O`zbekiston respublikas oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti mavzu: Tadbirkorlik shaklllari Kundizgi- “Bank ishi va audit“ bia 70/22 yo’nalishi 2-kurs talabasi Foziljonov Azimiddinning “Mikroiqtisodiyot va



Yüklə 53,88 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü53,88 Kb.
#198974
1   2   3
FOZILJONOV AZIMIDDIN mikro

4. Konsultativ tadbirkorlik
Konsultativ xizmat moqiyati va bosqichlari. «Konsultant lotincha so'z bo'lib, maslahat beruvchi ma'nosini anglatadi. Bu soʻz orqali ma'lum soha bo'yicha maslaxat beruvchi mutaxassis tushuniladi. Chet el amaliyotida boshqaruv masalalari bo'yicha pulli maslahat berish konsalting deb nomlanadi. Iqtisodiyot va boshharuv Yevropa Federatsiyasi konsultantlar Assotsiatsiyasining ta'biricha:
Menejment - konsalting mohiyati boshqaruv masalalari bo'yicha mustaqil maslahatlar berish va yordam ko'rsatish bo'lib, o'z ichiga muammolar va imkoniyatlarga baho berishda, zarur tadbirlar borasida tavsiyalar berishda va ularning bajarilishida yordam ko'rsatishda mujassamlangan.
Sanoati rivojlangan davlatlarda konsultativ xizmatlar shaklida intellektual kapitalga mablag sarflash samaradorligi, yalpi qurilmalar va ilgor texnologiyalarga mablag' sarflanishidan kam boʻlmaydi.
Germaniyadagi taniqli «Porshe» avtomobil ishlab chiqarish firmasl 1991 yilga kelib, inqiroz qolatiga tushib qoldi. Korxona rahbariyati Yaponiyadagi «Sin gidzyutsu» deb nomlanuvchi konsalting firmasiga murojaat qildi. «Sin gidzyutsu» («Yangi texnologigya» ma'nosini anglatadi) firmasi Yaponiyadagi mashhur
Toyota» firmasining sobiq xizmatchilarini yig'ib olib ish boshladi. Yaponiyalik konsultantlar ahvolni chuqur o'rganib chiqdilar va barcha ishlab chiqarish boʻlinmalaridagi sarf-harajatlami eng kam miqdorga tushirishni ko'zlagan holda "Porshe"da, ishlab chiqarishda uzluksiz Yaoniya tizimini joriy qila boshladilar. Mahalliy xususiyatlar, tajriba va an'analari hisobga olgan holda eski tizimga
tuzatishlar kiritishdan voz kechdilar: tizim to'la zanjir bo'yicha ishlaydi yoki umuman ishlamasligi kerak, degan tushuncha bilan ish boshladilar.
Uch yil vaqt o'tgandan keyin yaponchasiga qayta qurilgan «Porshe oʻzining natijalarini bera boshladi. Kompaniya kam harajatlar qilgan holda koʻp avtomobil ishlab chiqara boshladi. Ishlovchilar sonini 19 % ga qisqartirgan holda, Ish tezroq va sifatliroq bajarila boshlandi. Yaponiyalik mutaxassislar tavsiyasiga koʻra yiqish konveyyeri qisqardi, koʻplab yordamchi binolar yo'q qilindi, natijada zavod hududi 30 % ga kichraydi. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish ikki barobar qisqardi. Avtomobillarni yig'ish sur'ati 40 % ga oshdi. Bularning hammasi ilgari mavjud bo'lgan qurilma, Jihozlar, oʻsha ishchi va muhandislar yordamida amalga oshirildi. Ratsionalizatorlik taklifi berishga qiziquvchanligi ortgan zavod ishchilari va mutaxassislari oyiga ikki yarim , mingdan ortiq taklif kiritmoqdalar. Shunday qilib bir guruh yapon pensionerlari nemislarga yaponchasiga ishlashni o'rgatib qo'ydilar.
Konsalting xizmati bir marotabalik ogʻzaki maslahatlar ko'rinishida berilishi mumkin. Lekin ko'p hollarda bu maslahatlar konsalting loyihalari koʻrinishida berilib, oʻzida quyidagi bosqichlari aks ettiradi:
- muammolarni aniqlash (diagnostika); - qaror va loyihalar ishlab chiqish; - qaror va loyihalarni amalga oshirish
Loyihaning hajmiga qarab, yakuniy bosqich bir necha kundan boshlab bir necha oyni o'z ichiga olishi mumkin. Ayrim hollarda mijozlar bilan ishlash ko'p yillarga cho'ziladi.
Konsultatsiya berish usullari. Bu usullar turlicha boʻlishi mumkin. Eng ko'p tarqalgani ekspert, Jarayon va o'qitish usulidir.
Ekspert konsultatsiyasi-konsaltingning nisbatan passiv shaklidir. Bu yerda konsultant diagnostikani qaror va tavsiyalarni ishlab chiqishni oʻzi mustaqil
allalga oshiradi. Mijoz esa konsultantni zarur axborotlar bilan ta'minlaydi xolos.
Jarayonli konsultatsiyada esa konsalting firmasining mutaxassislari loyihani ishlab chiqishning barcha bosqichlarida mijozlar bilan faol munosabatda ish olib borib, ularning gʻoya va takliflarini hisobga oladi, konsultantlar mijozlar bilan birgalikda muammolarni tahlil qiladi, takliflami ishlab chiqadi, o'qitish konsultatsiyasida esa mutaxassislarning asosiy vazifasi g'oyalar kelib chiqishiga zamin yaratishdir. Shu maqsadda ular mijozlar uchun ma'ruzalar qiladilar, seminarlar o'tkazadilar, mijozlar uchun o'quv qo'llanmalari ishlab chiqadilar va shu tariqa nazariy va amaliy axborot bilan ta'minlaydilar.
