Gap «so'z» xususida ketayotgan ekan, bu ne'm atni nihoyatda
qadrlash tilimiz orqali namoyon bo'ladi.
Tilimizdan chiqayotgan
so'zlar nutqqa aylanadi. O 'sha nutq esa so'z va nutq egasining kim-
ligini aniqlashga yordam beradi. Chunki odamning yaxshi-yomon
xislatlarini gaplaridan bilib olamiz. K o'rinib turibdiki, so 'z san'ati
tarixdan zamonamizga qadar bo'lgan kenglikni bir-biriga bog'laydi.
Shu m a'noda yoshlarimiz o 'z so 'z va nutqlaridagi kamchilik va nuq-
sonlar, tillaridagi qusur va g'alizliklar haqida qayg'urishlari lozim.
«So'z boshi salom»,
deganlaridek, ba'zi yoshlarimizning salomla-
shishiga kelsak, qo'shtim oq ichida «madaniyatli» lari «privet», «zo-
rov» desalar, boshqalari «som alaykum» deyishadi. Bunday yoshlar
«som» arab tilida «o'lim » degani ekanini bilsalar edi,
bunday salom-
lashmasdi, deb o'ylaym iz. Bu narsa oila, bog'cha, maktab va o'quv
dargohlarida o'rgatilishi lozim bo'lgan muammo.
Ayniqsa ko'cha-ko'yda, bozorda, yo'lovchi transport!arida, hatto
o'quv dargohlarida ham quloqqa tez-tez eshitilib turadigan «koro-
chche», «shes sekunt», «otvechat qilasanmi» kabi so'zlarga ham,
qanchalar xunuk bo'lm asin, quloqlarimiz o'rganib borayapti. Yoki
«brat», «bratan», «bratishka» kabi so'zlar ham shular jumlasiga
kiradi. Bunday holatlar go'zal o'zbek tilimizga hurmatsizlik emasmi?
Qolaversa, O'zbekiston istiqlolining eng buyuk ne'm atlaridan biri
bo'lgan tilimiz mustaqilligiga e'tiborsizlik emasmi bu?
«Yaxshining so'zi moy, yomonning so'zi loy,» —
deydi dono
xalqimiz. Zero, xulq, eng avvalo, nutqda ko'rinadi.
Yoshlaming o 'z otasini «рахап», «boboy», onasini «mamulya»,
«babulya», «kampirsho» deb atashi; do'stlarini o 'z ismi bilan ata-
may, Bobumi - Borya, Temumi - Tolik, M uhammadni - Misha,
Alishemi - Alik,
Sanobarni - Sano, Rahimani - Raya, Gulchehrani -
Gulya deb chaqirishlari; boshqalami ham jism oniy kamchiliklari
bilan atab: qiyshiq, cho'loq, kar, kal, cho'tir
deb atashlari ulaming
m a'naviy qashshoq ekanliklarini bildirmaydimi? Ammo ular o'zlari-
126
ni «madaniyatli» hisoblaydilar. Shaxsni jism oniy kamchiliklar bilan
chaqirishni hazil deb tushunadilar. Jismoniy kamchiligi bor tanishi-
ning ko'nglini ovlash o'rniga masxaralash aslida gunoh. Ayniqsa
«harif» degan so'zni к о 'p ishlatishadi. Bu so'z
asosan musofir,
tirikchilik uchun sarson-sargardon bo'lib yurgan bechora odamlarga
nisbatan ishlatiladi. Alisher Navoiy esa:
Dostları ilə paylaş: