yana bu tasvimi mardona ruh va teran bir falsafiy fikrga yo'g'irib, uning ta'sir kuchini oshirish daho darajasidagi shoirgagina nasib etadigan ijodiy kashfiyotdir. Bu ruboiyda birorta ortiqcha so'z ham, harf ham yo'q. Nafaqat so'zlar va iboralar, balki alohida harflar va tovushlar she'riy vazn, turoq va qofiyalarga shunday mahorat bilan joylashtirilganki, birorta- sining o'm ini almashtirib bo'lmaydi. Masalan, “Bobum om a”ning ko'p joylarida “bo'ldi” yoki “bo'lm adi” so'zlari uchraydi. Ammo yuqoridagi to'rtlikda “muyassar o'lm asa” iborasidagi so 'z “bo'lma- sa” shaklida emas “b” tushirib qoldirilib, “o'lm asa” shaklida ishlati- ladi. Chunki “b” qo'shilsa aruzning nozik ohangi xiyol buzilishi mumkin edi. Yoki harakat yo'nalishini bildiradigan “borgan sari” degan adabiy tilimizda qabul qilingan iborani oling. Agar ruboiydagi 68
“so n g 'a ” so'zi o 'm ig a .“san g'a” so'zi ishlatilsa edi, aruz vazning qoidasi buzilgan bo'lardi. Chunki “sarT’da “a” qisqa talaffuz etiladi. “Sorig'a” degandagi “o” esa uzun talaffuz etishga imkon beradi, shu tufayli aruz vazniga yaxshi tushadi. “G” o'm iga andijoncha sheva bilan “G '” deb aytish ham she'm ing mardona ohang bilan jarang- lashiga xizmat qiladi. Bobum ing kuyga solib aytiladigan g'azallari orasida eng mash- huri “Y axshilik” g'azali ekanligi bejiz emas. Bu erda asrlar davomi- da eskirmaydigan umrbog'iy hayot falsafasi nihoyatda yuksak san'atkorlik bilan ochib berilgandir. “Ahli jahon yomonliq qilsa ham, sen unga o'xshama, undan yaxshi b o'l” degan fikr beshinchi baytda o'zining teran falsafiy ifodasini topadi: Bori elga yaxshilik qilg'ilki, mundin yaxshi yo'q,