Amaliyotda yuqorida ko'rib chiqilgan usullaming birortasi ham alohida qo'llanilmaydi, balki ularning uchalasi aralash holda qo'llaniladi.
Sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarda konsultatsiya xizmatlari ko'p yillardan buyon bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi sifatida qabul qilingan. Statistika tomonidan konsalting aloqida tarmoq sifatida tan olingan. AQShda bu tarmoqqa 700 mingga yaqin aholi xizmat qiladi, yillik ish hajmi esa deyarli 50 mlrd. dollari tashkil qiladi. Konsalting xizmati turli-tumandir. Konsultantlarning Yevropa ma'lumotnoma-koʻrsatkichida hozirgi paytda, 84 turdagi konsalting xizmatlari ko'rsatilgan boʻlib, ular sakkiz guruhni tashkil qiladi: umumiy boshqaruy, ma'muriyatlashtirish. moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqarmasi, marketing, Ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, ixtisoslashgan xizmatlar.
Konsultatsion loyihalarni amalga oshirilishini tashkil qilish. Firma-mijoz bilan aloqa vujudga kelishi bilan taklifni ishlab chiqarishga qirishiladi. Bu mijoz bilan konsultant hallkorlik loyiqani muqokama qilishdan boshlanadi. Dastavval firma-mijoz to'g'risida yetarli axborot to'planishi kerak bo'ladi. Konsultant firma to'g'risida quyidagilarni bilishi shart: V.U Z
Firma nima ishlab chiharadi va nima bilan shug'ullanadi; ishlovchilar soni
va ularning mutaxassisligi; boshkaruv apparat xodimlari hissasi, ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar hajmi, harajatlar tarkibi, daromad miqdori va uning manbalari, firmaning moliyaviy ahvoli, shartnollalar soni sheriklarining ishonchliligi. Shundan keyingina ahvol oʻrganiladi, uning oʻzgarish dinamikasi va muammolar mohiyati tekshiriladi. Keyin bajariladigan ishlaming reja-grafigi tuziladi va zarur yuridik hujjatlar rasdiylashtiriladi. Reja-grafik tuzilishiga muhim e'tibor qaratilishi va uning bajarilish muddatlari aniq belgilanishi lozim. Belgilangan muddatlarga rioya qilish yoki ishlarni muddatidan oldin bajarish konsultant obro'yl saqlab qolinishining muhim jihati hisoblanadi.
Ishni qay shaklda yakunlash, ya'ni bu xizmat bo'ladimi yoki aniq natijaga erishiladimi, oldindan belgilar qo'yilishi shart. Bularning barchasi reja-grafikda aks ettiriladi. Buyurtmani bajarish jarayonida firma-mijozning psixologiyasi hisobga olinishi lozim. Ishning borishi davomida qiziqishi susayib boradi, shuning uchun uning qiziqishini kuchaytirib borish choralari koʻrilishi kerak bo'ladi. Buning uchun mijoz qiziqishi eng yuqori bo'lgan davrda qandaydir oraliq variantni amalga oshirish lozim. Bu firma-buyurtmachi rahbariyati uchun aniq taklif, xizmat yig'ilishida konsultant taklifini ko'rib chiqish, alohida takliflami amalga oshirish borasida buyruqlar tayyorlash koʻrinishda bo'lishi mumkin. Ish yakunida yozma hisobot yoki loyihani amalga oshirish borasida reja-tadbirlar, tavsiyalar ro'yxati rasmiylashtiriladi.
6.Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari Konsalting xizmati bozorining o'ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug'ullanuvchi firma «O'z tovarining namunasini, xizmat namunasini ko'rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o'ta muhimdir. Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga oʻz imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlari vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan
foydalanish kabilar kirishi mumkin. IV.UZ
Eng oddiy va keng qo'llaniladi gali reklamadir. Firma turli reklama ma'lumotlarini tarqatadi, reklama e'lonlarini beradi, bu reklamalarda konsultatsiya berish soqasidagi narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalarga ishoralar aks ettiriladi. Mijozlarni jalb etishning yana bir keng tarqalgan usuli vositachilardan foydalanishdir. Vositachilar-firma mijozlari, rahbariyat ishonchini qozongan xodimlari bo'lishi mumkin. RXIV.UZ G'arb mamlakatlarida bunday vositachilami topishning maxsus uslubiyati ishlab chiqilgan. Bu maqsad uchun maxsus mablag'lar ajratiladi. Albatta, firma-konsultant shon-shuhratini belgilashda hal qiluvchi omil uning muvaffaqiyatli yakunlangan avvalgi faoliyati hisoblanadi. Yirik yoki xatto o'rta mijozlarning ijobiy bahosi eng yaxshi reklamadir. Vizit kartochkalari, prospektning mavjudligi, ofisdagi tartib-intizom, tashqi koʻrinish, xodimlarning o'zini tuta bilishi, kiyinishi, muomalasi buyurtmachilarni firma konsultant bilan hamkorlikda ish olib borishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Umuman olganda firma - konsultantlar kerakmi? Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida, ya'ni ayrim korxonalarning iqtisodiy ahvoli va faoliyati oʻzgarib borayotgan, yangidan yangi muammolar chiqayotgan sharoitda yuqoridagi savolga faqat «ha», «zarur» deb javob bermoq tabiiydir. Lekin aksariyat firmalar moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligini hisobga olib, konsultantlar asosan korxonani muammolarini muhimligi darajasini belgilab berish uchun taklif qilinadi.
Yüklə 53,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin