O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə9/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#57548
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
T. Kuchkarov, A. Ishmuradov, D. Xudaynazarova «ekonometrika» O‘q

Panel ma’lumotlar

Panel ma’lumotlari har qaysi ko‘ndalang kesimli ma’lumotlar majmuida vaqtli qatorlar ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar majmuasidan tashkil topadi. Misol tariqasida 50 ta firmada 5 yil muddat mobaynida savdo-sotiq va xodimlar nisbatini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga panel ma’lumotlari geografik asosda olinishi mumkin; masalan 20 ta mamlakatda 20 yil mobaynidagi YaIM va pul ta’minoti nisbatini olish mumkin.1

Panel ma’lumotlari avval ko‘ndalang kesimli ma’lumotlar va vaqtli qatorlar ma’lumotlar uchun mos ravishda ishlatilgan i va t indekslarning har ikkalasi orqali ifodalanadi. Buning sababi oddiy bo‘lib, panel ma’lumotlari ko‘ndalang kesimli va vaqtli qatorlar ma’lumotlarining o‘lchamlaridan iboratdir. Shunga ko‘ra: YaIMni mamlakatlar va belgilangan vaqt nisbatlari uchun quyidagicha ifodalaymiz:

Yit uchun t = 1,2,3,..., T va i = 1,2, 3,...,N (1.1)

Yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun, panel ma’lumotlari strukturasida ko‘ndalang kesimli va vaqtli qatorlar ma’lumotlarining o‘zgaruvchilari mos ravishda Nx1 vaTx1 matrisalaridan iborat deb ifodalanadi:


(1.2)
Bunda: YtARGENTINA 1990 dan 2002 gacha davr ichidagi Argentinaning YaIMi bo‘lib, Yi1990 Lotin Amerikaning 20 ta turli mamlakatlarining 1990 yilgi YaIMi.

Yit bilan ifodalangan o‘zgaruvchi panel ma’lumoti bo‘lib, quyidagi formulaning N x T matrisasi bo‘ladi:
(1.3)
Bunda t vertikal tasvirlangan o‘lcham va i gorizontal tasvirlangan o‘lchamdir.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin