O’zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 25,27 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü25,27 Kb.
#209314
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Mustaqil ish Bajardi Kamilov A. Guruh 121-20 eto\' Tekshirdi-fayllar.org (1)

Tushunirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, jamoa xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi hatti-harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kеch qolish, kеlmay qolish, rеja yoki ayrim topshiriqlarni bajarmaganlik, bеlgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi.
Tushunirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u kеyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kеlish, unga nisbatan tеgishli intizomiy jazo chorasini qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.
Tushuntirish xati xodim (talaba)ning o‘z dastxati bilan yozilib, yozuvchi shaxs nomi qaratqich kelishigida (masalan: N. Sobirovning tushuntirish xati) rasmiylashtiriladi. Matn mazmuni aniq va ixcham tuziladi, sana va dalillar aniq ko‘rsatiladi, yetarlicha izohlanadi, qo‘shimcha asoslov hujjatlari ilovada beriladi.
Bayonnoma. Turli yig‘ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi.
Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma oldindan tayinlangan kotiblar tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, tanqid va taklifiar bayonnomada yoritilishi lozim. Bu axborotlarning aniqligi, to‘liqligi uchun ma’sul hisoblangan majlis raisi va kotibi bayonnoma oxiriga imzo qo‘yadilar.
Bayonnomalar qisqa, to‘liq, stenografik, fono-grafik shakllarda bo‘l adi.
Qisqa bayonnomada yig‘ilishning kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilarning ismi, familiyasi hamda qabul qilingan qarorlar ko‘rsatiladi.
To‘liq bayonnomada esa majlisda so‘zga chiqqanlarning barcha fikr-mulohazalari to‘liq berilishi lozim.
Bayonnoma kirish va uch asosiy qismdan tuziladi. Kirish qismida yig‘ilish o‘tkazilgan tashkilot nomi, bayonnoma sanasi, tartib raqami, yig‘ilish joyi, rais va kotibning ismi, familiyasi, qatnashuvchilar ro‘yxati va soni (15 kishidan oshmasa, ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi ko‘rsatiladi) keltiriladi.
So‘ngra KUN TARTIBI bosh harflar bilan yozilib, ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi.
Asosiy matndagi uch qism: ESH1TILDI, SO‘ZGA CHIQD1LAR, QAROR QILINDI so‘zlari ham katta harflar bilan yozilgach, ikki nuqta qo‘yiladi va yangi satrdan ma’ruzachining ismi-familiyasi yoziladi.
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganidеk, bayonnomadan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi.
Bayonnomaning matni qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga yеtkazilishi kеrak bo‘lgan bo‘laklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama etilgan bo‘lsa, kеrakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi.

Yüklə 25,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin