36
tadbirkorlik uchun maxsus ishlab chiqilgan, sanoat, qishloq ho’jaligi, farmatsevtika sohasidagi
loyihalar hisoblanadi. Masalan, o’simlik chiqindilarini qayta ishlash va suvni tozalash uskunasi
va quyosh energiyasini ishlatadigan avtonom energoqurilma va boshqa loyihalar.
Innovatsion ishlanmalarni va texnologiyalarni tijoratgirligini oshirish iqtisodiy, ijtimoiy va
tabiatni asrash sohasidagi muammolarni yechishni undashga qaratilgan
chora-tadbirlarni amalga
oshirmoqda. Bu tadbirlar innovatsion loyihalarning ishlab chiqish va shakllantirish, innovatsion
loyihalarni moliyalashtirishning samaraviy mexanizmlari bo’yicha takliflar ishlab chiqish,
hamda intellektual mulk ob’ektlarini baholashni o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik kayta jihozlash, iqtisodiyotni
yetakchi tarmoqlarini jadal yangilashda innovatsion texnologiyalardan foydalanib 2011 yilda
respublikamizda 558 yangi ishlab chiqarish ob’ekti foydalanishga topshirildi. SHu
jumladan,
ozik-ovqat sanoatida 195 ta, qurilish materiallari sanoatida 155 ta, yengil sanoatda 129 ta,
yog’ochni qayta ishlash sanoatida 19 ta mashinasozlik sanoatida 6 ta, kimyo sanoatida 4 ta va
boshqa ob’ektlar ishga tushirildi. Qishloq xo’jalik tarmoqlarini texnik va texnologik yangilash
bo’yicha 71,6 ga maydonda 187 ta issiqxona tashkil qilindi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta
ishlash bo’yicha minitexnologiyalar va ixcham uskunalar xarid
qilish uchun kichik biznes
sub’ektlari, fermer xo’jaliklari hamda agrofirmalarga 3,9 mlrd so’mlik kreditlar taqdim etildi,
qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta’minlashni yaxshilash
uchun lizing asosida TTZ traktorlari va boshqa texnika yetkazib berildi. Meva-sabzavot
mahsulotlarini saqlash bo’yicha qishloq xo’jalik korxonalarining
moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash maqsadida 9,9 ming tonna sig’imga ega 11 ta yangi meva-sabzavot ombori va
sovutgich kameralari ishga tushirildi. “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va
kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to’g’risida”gi dastur doirasida
qiymati
104,3 mln dollarga teng kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi.
Dostları ilə paylaş: