O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə6/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#57548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
T. Kuchkarov, A. Ishmuradov, D. Xudaynazarova «ekonometrika» O‘q

Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar

Korrelyatsion va regression tahlilni qo‘llash vaqtida, omillarni tanlab olish va ulardan modellarda foydalanish hamda baholashdagi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:

1.Omillarni o‘rganish bilan qamrab olinadigan ro‘yxat chegaralangan, omillar esa nazariy asoslangan bo‘lishi lozim.

2.Modelga kiritilgan barcha omillar miqdoriy o‘zgarishlarga ega bo‘lishi kerak.

3.Tadqiq qilinayotgan to‘plam sifatli bir jinsli bo‘lishi lozim.

4.Omillar o‘zaro funksional bog‘lanmasliklari shart.

5.Kelajakda omillar o‘zaro ta’sirini ekstrapolyatsiya qilish uchun modellardan foydalanilayotgan vaqtda xarakter jiddiy o‘zgarmasligi, statistik mustahkam va barqaror bo‘lishi lozim.

6.Regression tahlilda har bir omilning qiymatiga bir xil regressiyali natijaviy o‘zgaruvchi taqsimoti normal yoki unga yaqin darajada mos kelish lozim.

7.O‘rganilayotgan omillar tadqiq etilgan, natijaviy ko‘rsatkichli, mantiqan davriy bo‘lishi lozim.

8.Natijaviy ko‘rsatkichga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan faqat muhim omillar ta’sirini ko‘rib chiqish lozim.

9.Regressiya tenglamalariga kiritilgan omillar soni katta bo‘lmasligi lozim. Chunki, omillar sonining katta bo‘lishi, asosiy omillardan chetga olib kelishi mumkin. Omillar soni kuzatishlar sonidan to‘rt marta kam bo‘lishi kerak.

10.Regressiya tenglamasining omillari turli xil xatolar ta’sirida buzilishga olib keladigan xatoliklar bo‘lmasligi kerak. Omillar o‘rtasida funksional yoki shunga yaqin bog‘lanishlarning mavjudligi - multikollinearlik borligini ko‘rsatadi.

11.Kuzatuvlar sonini oshirish uchun ularning makonda takrorlanishidan foydalanish mumkin emas. Makonda hodisalarning o‘zgarishi avtoregressiyani vujudga keltirishi mumkin. Avtoregressiya esa statistikadagi mavjud o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘lanishni ma’lum darajada buzadi. Shuning uchun ko‘rsatkichlar dinamik qatorlarida regression bog‘lanishni o‘rganish, statistikadagi bog‘lanishni o‘rganishdan tubdan farq qiladi.

12.Har bir omil bo‘yicha taqsimot normal taqsimotga ega bo‘lishi shart emas. Bu regression tahlilni natijaviy, alomatli qiymat va tasodifsiz qiymatli omillar o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalovchi sifatida kelib chiqadi.

13.Omillarni natural birlikda o‘lchashda nisbiy qiymatlarga nisbatan ortiqroq ko‘rish lozim. Nisbiy qiymatlar o‘rtasidagi korrelyatsiya, regressiya tenglamasi parametrlari qiymati bog‘lanish mazmunini buzishi mumkin. Chunki bu holda funksiyani omillar o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalovchi sifatida ta’riflashdan kelib chiqadi.

Ekonometrik usullar oddiy an’anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada rivojlantirishga va ob’ektiv o‘zgaruvchan natija ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Ekonometrik usullarning va kompyuterlarning milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtiruvchi ob’ektga omillarning ta’sirini, natijaviy ko‘rsatkichga resurslarning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Bu esa o‘nlab tarmoqlar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotning ilmiy asosda prognozlash va boshqarishga imkon beradi.

“Iqtisodiy ma’lumotlar majmui turli shakllarda berilgan. Ba’zi ekonometrik usullar turli xil ma’lumotlar majmuida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilsa, boshqalarining alohida jihatlanini o‘rganish talab qilinadi. Keyingi bo‘limda amaliy ekonometrik ishlarda uchraydigan eng muhim ma’lumotlar majmui o‘rganiladi”1.


Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin