Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash
Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish ekonometrika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko‘rsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli o‘zgaruvchilar, ikkinchisi erksiz o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki don yetishtirishda ishchi kuchi, suv, mineral o‘g‘itlar va ishlov berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu bog‘lanishda hosildorlik natijaviy belgi, unga ta’sir etuvchi kuchlar (suv, o‘g‘it, ishlov berish va h.k.) omil belgilardir.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarda natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog‘lanish korrelyatsion bog‘lanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog‘lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning to‘liq soni noma’lumdir. Shuning uchun bunday bog‘lanishlar to‘liqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Umumiy holda qaralsa, korrelyatsion munosabatda erkin o‘zgaruvchi belgining har bir qiymatiga ( ) erksiz o‘zgaruvchi belgining ( ) taqsimoti mos keladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu holda ikkinchi belgining har bir qiymati ( ) ham birinchi belgining ( ) taqsimoti bilan xarakterlanadi. Agar to‘plam hajmi katta bo‘lsa, belgi va larning juft qiymatlari va ham ko‘p bo‘ladi va ulardan ayrimlari tez-tez takrorlanishi mumkin. Bu holda korrelyatsion bog‘lanish kombinasion jadval (korrelyatsiya to‘ri) shaklida tasvirlanadi.1
Dostları ilə paylaş: |