O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Dasturiy injiniring” fakulteti
“MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha
USLUBIY KO’RSATMA
Toshkent 2020
Uslubiy ko’rsatma “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan ta’lim oluvchi talabalarga mo’ljallangan bo’lib, mazkur fandan laboratoriya ishlarini bajarish uslubi va topshiriqlar o’rin olgan. Uslubiy ko’rsatma talabalarning “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan nazariy va amaliy bilimlarini oshirishlariga yordam beradi. Laboratoriya ishlariga mo’ljallangan barcha mavzular misollar, algoritmlar va ularning C++ dasturlash muhitidagi kodlari bilan keng yoritib berilgan. Har bit laboratoriya ishida ishdan maqsad, qisqacha nazariy qism, topshiriqlar va topshiriqlarni bajarishga namunalar keltirilgan. Uslubiy ko’rsatma 6 ta laboratoriya ishini bajarishga mo’ljallangan va birinchi, ikkinchi va uchinchi ishlar 2 soatga, to’rtinchi, beshinchi va oltinchi ishlar 4 soatga, jami 18 soatga mo’ljallanib tuzilgan.
5-laboratoriya ishi. QIDIRUV USULLARINI TADQIQ QILISH…………
95
6-tajriba ishi. MA’LUMOTLARNI SARALASH USULLARI....................
111
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………...
126
KIRISH
Ushbu uslubiy ko’rsatma “Informatika va axborot texnologiyalari (sohalar bo’yicha)” yo„nalishi 2-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan bilim, malaka va ko„nikmalarini oshirishda hamda tajriba ishlarini bajarishda foydalanilishi mumkin. Uslubiy ko’rsatma 6 ta tajriba ishi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan.
tajriba ishida C++ tilida Ma’lumotlarning oddiy sozlangan va keltirilgan toifalari haqida va ularga oid misollar keltirilgan.
tajriba ishida yarimstatik Ma’lumotlar tuzilmasi navbat, stek va dek haqida qisqacha nazariy bilimlar va ularni C++ tilida e’lon qilish, ular ustida amallar bajarishga oid misollar keltirilgan.
tajriba ishida dinamik Ma’lumotlar tuzilmasi, ya’ni, bir bog„lamli ro’yhatlar, ularni e’lon qilish va ustida amallar bajarishga oid misollar va algoritmlarga mo’ljallangan.
tajriba ishida daraxtsimon Ma’lumotlar tuzilmasi, binar daraxtlar va ularni e’lon qilish, uni ustida amal bajarish algoritmlari va misol uchun dastur kodlari keltirilgan.
tajriba ishida tuzilmadan biror kalit bo’yicha elementni qidirish usullari va qidiruvni optimallashtirish yo’llari va algoritmlar misollar bilan taqdim etiladi.
tajriba ishida tuzilmalarni saralash usullaridan ayrimlarining algoritmlari va misollar keltirilgan.
Har bir tajriba ishi oxirida shu mavzuga oid talabalar uchun topshiriq variantlari va topshiriqni bajarishga namuna, unda esa variantlarga o’xshash bo’lgan bitta misolning to’liq dasturi berilgan.
Uslubiy ko’rsatma oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati keltirilgan.