oladigan kishi nutqni yaxshi egallagan bo’ladi. Yumor - nutqning
atridir, gulni hidiga qarab ajratish mumkin bo’lganidek yumoriga
qarab odamning aqlini belgilash mumkin.
4.Notiqning o ’zini tuta bilishi. O ’zini yo’qotib qo’ygan notiq
auditoriyadan ham mahrum bo’ladi. A w alo , ma'ruza boshlarida
vujudga keladigan hayajonni bosib olishi shart. So’zga chiqish notiq-
ning o ’ziga qiziqarli bo’lishi uchun ma'ruza materialini sistematik
tarzda yangilab turish, yangi fikrlar, misollar, obrazlar, aforizmlami
kiritib turish zarur. Hech narsa qotib qohnasligi, bir gap hadeb
takror-lanavermasligi kerak, aks holda o’zing ham qiziqmay qolasan,
tinglovchilar qiziqishi ham so’nib boradi.
5. Auditoriyani boshqarishni o ’z qo ’liga ola bilish. Notiq ham
muallif, ham ijroehi, ham dirijyordir. U m uallif sifatida yaxshi,
ijrochi sifatida yomon bo’lishi yoki ijroehi sifatida yaxshi. dirijyor
sifatida yomon b o’lishi mumkin. U auditoriyani boshhara olmasligi,
auditoriyani his qilmasligi mumkin.
Auditoriyani boshharish - aloqa uzilib qolishning oldini olish
demakdir. Bu narsa e'tiboming chalg'ishida, norozilikda va notiqqa
ishonmaslikda namoyon bo’ladi. Qiziqarli ma'ruza yaxshi tuganlan-
sa, u tinglovchilar ongida yaxshi saqlanib qoladi. Ma'ruzani nima
bilan tugallash kerak? Ko’pincha yig'ilishlarda notiq o ’z nutqni sira
tugallay olmaydi, tugallamoqchi bo’ladi-yu, ilojini qilolmavdi. Shu
sababli nutqning oxirini oldindan tayyorlab qo’yish kerak.
6. Vaqtni suiistemol qilmaslik. Vaqt - hamma masalalarda, shu
jumladan notiqlik maqorati masalalarda ham jiddiy, ammo adolatli
hakamdir. Qisqarli ma'ruza notiq muvaffaqivatning qisqa yo’lidir.
A.P.Chexov qisqacha bayon - iste'dod belgisidir, degan edi. Ma'ru
zani cho’zgan sari notiq tinglovchilar g'ashiga tegaveradi. Shu sabab
li har bir ma'ruzada belgilangan vaqtga rioya qilish muhimdir. Belgi-
langan vaqt esa ikki xil bo’ladi: tashqi belgilangan vaqt - notiqqa
oldindan aytilgan vaqt chegarasi, ichki belgilangan vaqt esa notiq-
ning vijdoni va tinglovchilar sabr-toqatidir.
Dostları ilə paylaş: