podshohlar ham uning mahorati, iste'dodi oldida bosh egganlar. Mavlono Riyoziy Mavlono R iyoziy Zova deb atalgan viloyatda o'sdi, ulg'aydi. O 'zining aql-zakovati ila shu viloyatning qozilik lavozimigacha ko'tarildi. Biroq, Alisher N avoiy “Majoiis un-nafois” asarida yozi- 73
shicha, u ayrim o'rinsiz xatti-harakatlari uchun qozilik lavozimidan chetlashtirilgan, kishanga solib badarqa qilingan. Natijada bir umr ta'qib ostida yuradi, g'ariblikda kun kechiradi. M avlono Riyoziyning notiqlik darajasiga erishuvida mamlakat hukmdorlari mafkurasi bilan uning insonparvarlik qarashlari o'rtasi- dagi kelishmovchilik, turli ziddiyatlar asosiy omillardan biri bo'lgan. R iyoziy notiqligining tabiiy tomonlaridan biri-hamdardlik tuyg'u- larini birinchi o'ringa qo'ya bilishdir. Alisher Navoiy: “...va'z aytib, minbarda o 'z ash'orin o'qub, yig'lab vajdi hoi qilur erdi”, - deydi. Shoim ing bu so'zlari ancha diqqat-e'tiborga loyiq, chunki, el oldida rasmiy nutq bilan chiqib, yig'lash darajasiga borib etish va bu k o'z yoshiga nisbatan ting- lovchilarda kulgi emas, balki hamdardlik kayfiyatini uyg'ota olish uchun katta san'atkorlik mahorati kerak. M avlono R iyoziy nutq paytida ko'z yoshi darajasiga etib borar ekan, qalbidagini yig'ib bayon etar va kishilarni shunga ishontira olar ekan, demak, shubha- siz, u juda ite'dodli notiq, chinakam so'z san'atkori bo'lgan. Mavlono R iyoziy ajoyib so'z san'atkori bo'lishi bilan bir qator- da, o'z davrining ko'zga ko'ringan pedagoglaridan ham biri bo'lgan. U dunyoviy fanlar: tabiatshunoslik, geografiya, tarix, adabiyot nazariyasi va boshqa fanlami ehuqur o'rganib, uni yoshlar o'rtasida