O`QITUVCHILARNI PEDAGOG KASB FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy tayyorlashning pedagogik-psixologik jihatlari Darhaqiqat, kasbiy moslashuv murakkab va ko’p qirrali jarayon hisoblanib, uning negizida muayyan kasb bo’yicha muvaffaqqiyatli ishlashni ta’minlovchi
imkoniyatlar, shaxsninh yo’nalganligi, kasbiy bilim, ko’nikma va malaka, kasbiy sifatlar, mehnat tajribasi ham asosiy mezonlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bizga ma’lumki, shaxs ta’lim jarayonining faol obyekti va subyekti bo’lib, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi faolligi uning yo’nalganligi bilan belgilanadi.Shaxs yo’nalganligi muammosini tadqiq etar ekan, S.L.Rubinshteyn uni ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalaydi. Psixolog olimlar L.I.Bojovich va R.S.Nemov shaxs yo’nalganligini motivlar tizimi va yig’indisidir, deya talqin etadilar. Kasbiy yo’nalganlik esa shaxs yo’nalganligining o’ziga xos ko’rinishi bo’lib, motivlar, ehtiyojlar ta’sirida aks etadi. Pedagogik va kasb ta’limiga doir adabiyotlarda “kasbiy yo’nalganlik” tushunchasi quyidagi mazmunni anglatishiga e’tibor qaratadi: 1) “Kasbiy yo’nalganlik” - shaxsning aniq bir faoliyat turiga bo’lgan qobiliyati, qiziqishlari, ehtiyoji va qat’iy ishonchi (A.B.Seyteshev); 2) “Kasbiy yo’nalganlik” - kasb tanlash, qiziqish, qat’iy ishonch hamda kasb tanlash motivlari o’rtasidagi aloqaning shaxsiy sifatlarda yetakchilik qilishi(N.K.Stepankova). Ayrim tadqiqotchilar ishlarida esa, bevosita shaxsning aniq kasbiy faoliyatiga yo’nalganligi etiborga olingan holda “pedagogik kasbga yo’nalganlik” tushunchasining mohiyatini ochib berishga nisbatan urinishlar ko’zga tashlanadi.Jumladan:1) “Pedagogik kasbga yo’nalganlik”- shaxsning “pedagogik kasbga qiziqishi va faoliyatining ushbu turi bilan shug’ullanishiga bo’lgan ishtiyoqi” (N.V.Kuzminova); 2) “Pedagogik kasbga yo’nalganlik” - bolalarga bo’lgan munosabat, pedagogik mehnatga ishtiyoq, pedagogik kuzatuvchanlik qobiliyati. Motiv tushunchasi psixologik adabiyotlarda (lot.movere- harakatga keltirmoq) - ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab sifatida izohlanadi. Tadqiqotchi olim E.S.Chugunova ish joyini va kasbni tanlash motivlari klassifikatsiyasini ishlab chiqib, istalgan kasbiy faoliyatning sabablarini o’zida aks ettiruvchi kasb tanlash motivlarini quyidagicha belgilaydi: - dominant ( kasbga qiziqishni ustun turishi); - vaziyat bilan bog’liq(har doim insonni qiziqtirib kelganshart-sharoitlarni ro’yobga chiqarish); - komformist; - boshqa kasbiy motivatsiyalar (o’ziga yaqin ijtimoiy olamning, ya’ni yaqinlari, do’st va tanishlarining maslahatlari bilan) Pedagog olim V.A.Slastenin bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishda: 1) mutaxassis ishlashi lozim bo’lgan aniq vaziyatlarni; 2) uning mehnat vazifalarini; 3) talab etiladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni inobatga olish zarurligini ta’kidlab o’tadi Kasbiy sifatlar pedagogfik faoliyat muvaffaqqiyatning muhim omillaridan biri bo’lib, ular maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlik, diqqatni taqsimlay olish, tirishqoqlik, kuzatuvchanlik, pedagogik takt va pedagogik xayolning rivojlanganligi, ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, shaxsiy namuna ko’rsatish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yanada boyitishga bevosita hissa qo’shish kabi jihatlar bilan tavsiflanadi. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish omillari va shart-sharoitlari O’zbekiston Respublikasi mehnat va ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning strategik rejalarini ishlab chiqishda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda faoliyat talablariga moslasha olish qobiliyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o’z navbatida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoni samaradorligini oshirish bilan bo’gliq quyidagi vazifalarni hal qilish zaruratini keltirib chiqaradi: - bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish mazmunini pedagog mutaxassislar tayyorlashga qo’yiladigan mehnat bozorining zamonaviy talab va takliflariga asoslanib belgilash; - kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni sifatli o’zlashtirishning innovatsion potensialini shakllantiruvchi pedagogik-pasixologik omillar va shart-sharoitlarni aniqlash; - tizimli yondoshuv asosida ijodiy hamkorlik muhitiga asoslangan kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash va amaliyotga tadbiq etish; - bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari, nazariy masalalari va talabalarning mustaqil ta’limi uchun xizmat qiluvchi yangicha nashrlar, elektron darliklar, o’quv-metodik majmualar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish. Ma’lumki, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish aniq maqsadga yo’naltirilgan, tizimli jarayon hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarda bo’lajak mutaxassislarni kasbiy moslashtirish jarayonining bosqichlarini turlicha tavsiflanadi. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarda kechishi aniqlandi:
1-bosqich. Kasbiy faoliyatga motivatsion yo’nalganlik
2-bosqich. Kasbiy faoliyat talablarini o’zlashtirish
3-bosqich. Kasbiy o’z-o’zini anglash, moslashish Bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash va moslashtirish katta ahamiyatga ega. Chunki pedagoglarning mashaqqatli mehnatlari orqali jamiyat rivojlanadi. O’sib kelayotgan yosh avlod komil inson bo’lib yetishadi. Shuning uchun har bir pedagog o’z kasbiga sidqidildan yondashish kerak. Kasbiga hurmat, tinimsiz izlanish, jamiyat rivojiga hissa qo’shish har bir insonning muqaddas burchi sanaladi.
4 ZAMONAVIY O‘QITVCHI-KELAJAK YARATUVCHISI
Ta‟lim samaradorligi eng avvalo o`qituvchi, uning bilimi, mahorati, iqtidori hamda ma‟suliyatiga bog`liq. Ushbu maqolada bugungi o`qituvchiga qo‟yilayotgan zamonaviy talablar haqida mushohada qilinadi.
Odamlar ustozlarga hamisha juda yuqori talablarni qo`yib kelishgan. Avvalo, o`qituvchi chuqur va ko`p qirrali bilimga, fani doirasida tushunchalarni samarali yetkazish usullari haqida tasavvurga ega bo`lishi, inson tarbiyasining asosiy negizi - bola ishonchini qozonishi, o`z talabalarining ishonchli do`stiga aylanib, ularga to`g`ri maslahat bera olishi kabi jihatlar pedagogning naqadar muhim kasb egasi bo`lishidan dalolat. Inson paydo bo`libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo`lgan vaqtdan beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O`qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o`ta m as‟uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan. Mamlakatimizda uzluksiz ta‟lim tizimining isloh qilinishi, ta‟lim- tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o`qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e‟tibor berilmoqda. Amaliyotda eng obro`li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo`lishadi va shundaylarni o`quvchilar yaxshi qabul qilishadi. Chunki zamonaviy o`qituvchi ko`plab ma‟lumotlarga ega, uning psixologiyasi, talabtakliflarini aniq bilib, til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo`lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o`zini ko`rsatish uchun dars bermasligi, ochko`zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasligi, g`avg`o ko`tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo`lsa kerak: Haq yo‘lida kim senga bir harf о ‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas oning haqqin ado ming ganj ila. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta‟lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo`lib qolmoqda. Innovatsion ta‟lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to`liq mosligini ta‟minlash yoshlarimizni bugungi tez o`zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Ta‟lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish uzluksiz ta‟lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko`zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta‟lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg`or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta‟minlash lozim. Yosh avlodga ta‟lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta‟lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma‟naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko`tarishga qodir bo`ladi. Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o`z mutaxassisligini chuqur egallagan o`qituvchilar zarur. Shuning uchun hozirgi kunda o`qituvchilar oldiga juda ko`p vazifalar qo`yilmoqda. Shu bilan birga talabalarga ham. [1] Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o`z ishining natijasi bilan mo`jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo`lladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‟dodli kishidagina pedagogik mahorat bo`lishi mumkin. Sog`lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta‟lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`llgan munosabatiga bog‟liqdir. O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig‟ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O`qituvchi mustaqillik g`oyasiga e‟tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma‟lumoti bor ya‟ni o`z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik, uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo`llishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur. Bugun pedagogning ma‟naviyati, mafkuraviy e‟tiqodi va o`quv jarayonini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega. Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o`z mavqeyi va faol o`rnini o`quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o`z jamoasidagi o`rni, tanlagan kasbi, o`qitayotgan predmeti bo`yicha chuqur bilimga ega bo`llishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me‟yor hamda qonunlarni hurmat qilishi lozim. Ikkinchidan, pedagogning e‟tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o`zi tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo`lladi. Uchinchidan, e‟tiqodli va bilimdon pedagog o`ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o`rganadilar va fanni boshqa fanlardan ajrata oladilar. Kelajak o`qituvchsidan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan, uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o`ta muhim hisoblanadi. [2] Zamonaviy o`qituvchiga qo`yiladigan bir qator talablar haqida gapiradigan bo`lsak, avvalo, Ustoz o`zining shaxsiy xulq-atvori, hayotga munosabati bilan ma‟naviy hayotning namunasini ko`rsatishi, talabalarni insoniy fazilatlar, haqiqat va ezgulikning yuksak ideallari asosida tarbiyalashga majburdir. Bugungi kun o`qituvchisiga muhim talablar qo`lyiladi - bu talabalar bilan ishlash, bolalarga bo`lgan muhabbat va ular bilan muloqot qilishdan zavqlanishni namoyon qila oladigan shaxs sifatidagi pedagogik qobiliyatlarning mavjudligi. Ko`plab so`rovnomalar natijalariga ko`ra, yetakchi o`qituvchilar sirasiga hamisha o`z qobiliyatlarini namoyish qila oladiganlari va pedagogik kompetensiyaga ega bo`lgan mutaxassislar kiritilgan. Kelajak o`qituvchisi, avvalo, har doim ijodkor insondir. U o`z talabalarining kundalik hayoti tashkilotchisi. Shaxsiy faoliyati ko`lami orqali o`qituvchi irodasini namoyish qilib, talabalarni faniga qiziqtirishga harakat qiladi. Auditoriyada o`qituvchi – pedagog, rahbar, tarbiyachi, ixtirochi, tezkor, qat‟iyatli, har doim har qanday vaziyatni mustaqil hal qilishga tayyor bo`lgan professional insondir. Kelajak o`qituvchisining kasbiy zaruriy fazilatlari – bilimdonlik, kreativlik, yangilikka chanqoqlik, chidamlilik va o`zini tuta bilishi, boshqaruvchiligi, talabaga nisbatan mehrga moyil bo`lishi, mayda-chuyda narsalardan asabiylashmasligi hisoblanadi. O`qituvchining o`ziga xos kasbiy sifati – bu adolatdir. U o`z faoliyatining mohiyatiga ko`ra talabalarning bilimlari, ko`nikmalari va harakatlarini tizimli ravishda baholashga majbur. Shuning uchun, uning baholari talabalarning rivojlanish darajasiga mos kelishi muhimdir. Ular tomonidan obyektivlik ya‟ni hayotiy vaziyatlarga moslashish baholanadi. O`qituvchining tabiiy holati - bu talabaning buguni va kelajagi uchun qayg`urib, kasbiy g`amxo`rlik va shaxsiy javobgarlik hissiga ega bo`lishi muhimligida. O`qituvchi talabchan bo`lishi kerak. Bu uning muvaffaqiyatli ishlashi uchun eng muhim shart. O`qituvchi o`ziga yuqori talablarni qo`yadi, chunki boshqalar o`zlarida yo`q narsani talab qila olmaydi. Rivojlanayotgan shaxsning imkoniyatlarini hisobga olgan holda pedagogik talabchanlik oqilona bo`lishi kerak. O`qituvchining kasbiy taktikasi - talaba bilan muloqotda mutanosiblik tuyg`usiga ega bo`lishi lozim. Pedagogik texnikaning ajralmas elementi o`qituvchining o`z e‟tiborini va talaba e‟tiborini boshqarish qobiliyatidir. Ko`p sonli jarayonlarni bajaradigan talabalar katta guruhlarida hech narsa nazoratdan chetda qolmasligi kerak. O`qituvchi uchun talabaning xatti-harakatlarining tashqi belgilariga qarab o`z ruhiy holatini aniqlay bilish muhimdir. Pedagogik harakatlarni tanlashda buni e‟tiborsiz qoldirib bo`lmaydi. Bugungi kunda jahon pedagogikasida pedagogik muloqot muammolari faol o`rganilmoqda. Zamonaviy talaba uchun kelajak o`qituvchisining ideal qiyofasi bugun shakllanmoqda. Zamonaviy o`lqituvchi ijodkorlik qoidalarini namoyish qila oladigan shaxsni shakllantirishi kerak. Ushbu yondashuv ilmiy qarashlarning rivojlanish ko`lamini kengaytirib, balki ularning yaxlitlik tomon izchil harakatlanishiga olib keladi. Faqat inson o`zining tabiiy tuzilishi me‟yorlari va qoidalarini anglash orqali chinakam kasb egasiga aylanishi mumkin. Va bu yangi yaxlitlik kelajak o`qituvchisini shakllantirishga yo`l ochadi. Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, o`qituvchi idrokining tashqi, estetik tomoni talabalar uchun ham muhimdir. Shu sababli, o`qituvchi bilan muloqot qilish jarayonida o`qitish va uqish jarayoni sodir bo`ladi, degan xulosaga kelish mumkin va bu talabalarni o`zlarining afzalliklari va kamchiliklari bilan shaxs sifatida qabul qilishdan kam emas, chunki uning rivojlanishida uning atrofidagilar alohida ta‟sir ko`rsatadi
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish joizki, “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun Yangi O‘zbekiston taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini o‘zida aks ettirgan yangi va o‘z o‘rnida xalqchil muhim yuridik hujjat bo‘lib, mamlakatimiz taʼlim sohasining istiqboli uchun yo‘llanmadir. Mazkur Qonun g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida pedagog kadrlar muhim rol o‘ynaydilar. Komil inson va yetuk malakali mutaxassis maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyalanar ekan, ushbu jarayonda o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ularning shaxsida bir qator ijobiy maʼnaviy-axloqiy sifatlar namoyon bo‘la olishi maqsadga muvofiq sanaladi. Qolaversa, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan jamiyatda o‘qituvchi va murabbiylarning obro‘-eʼtibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va rag‘batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Mamlakatimizda xususiy taʼlim muassasalariga keng sharoit yaratilayotgani bois eksperiment tariqasida kam quvvatda ishlayotgan maktablarni tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga berish takliflarining bildirilayotganligi, shuningdek, taʼlimning ushbu jarayoniga Davlat rahbari darajasida qaratilayotgan eʼtibor – biz kabi bo‘lajak pedagoglarga ham pedagog shaxsi va unga qo‘yilayotgan talablarga mos tarzda sifatli taʼlim olib, o‘z ustimizda tinim bilmay ishlashimiz uchun masʼuliyatli daʼvat hisoblanadi. Zotan, yurtimizning kelajak avlod vakillarini ayni vaqtda biz kabi oliy taʼlimda tahsil olayotgan yosh pedagoglar tarbiyalaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 30-oktabrdagi “Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi” bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi nutqi;
3. Azimova T. Pedagogik-psixologik tashxis va uning o‘quv jarayonidagi ahamiyati. – Toshkent. 2017.
4. Ziyamuhammedov B. Pedagogika. – Toshkent. 2014.
5. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
6. Turg’Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA “O’TTIZ YILLIK URUSH” NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5
7. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O„zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” T.: O„zbekiston-2016.
8. Xodjaboyev A. Xusanov L. Kasbiy ta‟lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007
Dostları ilə paylaş: |