О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Elektron hujjatlarni yo’q qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

2.6.2. Elektron hujjatlarni yo’q qilish 
Elektron shaklda saqlanadigan shaxsiy va tashkilotga tegishli ma’lumotlardan 
noqonuniy foydalanish usullarining ko’payishi sababli elektron ommaviy axborot 
vositalariga ishonish muammosining dolzarbligi oshmoqda. Misol tariqasida, 
markaziy razvedka boshqarmasi va AQSh milliy xavfsizlik agenti Edvard 
Snoudenga tegishli yangiliklarni olish mumkin [34]. Xususan, 2013 yil iyun oyining 
boshida u NSA tashkilotiga tegishli hujjatlarni oshkor qildi. Bunga ko’ra G20 
sammitining chet ellik mehmonlari, shu jumladan Dmitriy Medvedovni Amerika va 
Buyuk Britaniya razvedka idoralari tomonidan kuzatilayotgani aytilgan. Maxfiy 
agentlar PRISM dasturi yordamida noutbuk va telefonlarda saqlanayotgan shaxsiy 
ma’lumotlardan foydalanishni uddasidan chiqishgan. Buyuk Britaniya hukumati 
aloqa markazining xodimlari BlackBerry kodini buzib, qo’ng’iroqlarni tinglash va 
sammit ishtirokchilarining yozishmalarini o’qish imkoniyatiga ega bo’lishgan. 


73 
Elektron vositalardagi ma’lumotlardan xolos bo’lishning eng oson yo’li uni 
Korzinka
ga yuborish yoki, yanada radikal usuli, 
formatlash. 
Bu usul aksariyat 
foydalanuvchilar tomonidan ishonchli usul deb qaralsada, aslida bunday emas. Bu 
usul ma’lumotni fizik yo’qolishini ta’minlamaydi. Bu holda maxsus dasturlar 
(Recuva, Wise Data Recovery, PC Inspector File Recovery, EaseUS Data Recovery 
Wizard Free, TestDisk and PhotoRec, Stellar Data Recovery) yordamida ularni 
qayta tiklash imkoniyati mavjud. 
Hozirgi kunda amalda elektron hujjatlarni saqlagichlar sifatida quyidagi 
turdagi vositalardan foydalanilmoqda: 
-
qattiq disklar: noutbuk va kompyuterdagi qattiq disklar; 
-
magnit lentalar (zaxira nusxalashdagi); 
-
floppi-disk: 3.5 va 5.25 dyumli va boshqa
-
ZIP disklar; 
-
optik disklar: CD, DVD, Blue Ray va HD DVD; 
-
flesh xotiralar va h. 
AQSh hukumatida konfidensial axborotni saqlash va o’chirib tashlash 
bo’yicha qator normativ hujjatlar ishlab chiqilgan (Code of Federal Regulations) 
[35]. Masalan, AQShning markaziy arxiv markazlarida elektron saqlagichdagi 
ma’lumotni yo’q qilishning quyidagi uchta usulidan foydalaniladi: 
Shredirlash. 
Kuchli sanoat maydalagichlari deyarli barcha ko’chma 
saqlaguvchilarni: CD, DVD, disket, magnit lentalar va hak. maydalash natijasida 
ularni 25 mm. li qismlarga bo’lib tashlaydi (26-rasm). 
26-rasm. Shredirlash jarayoni 


74 
Magnitsizlantirish. 
Maxsus qurilma ichida joylashtirilgan saqlagichning 
xususiyatlari o’zgartiriladi va shu bilan o’qib bo’lmaslik ta’minlanadi. Agar kuchli 
magnitsizlantirish amalga oshirilsa ma’lumotlar saqlagichdan o’chiriladi va 
saqlagichning o’zi neytral magnit holatiga kiradi. Ushbu ma’lumotni yo’q qilish 
usuli dattiq disklar va ba’zi ko’chma qurilmalar uchun qo’llaniladi (27-rasm). 
27-rasm. UE-02 qurilmasi 
28-rasm. Kuchli magnit maydoni natijasida USB flesh saqlagichining o’zgarishi 
 
Yanchish. 
Shredirlash jarayonidan tashqari AQSh federal arxiv markazlari 
tomonidan qattiq diskni yanchish orqali uni jismonan yo’q qilish usuli ham mavjud. 
5.5 tonna og’irlikdagi tosh ostida kompyuter va noutbuklarning qattiq disklari 
tamomila yo’q qilinadi. Ushbu mexanizm maksimal hajmi 2.5×10×15 sm. bo’lgan, 
3.5, 2.5 va 1 dyumli disklar (SATA, PATA, SCSI) ni maydalash uchun 
mo’ljallangan. 
Yuqorida keltirilgan usullarning aksariyati ma’lumot eltuvchisini fizik yo’q 
qilishni maqsad qiladi. TOP SECRET bo’lmagan axborot saqlangan holda esa 
saqlagichlardan qayta foydalanish talab etiladi. Buning uchun quyidagi usullardan 
foydalaniladi: 


75 
-
saqlagich xotirasiga bir necha marta takroran yozish; 
-
maxsus dasturlar yordamida saqlagichni tozalash (formatlashdan oldin 
ma’lumotni o’chirish). 
Ushbu usul ma’lumotni kafolatli yo’q qilish imkonini bermasada
amaliyotdagi aksariyat holatlar uchun yetarli hisoblanadi. 
Umumiy holda elektron saqlagichlardagi axborotni yo’q qilish uchun 
quyidagi 29-rasmda keltirilgan usullardan foydalaniladi. 
Замонавий ахборот сақловчилардаги ахборотни ўчириш 
усуллари
Магнитли
Ярим 
ўтказгичли
Магнит
-
оптик
Оптик
Сақловчи структураси ўзгармайди
Сақловчи структураси ўзгаради
дастурий
физик
механик
термик
кимёвий
Нурланишли
Синтез 
(
термо
-
химик
)
Қайта 
ёзишга 
асос
-
ланган
Тоза
-
лашга 
асос
-
ланган
Доми
-
мй 
магнит 
майдо
-
ни
Импул
сли
-
магнит
ли 
майдон
Кам 
ўзгару
вчи 
магнит 
майдо
-
ни
29-rasm. Elektron saqlagichlardan ma’lumotlarni yo’q qilish usullari 
AQShning Cornell kompaniyasi tomonidan elektron axborotni saqlovchilarni 
qayta foydalanish va ularni yo’q qilish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi [36] (2.5-
jadval). 
 
 
 
 


76 
5-jadval 
Elektron saqlagichlardan qayta foydalanish va yo’q qilish uchun berilgan 
tavsiyalar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin