material berishiga aminmiz. Navoiydek ulug' alloma so'z qudratiga shunchalik e'tiborlarini qaratgan ekan, bizning burchimiz uning fikr larini o'qim oq va uqmoqdan iborat bo'Jib qolmasdan, qo'limizdan kelgancha unga amal qilish insoniy burchimiz ekanligini esdan chiqarmaylik. Zahiriddin Muhammad Boburaing badiiy nutq mahorati Zahiriddin Muhammad Bobum ing '‘Bobumoma” asari badiiy nutqning go'zal namunasidir. Bobur o'zi hammabop yozishi bilan birga boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumla- dan, o'z o'g 'li Xumoyunga yozgan bir xatida birovga yuboriladigan maktubni muallifning o'zi bir necha bor o'qib ko'rishi lozim ligi, uning ravonligiga, so'zlam ing ko'zda tutilgan ma'noni to'g'ri aks ettirayotganligiga ishonch hosil qilishi shundan so'nggina uni jo '- natish mumkinligini ta'kidlaydi. So'zlam ing xato yozilishi aytilmoq- chi bo'lgan fikrni xiralashtiradi, o'quvchini qiynaydi: yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o'qim aysen, ne uchunkim, agar o'qur xayol qilsang edi, o'qiyolm as eding. O'qiyolmagandan so'ng, albatta tag'yir bo'lur eding. Xatingni xud tashvish bila o 'g 'isa bo'ladur, vale asru mug'laqdur. Nasri muammoni hech kishi ko'rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas, iltifotni to bila bitibsen. Qulunjni yo bilan bitibsen. Xatoingni xud har tavr qilib o'qisa bo'ladur, vale bu mutloq alfozingdin maqsud tamon mafhum bo'lmaydur. G 'olibo xat biturda kohilliging ushbu jihattindur. Takal- luf qilmay deysan, u jihattin mutloq bo'ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham senga tashvish ozroq bo'lur va ham o'qig'uvchiga” (‘'Bobumoma’’ Toshkent: ‘"Fan”, I960, 4 21-bet). 64