bilan qarashib, izzat va hurmatlarini joyiga qo'yishgan. Ular qo'liga farzandlarini olib borib topshirganlarida “Eti sizniki, suyagi bizniki” deyishlari bejiz emas. Ana shunday ulug' ehtirom va hurmatni joyiga qo'yolmagan muallim bu nomga loyiq emas. Muqaddas kitob sanalgan “A vesto”da yomon muallim haqida shunday deyilgan: “Rostini aytsam, yomon ustoz hayotni g'amgin qiladi, johillarni ulug' sanab, buyuk ayolu erkaklarni Yazdon ne'- niatlariga etishishdan mahrum etadi. Bunday ustoz I ar o'z nodurist ta'limi bilan xalqni eng yaxshi yumushlardan bezdiradilar, noto'g'ri pandlar bilan xalqni tirikchilik yo'lidan urib, yomon yo'lga bosh- laydilar... Hayot chirog'ini so'ndiradilar. Johillarni buyuk bilib, eng mo"tabar ayolu erkaklarni Tangri yo'lidan qaytaradilar. O 'z nodon- liklari bilan xalqni eng yaxshi xislatlardan yuz o'girtiradilar. jahon xalqlari hayotini yolg' on gaplar bilan parishon qiladilar”. Kitobning boshqa bir o'm ida Zardushtning mana shu tarzdagi iltijosi ham bor: “Noshud, yom on muallim o'quvchi qalbida xiradmandlikni yo'qotar ekan, ey Yazdon, yomon ustoddan o'zing asra!”. Professor Jo'ra Y o'ldoshev Mirzo Ulug'bekning bu boradagi qarashlarini o'rganar ekan quyidagilami yozadi: “Ulug'bek mudar- rislaming insoniy xislatlariga, bilimi va mahoratiga katta ahamiyat bergan... Talabalaming o'qishdan sovib ketishiga o'qituvchining razolati sabab deb hisoblagan. U davlat ishlari bilan o'ta band bo'li- shiga qaramay, mudarrislaming darslarini tahlil qilishga, ilmiy munozaralarda ishtirok etishga doim o vaqt ajrata olgan. U Qozizoda Rumiy, M avlono Koshiy, A lig'o'shchi, Avaz Kirmoniylarning dars- 87