O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Hisobot
Mavzu: Amaliyot hisoboti: Uztelekomda moliyaviy operatsiyalarni o'rganish
Guruh: 130-20
Bajardi: Eshquvatov Diyorbek
Tekshirdi: Akramova Gulnora
Toshkent-2023
Mavzu: Amaliyot hisoboti:Suv ta’minoti va oqava suv ob’larini qurishdan oldin bo’lgan jarayonlarni o’rganish
Reja.
Moliyaviy operatsiyalar tahlili 14
4.1. Amaliyot davomida kuzatgan asosiy moliyaviy jarayonlar va operatsiyalarni tahlil qiling. 14
Xulosa. 15
1.Kirish
2.1 SUV OLUVCHI INSHOOTLARNING TURLARI VA ULARNI JOYLASHTIRISH JOYINI TANLASH
Yer osti suvlaridan suv oluvchi inshootlarni amalda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: quvurli quduqlar, shaxtali quduqlar, gorizontal suv oluvchilar, buloq suvlarini yig‘uvchi inshootlar. Suv oluvchi inshootlarning turi tanlanganda, yer osti suvining joylashish chuqurligi, suvli qatlam quvvati, suv miqdori va joylashish sharoiti inobatga olinadi. Quvurli quduqlar yer qa’riga tik silindrik quduqlar parmalash orqali quriladi. Ko‘pgina jinslarda quduq devorlari uzunligi bo‘ylab, po‘lat, azbestotsement, polietilen quvurlar orqali mahkamlanadi va ular quvurli quduq hosil qiladi. Suvni suvli qatlam orasidan olish uchun quduqqa quvurlardan yasalgan maxsus filtrlar quriladi. Quvurli quduqlardan suvli qatlamda ma’lum darajada bosimga va chuqurlikka ega bo‘lganda foydalaniladi. Quvurli quduqlarning diametri kichik bo‘lib, uzunligi ma’lum darajada uzun bo‘ladi. Ular yer ostidagi bosimli va bosimsiz suvlarni olishda ishlatiladi. Qurilishi bo‘yicha suvli qatlamning ostidagi suv o‘tkazmaydigan qatlamga yetkazilgan quduqlar «to‘la quduqlar» yoki suv o‘tkazmaydigan qatlamga yetkazilmagan quduqlar «to‘la bo‘lmagan quduqlar» bo‘lishi mumkin. Shaxtali quduqlar beton, temir-beton, g‘isht, tosh yoki yog‘ochdan qurilishi mumkin. Ular bosimsiz yer osti suvlarini olish uchun ishlatilib, suv yer sathidan unchalik chuqurlikda 6 2 joylashmaganda (taxminan 40 m gacha) quriladi. Aksariyat hollarda shaxtali quduqlar suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha yetkazilmasdan quriladi (to‘la bo‘lmagan quduqlar). Bunday hollarda shaxtaning ostki qismidan va qisman yon devorlaridagi teshiklardan suv olinadi. Shaxtali quduqlar ko‘ndalang qism bo‘yicha ancha maydonni egallab, bo‘yi qisqa bo‘ladi. Shaxtali quduqlarga suv qatlamidagi loyqalar o‘tmasligi uchun, uning ostki qismiga qum-toshli filtr quriladi. Katta hajmdagi suv ta’minoti tizimlarida talab qilingan suvni yetkazib berish uchun bir nechta shaxtali quduqlar barpo etiladi.
Ochiq suv manbalaridan suv oluvchi inshootlar amalda quyidagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlarga bo‘linadi: suv manbalarining turlariga ko‘ra, daryoli, ko‘lli, suv omborli, dengizli; foydalanishi bo‘yicha vaqtinchalik, doimiy; ehtiyoji bo‘yicha xo‘jlik-ichimlik, texnik, sug‘orish va h.k., joyida turishi bo‘yicha bir joyda turadigan, suzuvchi; quvvati bo‘yicha kichik (sek. 1m3 suv oluvchi), o‘rtacha (1—6m3 sek.), yirik (6m3 sek.dan yuqori); inshootning joylashishi bo‘yicha qirg‘oqli, o‘zanli, kovushli; tuzilishi va texnologiyasi bo‘yicha birlashtirilgan, alohida va kovushli; ishonchlilik darajasiga ko‘ra KMK talabiga binoan. Ochiq suv manbalaridan suv oluvchi inshootlarning turi tanlanganda, suv manbaining qirg‘oq tuzilishi, suv olish joyidagi suv manbaining tubi tuzilishi, suv sathining o‘zgarish amplitudasi, yaxlash va yaxlamasligi va boshqalar inobatga olinadi. Qirg‘oq suv olish inshootlari (V.4-rasm) ishonchlilik darajasiga ko‘ra birinchi o‘rinda turadi. Bunday inshootlardan suv qirg‘og‘ida yetarli chuqurlik, qirg‘oq qiyaligi katta va qirg‘oq xarsangsiz tuproqdan iborat bo‘lganda qo‘llanilgani ma’qul. Ularning kamchiligi shundan iboratki, qirg‘oq bo‘ylab suvda oqayotgan iflos moddalarning inshootga kirishi ehtimoli yuqori. 6 3 Bunday inshootlar qirg‘oqlarda daryo tomonga biroz turtib chiqqan holda quriladi. O‘zandan suv oluvchi inshootlar (IV.5- rasm) ishonchlilik darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Bu kabi inshootlar daryo o‘zani keng, qig‘oqlari yassi, qirg‘oq bo‘yida chuqurligi yetarli va daryo qirg‘oqlarining suv bilan yuvilish ehtimoli yuqori bo‘lganda quriladi. Kovushli suv oluvchilar suv olishning ishonchlilik darajasi birinchi o‘ringa qo‘yilganda, o‘rta va ko‘p miqdorda suv olinganda (3—6 m3 sek) qo‘llaniladi. Bunday inshootlar ko‘pincha yax va qirov hosil bo‘ladigan va suv tarkibida loyqalar ko‘p bo‘ladigan daryolarda suv olish uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |