Transport sathi foydalanuvchilar o'rtasidagi malumotlarni uzatishni taminlaydi. Bunda ayni paytda magistrallarimizda mavjud bo'lgan PDH va SDH uzatish tizimlari muhim ahamiyatga egadir.
Halqaro Elektraloqa va Telekommunikatsiya Uyushmasi (ITU-T) transport sathi uchun qo'yiladigan quyidagi talablarni aniqlagan:
Real vaqt davomida yo'qotishlarsiz bog'lanishni ta'minlashni qo'llab
quvvatlash;
“Yacheykali”, “Nuqta-Ko'pnuqta”, “Ko'pnuqta-Ko'pnuqta”, “Ko'p yacheykali”
topologiyali boglanishni taminlash qollab-quvvatlash;
Ishonchlilik, masshtablashtirish, kirishuvchanlik va boshqalarni yuqori
darajasini taminlash.
Transport sathiga quyidagi talablar qoyiladi:
Aloqa tugunidagi qurilmalarning yuqori ishonchliligini ta'minlash;
Trafikni boshqarishni ta'minlash;
Masshtablashtirishni ta'minlash;
NGN tarmog'ining transport sathi ikkita, kirish tarmog'i va bazaviy tarmoqdan tashkil topgan.
Kirish tarmog'i abonent liniyasi, kirish tuguni va uzatish tizimlari (PDH/SDH) dan iborat.
Bazaviy tarmoq kanallarni transportirovka va kommutatsiyalash vazifasini bajaradi. Bazaviy tarmoq quyidagi 3 ta texnologiya sathlardan iborat:
IP, ATM, MPLS (paketlarni kommutatsiyalash); 4 SDH, Ethernet... (traktlarni formatlashtirish);
4 FOC, DRRL, CC.. .(signallarni uzatish muhiti).
NGN ning bazaviy tarmog'i quyidagilarni o'z ichiga oladi: Tranzit tugunlari;
Abonentlarni multiservis tarmog'iga ulovchi oxirgi tugun;
Axborot, chaqiruv, ulash signallarini boshqaruvchilar;
UFTT, MUT, EAT ga ulovchi shlyuzlar.
Dostları ilə paylaş: |