naltiruvchi to’g’ri chiziq A-A12 berilgan. Shulardan foydalanib sikloida yasalishi kerak. Yo’naltiruvchi to’g’ri chiziq A-A12 o’tkaziladi (9-shakl). So’ngra A nuqtani belgilab, undan aylananing uzunligi D o’lchab qo’yiladi va shu uzunlikni teng bo’laklarga, masalan, o’n ikkiga bo’linadi. Chizilgan aylanani ham o’n ikkiga bo’lib, bo’lingan aylanalarni A-A12 chiziqqa parallel chiziqlar o’tkaziladi. Bo’lingan 1, 2... 12 nuqtalardan A-A12 chiziqqa perpendikulyarlar chiqariladi va ularning aylana markazidan o’tuvchi chiziq bilan kesishgan O1, O2, O3...O12 nuqtalar belgilanadi. So’ngra O1, O2, O3...O12 markazlardan R=D/2 radiusda aylanalar chiziladi. Bu aylanalar 1, 2, 3... 12 nuqtalardan o’tgan parallel to’g’ri chiziqlar bilan kesishib, A1, A2,A3... A12 nuqtalarni hosil qiladi. Aniqlangan nuqtalarni lekalo yordamida tekis qilib birlashtirilsa, sikloida egri chizig’i hosil bo’ladi (9-shakl).
Evolventa. Biror to’g’ri chiziq qo’zg’almas aylana bo’yicha uzluksiz urunib harakat qilsa, ya’ni bu to’g’ri chiziq surilmasdan shu aylana bo’yicha yumalasa, to’g’ri chiziqning har bir nuqtasi ochiq, ravon egri chiziq hosil qiladi. Bunday egri chiziqni evolventa yoki aylana yoyilmasi deyiladi. Evolventani grafik usul bilan yasashni ko’rib chiqaylik.
Misol. Aylana radiusi R – berilgan bo’lib evolventa yasalishi kerak (10-shakl). Berilgan aylananing radiusiga muvofiq aylana chizib, uni teng bo’laklarga, masalan, o’n ikkiga bo’linadi. hosil bo’lgan 1, 2, 3... 12 nuqtalardan aylanaga urunmalar o’tkaziladi. Oxirgi urinma evolventa qadamiga, ya’ni aylana uzunligi 2R ga teng bo’ladi. Qadamni ham o’n ikkiga bo’lamiz. So’ngra aylanadagi (1, 2, 3...) nuqtalardan shu nuqtalar orqali o’tgan urinmalarga mos ravishda 2R/2; 4R/12... kesmalar o’lchab qo’yiladi. Hosil bo’lgan A1, A2, A3... A12 nuqtalarni lekalo yordamida ravon tutashtiramiz. Natijada aylana evolventasi hosil bo’ladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin