targ'ib qilgan. M avlono R iyoziy o'z nutqlarida boshqa notiqlar qatori
xalq og'zaki ijodidan va ayniqsa, badiiy adabiyotdan juda ustalik
bilan foydalangan. U o 'z zamonasining zabardast notig'i, olimi,
pedagog va shoirlaridan bo'lgan.
Husayn Voiz Koshifiy
Kamoliddin Husayn V oiz Koshifiy taxminan 1440 yillarda
Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhak kentida tug'ilgan.
Boshlang'ich ma'lumotni Sabzavorda olib, yoshligidanoq notiqlikka
qiziqadi. Shuningdek, adabiyot, matematika, falokiyot, kimyo
74
fanlaridan ham to'liq bilimga ega bo'lgan. Buni uning o'sha soha
bilan bog'liq ijodidan kuzatish mumkin. Undagi notiqlik san'atiga
bo'lgan qiziqish tezda el orasida notiq sifatida tanilishiga sabab
bo'ladi. 1455-1468 yillarda Mashhadda Notiqlik san'ati bilan mash-
qul bo'ladi. 1468 yil oxirlarida Xirot shahriga kelib yashay bosh-
laydi. Tarixchi olim Said N a tisiy l2 ning ma'lumotiga ko'ra, Koshi-
fiy Hindistonga boradi. Bu safar haqida aniq ma lumotga ega emas-
miz. Koshifiyning ikki qiz va bir o'g 'il farzandi bo'lgan. O 'g'li
Faxriddin Ali Safiy zom onasining shoiri va olimi bo'lgan.
Koshifiydan anchagina salmoqli ijodiy meros qolgan. U adabi-
yotshunoslik, odob-axloq, tarix, kimyo, matematika, musiqa, notiq
lik san'ati, din tarixi, tibbiyot va davlatni idora qilishga oid 200 dan
oshiq asarlar yozgan.
Qur'oni Karimni yod bilgan, hadislami xalqqa targ'ib qilishda.
tushuntirishda u mohir notiq bo'lgan. Qur'oni Karim haqida avom
xalqqa tushunarli bo'lishni ko'zlab to'rt kitobdan iborat sharh
yozadi. V oiz Koshifiyning bizgacha etib kelgan “Axloqi M uxsiniy”,
“Risolati Xotamna” (kitobi Xotamnoma), “Anvari Suxayliy”, ya'ni
Dostları ilə paylaş: |