O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Muomalani ham bilish kerak
1. 
Insonlarga yoqishning besh qoidasi
1. Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing!
2. Insonlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda 
bo'ling!
3. Unutmang, insonning ismi - u uchun eng yoqimli va eng 
muhim ohangdir!
122


4. Eng yaxshi-tinglovchi bo'ling! Boshqalarga ko'proq o'zlari 
to'g'risida gapirishlariga imkoniyat bering!
5. Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to'g'risida ko'proq 
gapiring!
2. Insonlar e'tiboriga erishishning o n ikki qoidasi
1. Tortishuvlar paytida m a'naviy balandlikda bo'lishning 
yagona yo'li — bu tortishuvdan voz kechishdir!
2. Suhbatdoshingizniig har qanday fikriga hurmat ko'rsating. 
Insonlarga hech qachon «nohaqsan» demang!
3. Agar siz nohaq bo'lsangiz, tez va keskin tan oling!
4. Suhbatni do'stona ohangda boshlang!
5. Suhbatdoshingizni har qanday masalada tikringizga «Ha, 
to'g'ri», deb aytishga undang va erishing!
6. Suhbat davomida kamroq gapiring, uning ko'proq gapirishi- 
ga imkoniyat yarating!
7. Mazmunli fikrlami suhbatdoshingiz o'ziniki deb hisoblasin!
8. Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan 
qarang!
9. Boshqalarning fikri va xohishlariga ta'sirchan bo'ling!
10. Marhamatli inson ekanligingiz bilinib tursin!
11. Kinolarda va radiolardagi eng yoqimli harakatlami o'zingiz- 
ga singdiring va kinoradio qahramonlaridek harakat qiling!
12. Otashin, aniq, insonga ichki quvvat beruvchi gaplarni 
gapiring!
3. 
Insonlarga ta'sir ko'rsatish va hurmatiga sazovor bo'lish­
ning to'qqiz qoidasi
1. Gapni suhbatdoshingizni maqtab va yaxshi tomonlarini tan 
olish bilan boshlang!
2. O'zgalarning xato-kamchiliklarini to 'g 'ri dan-to'g'ri aytmang, 
boshqalar misolida gapiring!
123


3. Oldin o'zingizning xatolaringiz to 'g'risid a gapiring va 
shundan so ng suhbatdoshingizni sekinlik bilan tanqid qiling!
4. Suhbatdoshingizga buyruq bermasdan, unga savol berish 
orqali ishni bajartiring!
5. Jnsonlarga o 'z muvaffaqiyatlarini saqlab qolishlari va yanada 
oshirishlariga imkoniyat bering!
6. Har bir insonning eng kichik muvaffaqiyatlarigacha qo'llab 
gapiring!
7. Odamlar o'rtasida sog'lom , obro'li muhit yarating va 
natijada ular shu darajada qolishga harakat qilsinlar!
8. Shunday qilingki, inson y o 'l qo'ygan xatoliklarini osonlik 
bilan to'g'rilashi mumkinligini va bu qiyin emasligini his etsin!
9.
Shunga erishingki, insonlar sizning bergan taklif-inulohaza 
va ko'rsatmalaringizni bajarib, natijalaridan o'zlari zavqlansinlar!

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin